• 5.7. Kriptotahlil usullari
  • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ganiev salim karimovich karimov madjit malikovich tashev komil axmatovich axborot xavfsizligi




    Download 2,72 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet67/191
    Sana13.01.2024
    Hajmi2,72 Mb.
    #136339
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   191
    Bog'liq
    61b762c5e6d666.07483815

     
    Nazorat savollari: 
    1. 
    Steganografiyaning axborotni kriptografik himoyalash sohasidagi 
    o‘rni. 
    2. 
    Moddiy steganografik usullarni tushuntirib bering. 
    3. 
    Axborot steganografik usullarning turlarini tavsiflab bering. 
    4. 
    Steganografik tizimlarda axborotni himoyalash prinsipini tushuntirib 
    bering. 
    5.7. Kriptotahlil usullari 
     
    Kriptotahlil–shifrlangan matndan maxfiy kalitni (tiklash algoritmini yoki 
    matematik funksiyani) bilmay turib ochiq matnni (foydali xabarni) olish va tiklash 
    usullari majmui. 
    Kriptotahlilning muvaffaqiyatli o‘tkazilishi natijasida ochiq matn olinishi 
    hamda kriptotizimning zaif joylari aniqlanishi mumkin. 
    Kriptotahlilni amalga oshirishga urinish fosh etish deb yuritiladi. Ochiq 
    matnni kriptotahlil fosh etishning quyidagi xillari mavjud bo‘lib, har biriga 
    nisbatan kriptotahlilchining ishlatilgan shifrlash algoritmi xususida to‘liq 
    xabardorligi nazarda tutiladi. 
    1. 
    Faqat shifrmatn yordamida fosh etish. Kriptotahlilchi ixtiyorida bir 
    necha xabarning bitta shifrlash algoritmi yordamida shifrlangan shifrmatnlari 
    mavjud. Kriptotahlilchining vazifasi iloji boricha xabarlarning katta sonining ochiq 
    matnini fosh etish yoki, yaxshisi, xabarlarni shifrlashda ishlatilgan kalitga 
    (kalitlarga) ega bo‘lish. 
    2. 
    Ochiq matn yordamida fosh etish. Kriptotahlilchining ixtiyorida 
    nafaqat bir necha xabarning shifrmatnlari, balki ushbu xabarlarning ochiq matnlari 
    mavjud. Uning vazifasi xabarlarni shifrlashda ishlatilgan kalitga (kalitlarga) ega 


    141 
    bo‘lish. 
    3. 
    Tanlangan ochiq matn yordamida fosh etish. Kriptotahlilchi ixtiyorida 
    nafaqat shifrmatnlar va bir necha xabarning ochiq matnlari, balki shifrlash uchun 
    ochiq matnni tanlash imkoniyati mavjud. Uning vazifasi xabarlarni shifrlashda 
    ishlatilgan kalitga (kalitlarga) yoki shu kalit (kalitlar) yordamida shifrlangan yangi 
    xabarlarni deshifrasiyalash imkonini beruvchi algoritmga ega bo‘lish. 
    4. 
    Tanlangan ochiq matn yordamida adaptiv fosh etish. Bu tanlangan 
    ochiq matn yordamida fosh etishning xususiy xoli. Kriptotahlilchi nafaqat 
    shifrlangan matnni tanlashi, balki shifrlash natijasi asosida o‘zining keyingi tanlov 
    rejasini tuzishi mumkin. Tanlangan ochiq matn yordamida fosh etishda 
    kriptotahlilchi shifrlash uchun ochiq matnning faqat bitta katta blokini tanlashi 
    mumkin bo‘lsa, tanlangan ochiq matn yordamida adaptiv fosh etishda u ochiq 
    matnning kichik blokini, so‘ngra birinchi tanlash natijasidan foydalanib keyingi 
    blokni va h. tanlashi mumkin. 
    5. 
    Tanlangan 
    shifrmatn 
    yordamida 
    fosh 
    etish
    Kriptotahlilchi 
    deshifrasiyalash uchun turli shifrmatnlarni tanlashi mumkin va deshifrlangan ochiq 
    matnlardan foydalana oladi. Masalan, kriptotahlilchi avtomatik tarzda deshifrlashni 
    bajaruvchi “qora quti”dan foydalana oladi. Kriptotahlilchining vazifasi kalitga ega 
    bo‘lish. 
    6. 
    Tanlangan kalit yordamida fosh etish. Bu xil fosh etish kriptotahlilchi 
    kalitni tanlashi mumkinligini bildirmaydi, balki unda turli kalitlar orasidagi 
    bog‘lanish xususida qandaydir axborot borligini bildiradi. 
    7. 
    Jinoiy kriptotahlil. Kriptotahlilchi kalitga ega bo‘lish maqsadida 
    kimnidir qo‘rqitadi, shantaj qiladi, qiynaydi. Poraxo‘rlik ba’zida kalitni xarid etish 
    yordamida fosh etish deb ataladi. Bu kabi qudratli fosh etish usullari algoritmni 
    sindirishning eng yaxshi yo‘li hisoblanadi. 
    Turli algoritmlarga, ularni sindirishning qanchalik qiyinligiga bog‘liq xolda 
    xavfsizlikning turli satxlari taqdim etiladi. Algoritmni quyidagi xollarda xavfsiz 
    deb hisoblash mumkin: 

    algoritmni sindirish qiymati shifrlangan ma’lumotlar qiymatidan katta 


    142 
    bo‘lsa; 

    algoritmni sindirish vaqti shifrlangan ma’lumotlarning sir saqlanishi 
    shart bo‘lgan vaqtidan katta bo‘lsa; 

    bitta kalit yordamida shifrlangan ma’lumotlar xajmi algoritmni 
    sindirish uchun zarur ma’lumotlar xajmidan kam bo‘lsa. 
    Fosh etish murakkabligini quyidagi koeffitsientlar yordamida o‘lchash 
    mumkin: 

    ma’lumotlar murakkabligi. Fosh etish amalining kirish yo‘lida 
    foydalaniladigan ma’lumotlar xajmi; 

    ishlash murakkabligi. Fosh etish uchun kerakli vaqt. Ko‘pincha ish 
    koeffitsienti deb yuritiladi; 

    xotiraga talablar. Fosh etishga kerakli xotira siG‘imi. 
    Fosh etishning ba’zi amallari uchun koeffitsientlarning o‘zaro aloqasi joiz 
    hisoblanadi: tezroq fosh etishga xotiraga talablarni kuchaytirish evaziga erishish 
    mumkin. 
    Murakkablik talaygina kattalik orqali ifodalanadi. Muayyan algoritm uchun 
    ishlash murakkabligi 2128ni tashkil etsa, algoritmni fosh etish uchun 2128ta amal 
    kerak bo‘ladi (ushbu amallar murakkab va davomli bo‘lishi mumkin). Masalan, 
    agar hisoblash quvvati sekundiga million amal bajarsa va masalani echish uchun 
    million parallel protsessor ishlatilsa, kalitga ega bo‘lish uchun 1019 yildan ko‘proq 
    vaqt talab etiladi. Bu koinot mavjud bo‘lgan vaqtdan million marta ko‘pdir. 
    Fosh etish murakkabligi o‘zgarmay qolganida kompyuter quvvati oshib 
    boradi. Oxirgi 50 yil mobaynida hisoblash quvvati nihoyatda oshib ketdi va ushbu 
    tendensiya davom etishiga shubha yuq. Aksariyat kriptografik usullar parallel 
    kompyuterlar uchun yaroqli hisoblanadi: masala milliard kichik fragmentlarga 
    ajratiladiki, ularni echish uchun protsessorlararo ta’sirning keragi bo‘lmaydi. 
    Kriptotizimlarni sindirishga bardosh qilib loyihalashda hisoblash vositalari 
    kelajagini hisobga olish zarur. 

    Download 2,72 Mb.
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   191




    Download 2,72 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ganiev salim karimovich karimov madjit malikovich tashev komil axmatovich axborot xavfsizligi

    Download 2,72 Mb.
    Pdf ko'rish