• WhatsApp: loyiha tarixi
  • WhatsApp: moliyaviy statistika
  • WhatsApp: shaxsiy statistika
  • WhatsApp: maxfiylik haqida savol
  • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mustaqil ish mavzu: WhatsApp mesenjiri Guruh : 713-19 Ax




    Download 383.12 Kb.
    Sana13.04.2023
    Hajmi383.12 Kb.
    #50924
    Bog'liq
    whatsApp
    cv, 1TopshiriqSalihova, 8 amaliy D, Dars tahlil qilish va kuzatish-fayllar.org, 7-9, 8-mavzu (1)

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT
    TEXNOLOGIYALARI VA
    KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


    MUSTAQIL ISH
    Mavzu: WhatsApp mesenjiri


    Guruh : 713-19 Ax

    Bajardi: To’xtasinov I


    Toshkent-2023

    Reja :


    1. WhatsApp mesenjiri.

    2. whatsApp statistikasi.

    3. WhatApp mahfiyligi.


    Har kuni WhatsApp foydalanuvchilarning 70 foizidan ortig‘i tarmoqda aktiv bo‘lishadi. Ammo bu messenjer haqidagi yagona qiziqarli statistika emas.


    • Har kuni messenjer orqali 60 milliard xabar va 700 milliondan ortiq fotosurat yuboriladi. Agar har bir xabarning o‘rtacha hajmi 150 Kb ni tashkil qilishini hisobga olsak, u holda yuborilgan ma’lumotlarning umumiy hajmi taxminan 4,330 terabaytni tashkil qiladi. Taqqoslash uchun: dunyodagi eng quvvatli SSD atigi 60 terabayt sig‘imga ega.
    • Har kuni WhatsApp'da millionga yaqin yangi foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tadi, ular esa o‘z navbatida son-sanoqsiz xabarlar yuboradilar. Ayni paytda messenjerda 1,5 milliarddan ortiq faol foydalanuvchilar mavjud.
    • WhatsApp'da bir oy davomida bir foydalanuvchi o‘rtacha 1200 ta xabar yuboradi, 2200 xabar va 40 ta foto qabul qiladi.
    • Har bir foydalanuvchi bir kunda yangi xabarlarni tekshirish uchun platformada o‘rtacha 23 marta faol bo‘ladi va taxminan 195 daqiqa vaqtini messenjerda sarflaydi.
    • WhatsApp ilovasi har soniyada o‘rtacha 12 marta yuklab olinadi.

    WhatsApp: loyiha tarixi

    WhatsApp qanday paydo bo‘lganini bilasizmi? Ushbu g‘oya muallifi Yan Kum messenjerni o‘zining tug‘ilgan kunida - 2009 yil 24 fevralda o‘ylab topgan. Aytishlaricha, bu g‘oya unga sport maydonida do‘sti Brayan Akton bilan frizbi o‘ynash paytida kelgan va u darhol o‘z rejasini do‘stiga aytib bergan.
    • Ikkala asoschi ham Yahoo'ning top-menejerlari bo‘lishgan, ular ko‘pincha birgalikda futbol va frizbi o‘ynab turishardi. O‘z vaqtida ikkala do‘st Facebook'da ishlashga harakat qilishgan, ammo suhbatdan o‘tish muvaffaqiyatsiz tugagan.
    • Loyiha ustida ishlash Mountain-Vyudagi kichik bir ofisda boshlangan. Dastlab loyihani WhatsZap deb nomlashgan. Facebook tarkibiga kirishdan oldin kompaniyada atigi 55 nafar xodim bor edi; hozirda esa 5800 ga yaqin.
    • Boshlash juda qiyin bo‘ldi: ko‘plab xatolar va xavfsizlikdagi son-sanoqsiz kamchiliklar. Ammo bir necha oy o‘tgach, dastur keng yoyilib, deyarli har bir smartfonga yetib bordi. 2013 yil aprel oyida messenjer allaqachon 200 million foydalanuvchiga, 2014 yil yanvarida esa taxminan 430 million foydalanuvchiga ega edi.
    • Ilovaning muvaffaqiyatiga qaramasdan, ishlab chiquvchilar uning boshlang‘ich falsafasiga amal qilishda davom etmoqdalar. Ularning aytishicha, Yan Kumning stolida hali ham messenjerning falsafasini eslatuvchi yozuv bor: “Hech qanday o‘yin, hech qanday reklama, hech qanaqa hiyla-nayrang“ ("No games, no Ads, no Gimnicks").
    WhatsApp: moliyaviy statistika

    WhatsApp nafaqat foydalanuvchilar soni bilan, balki moliyaviy qiymati bilan ham hayratga soladi.
    •WhatsApp'ning narxi to‘g‘risida aniq ma’lumotlar yo‘q. Biroq, Google WhatsApp yaratuvchilariga taxminan 10 milliard dollar taklif qilganligi aytiladi. Facebook oxir-oqibat messenjer uchun 19 milliard dollar to‘lagan. Biroq, Mark Zukerbergning so‘zlariga ko‘ra, WhatsApp to‘langan so‘mmadan ancha qimmatroq turadi.
    Shunday qilib, messenjer narxi 45 mamlakatning yalpi ichki mahsulotidan ko‘proq. Masalan, YaIM 10 milliard va 15 milliard dollarga teng bo‘lgan Malta yoki Islandiya kabi davlatlar messenjerdan kamroq daromadga ega. Hatto NASA ning yillik byudjeti ham WhatsApp narxidan pastroq.
    • WhatsApp eng mashhur messenjer hisoblansada, ishlab chiquvchilar uning reklamasiga bir tiyin ham sarflamagan. Messenjer, shunchaki foydalanuvchilar orasida tarqalgan.
    WhatsApp: shaxsiy statistika
    Ko‘pgina WhatsApp foydalanuvchilari ushbu xizmatdan kuniga bir necha soat foydalanishadi.
    • Ilgari, Android'larda WhatsApp uchun bepul WhatStat va Chat Statistikalari mavjud bo‘lib, ular messenjerdan foydalanishingizni grafikalar orqali batafsil ko‘rsatib bergan.
    • Hozirda WhatsApp ma’lumotlar bazasiga kirishni to‘sib qo‘ygan, shuning uchun, endi o‘z ma’lumotlaringizni ko‘ra olmaysiz. Biroq, WhatsApp'da yozgan va qabul qilgan xatlaringiz sonini bilib olishingiz mumkin. Buni amalga oshirish uchun messenjer Sozlamalarini bosing, so‘ngra Ma’lumotlar va saqlash opsiyasini tanlang.


    WhatsApp: maxfiylik haqida savol

    Facebook tarkibiga o‘tgandan so‘ng, WhatsApp o‘z foydalanuvchilarini kuzatib, xabarlarini o‘z serverlarida saqlay boshlaganligi haqida mish-mishlar tarqaldi. Ammo bu, aksariyat hollarda quruq vahima bo‘lib chiqqan.
    • WhatsApp o‘z serverlarida xabarlarni saqlamaydi. Xabarlar u yerda yuborilgan manzilga yetkazilgunicha vaqtincha saqlanadi. Foydalanuvchilarning qurilmalarida esa xabarlar doimo saqlanishi mumkin.
    • WhatsApp tegishli kontakt ismini ko‘rsata olish maqsadida manzillar daftaridagi telefon raqamlarini vaqtincha saqlaydi. Biroq, ular hech qayerga tarqatilmaydi.
    • Ammo WhatsApp mutlaqo ishonchli messenjer emas. Masalan, boshqa messenjerlarga qaraganda WhatsApp shifrlashda ancha sust. Bundan tashqari, xabarlar tarixini foydalanuvchining smartfonida saqlash viruslarning saqlanishiga imkon beradi.
    Download 383.12 Kb.




    Download 383.12 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mustaqil ish mavzu: WhatsApp mesenjiri Guruh : 713-19 Ax

    Download 383.12 Kb.