Toshkent axborot texnologiyalari universiteti nurafshon filiali




Download 152.01 Kb.
Sana09.02.2024
Hajmi152.01 Kb.
#153751
Bog'liq
interfaol
Электроника и схемы 1, Fan Pedagogika. Psixologiya Bajardi Suyunov Ferdavs Tekshirdi, Aziza, 5-amaliy ish., Kompyuter tizimining umumiy tarkibini tashkillashtirish, ko\'p ya, Amaliy ish rajabov g’iyos mavzu Kompyuter tizimining umumiy tar-fayllar.org, aergh, yukla, yukla 2, 94864, Konveyrli ishlov berish ish tartibini o\'rganish”-fayllar.org, ghkjfcgFDGHERAGAERTGEARkg, Документ Microsoft Word, Xesh, dedlayn 444

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
NURAFSHON FILIALI




Mavzu: Ta’limda interfaol resurslardan foydalanish

A’LIM SOXASIDA INTERNET – TEXNOLOGIYALARI


Davr ruhini ifodalab, kun sayin barcha soalar amaliyotiga jadal kirib borayotgan
axborot texnologiyalarini umumta’lim maktablari ta’lim jarayoniga ham tatbiq etish
dolzarb masalalardan biridir. Butun jahon miqyosidagi axborot tarmog‘i har qanday
sohada axborotning hajmi va tezligidan qat’iy nazar, uni istagan miqdorda qabul
qilish uchun taqdim eta oladi.
Multimediya va Internet texnologiyalarining paydo bo‘lishi axborot
texnologiyalarining umumiy ta’lim maktablari ta’lim va tarbiya, muloqot
jarayonlarida samarali vosita sifatida foydalanishga keng yo‘l ochib berdi. Axborot
texnologiyalarining barkamol shaxsni rivojlantirish, uning mustaqil kasb tanlashi va
kasbiy jihatdan o‘z-o‘zini shakllantirish, kasbiy mahoratini o‘stirishda tutayotgan
o‘rni va ta’siri ortib borayotganligini inkor etib bo‘lmaydi. Umumiy ta’lim
maktablaridagi ta’lim jarayonida axborot texnologiyalari vositasida o‘qituvchi va
o‘quvchilar oldida quyidagi imkoniyatlar ochiladi, xususan:
 axborot yig‘ishning yangi usullarini va ularni qo‘llashni bilib oladilar;
 bolalarning fikrlash doirasi kengayadi, bilim olishga qiziqishlari ortadi;
 mustaqil ishlashning roli ortadi, samaradorligi yaxshilanadi;
 bolani aqliy jihatdan rivojlantirishga, hissiy-estetik doirasini
kengaytirishga, ijobiy qobiliyatlarini o‘stirishga yordam beradi.
Kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanib, ta’lim sohasida, o‘quv
faoliyatida va o‘quvchilar ijodiy tafakkurini rivojlantirishda yangi imkoniyatlar
yaratiladi. Axborot texnologiyalari ta’limni amalga oshish jarayonida hayot bilan
uyg‘unlashtirishga imkon beradi. O‘qitishni kelajakdagi kasbiy faoliyat bilan
chambarchas bog‘lash imkoniyati paydo bo‘ladi. Axborot texnologiyalarini qo‘l-
lashda o‘quvchi shaxsining butun imkoniyatlarini amalga oshirishga: kompyuter
vositalari orqali bolaning bilishga oid, axloqiy, ijodiy, muloqot qilish va estetikaviy
imkoniyatlarini, qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga intilish lozim. Kompyuter va
axborot texnologiyalarini o‘quvchi shaxsini rivojlantirishning to‘laqonli vositasiga
aylantirish uchun o‘qituvchining o‘zi axborot texnologiyalari sohasida bilimdon
(salohiyatli) bo‘lishi kerak.
Jahon pedagogikasi amaliyotida qator olimlar, jumladan, M. V. Bulanova-
Toporkova va boshqalar o‘qituvchining axborot texnologiyalari sohasidagi
bilimdonligini quyidagi sifatlar bilan baholaydilar:
1) zamonaviy axborot muhitida faoliyat tajribasini baholash va integratsiyalashga
qodirlik;
2) shaxsiy ijodiy sifatlarini rivojlantirishga intilish;
3) umumiy komunikativ (o‘zaro muloqot qilish) madaniyatining yuqori darajada
bo‘lishi;
4) axborot vositasida o‘zaro birlashib xatti-harakatlarni bajarish masalasida nazariy
tushunchalarning va uni tashkillashtirish tajribasining bo‘lishi;
5) o‘zini refleksiyalash (o‘z ruhiy holatini tahlil qilish) ehtiyojining bo‘lishi;
6) axborotni qabul qilish, tanlash, saqlash, qayta tiklash, taqdim etish usullarini, uni
o‘zgartirish, uzatish va integratsiyalash madaniyatini o‘zlashtirish.
Pedagog-olim V. K. Selevko esa o‘qituvchining kompyuter savodxonligini
kompyuterli texnologiya mazmunining muhim qismi deb hisoblaydi va uning
tarkibiga quyidagilarni kiritadi:
 informatika va hisoblash texnikasining asosiy tushunchalarini bilish;
 kompyuterli texnikaning umumiy tuzilishi va funksional imkoniyatlarini
bilish;
 zamonaviy operatsion tizimlarni bilis
 umumiy vazifa bajaradigan zamonaviy dasturning qobiqlar va operatvositalarini (Norton Commander, Windows va boshqalarini) bilish
hamda ularning vazifalarini o‘zlashtirish;
 hech bo‘lmaganda bir matn redaktorini o‘zlashtirganlik;
 dasturlashtirish algoritmlari, tillari va paketlari haqidagi boshlang‘ich tasavvurlarining bo‘lishi;
 utilitar (amaliy foyda beradigan) vazifalarini bajaradigan amaliy dasturlaridan foydalanishning boshlang‘ich tajribasi.
Axborot texnologiyalarining asbob-uskuna va dasturiy vositalarining juda jadallik
bilan rivojlanib borishi, masalan, yangi avlod kompyuterlarining, yangi
dasturlarining chiqishi, turli ta’limiy vazifalarni hal etish qulay texnikafiy
imkoniyatlar ochib beradi. Biroq ilmiy izlanishlar o‘quv maqsadida
foydalaniladigan axborot tizimlari o‘z didaktik sifatlariga ko‘ra hali ham qoniqarsiz
darajada ekanligini ko‘rsatadi. Buning sababi shundaki, axborot texnologiyalarini
o‘qitish maqsadlarida foydalanishning metodik (pedagogik) vositalari
axborotlashtirishning texnikaviy vositalari rivojlanishidan ancha orqada qolib
ketyapti. Kompyuterning imkoniyatlari juda katta, biroq pedagogik maqsadlarda u
yetarli darajada foydalanilmayapti. O‘qitish maqsadidagi axborot uni
loyihalashtirish bosqichida kiritiladi. Xususan, axborot — avtomatlashtirilgan
o‘qitish tizimlarining ma’lumotlar bazasini yaratishda, elektron darsliklarni tuzish
uchun o‘quv materialini tayyorlashda, modellashtiriuvchi turdagi kompyuter
tizimlari bilan o‘quv ishlarining ssenariylarini, masalalar va mashqlar, test
topshiriqlari tuzishda kiritiladi. Axborot texnologiyalari bir yo‘la bir necha fan
sohalariga informatika, matematika, kibernetika, psixologiya, pedagogika kabi
fanlarga oid ma’lumotlarni birlashtiradi. Biroq bu uyg‘unlikda psixologik-
pedagogik asos yetakchi o‘rin tutadi. Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va
o‘qitish jarayoniga joriy qilish muhim o‘rin egallaydi. Yangi axborot texnologiyalari
o‘quv jarayoni va ilmiy-tadqiqot ishlari uchun katta ahamiyatga ega. Odatdagi
ta’limiy texnologiyalardan farqli ravishda, axborot texnologiyalarida mehnat
predmeti va uning natijasi sifatida axborot, mehnat quroli bo‘lib esa
axborotlashtirishning texnikaviy vositalari xizmat qiladi. Kompyuter vositalari
o‘quv-tarbiya jarayonining turli bosqichlarida:
 o‘quvchilarga o‘quv materiallarini taqdim etish bosqichida;
 kompyuter bilan interfaol o‘zaro birgalashib, harakat qilish jarayonida
o‘quv materialini o‘zlashtirishda;
 o‘zlashtirilgan bilimlar, malakalar va ko‘nikmalarni takrorlash va
mustahkamlashda;
 o‘qitishda erishilgan natijalarni oraliq va yakuniy nazorat qilish va o‘z-
o‘zini nazorat qilish bosqichida;
 o‘quv materialini qismlarga bo‘lish, uni klassifikatsiyalash va
tizimlashtirishni takomillashtirish orqali o‘qitish jarayoniga va uning
natijalariga tuzatishlar kiritish bosqichida foydalanilishi mumkin.
Oqilona tuzilgan kompyuterli o‘qitish dasturlari axborotni o‘quvchi tomonidan
o‘zlashtirilishining psixologik va pedagogik qoidalari e’tiborga olingan taqdirda
o‘qitishni individuallashtirish va differensiyalashtirishga, bolalarning qiziqishlari va
o‘qishdagi mustaqil faoliyatini rag‘batlantirishga imkon beradi. Maktab pedagogik
jarayonida kompyuter o‘qituvchi, ishchi qurol, o‘qitish obyekti, hamkorlik qiluvchi
jamoa, bo‘sh vaqt (o‘yin) muhiti xizmatlarini bajarishi mumkin (G. K. Selefko).
Kompyuter o‘qituvchi sifatida — o‘qituvchini va kitobni qisman yoki to‘liq o‘rnini
bosadigan o‘quv axboroti manbai; multimediya va telekomunikatsiya imkoniyatlari
bilan tamoman yangi sifat darajasidagi ko‘rgazmali vosita; individual va axborot
muhiti; trenajyor; o‘quvchilar bilimni tashhislash va nazorat qilishning vositasi
vazifalarini bajaradi. Ishchi qurol sifatida kompyuter — matnlarni tayyorlash va
ularni saqlash matn redaktori; grafikaviy redaktor va katta imkoniyatlarga ega
hisoblash mashinasi vazifalarini bajaradi. O‘qitish obyekti sifatidagi xizmatini
kompyuter-dasturlashtirish; dasturli mahsulotlarni tayyorlash; har turli axborot
muhitlarini qo‘llash moboynida bajaradi. Hamkorlik qiluvchi jamoa — keng
auditoriya bilan muloqot qilish, Internetda bog‘lanish orqali vujudga keltiriladi.
Bo‘sh vaqt (o‘yin) muhiti o‘yin dasturlari, tarmoq bo‘yicha kompyuterli o‘yinlar,
kompyuterli video yordamida tashkil qilinadi. Axborot muhiti zamonaviy darajadagi
axborot bazalari, gipermatn va multimediya, imitatsion o‘qitish, elektron
kommunikatsiyalar, ekspert tizimlarini kiritadi. Hozirgi kunda kompyuter
o‘qitishning qudratli vositasiga aylangan. Kompyuterli texnologiyada o‘qituvchinng
ishi, V. K. Selefko ta’kidlaganidek, quyidagilardan iborat:
1. a) butun sinf o‘quv predmeti darajasida o‘quv jarayonini tashkillashtirish
(o‘quv jarayoni grafigi, sirtqi tashhis, yakuniy nazorat);
2. b) sinf ichida o‘quvchilarni faollashtirish va ularning ishini muvofiqlashtirish,
ish o‘rinlarini joylashtirish, yo‘riqnoma berish, sinf ichkarisidagi tarmoqni
boshqarish kabilar;
3. v) o‘quvchilarni individual kuzatish, individual yordam ko‘rsatish, bolalar
bilan individual «insoniy» munosabat. Kompyuter yordamida individual
o‘qitishning ko‘rish va eshitish obrazlarini foydalanuvchi mukammal
variantiga erishiladi;
4. g) axborot muhiti tarkibiy qismlarini tayyorlash, ularning ma’lum bir o‘quv
fani mazmuni bilan bog‘liqligidan iborat.
Xususan, multimediya texnologiyalaridan foydalanib interfaol darslarni o‘tkazish
yaxshi samara beradi. Odatdagi darsda o‘qituvchi dars mavzusi mazmunini bayon
qiladi, o‘quvchilar esa tinglab, ko‘rib, eslab qoladilar, kerakli yozuvlarni daftarlariga
yozadilar. Ular har qanday ma’lumotni tayyor holda qabul qiladilar. Aksincha, inter-
faollik o‘quvchilarga o‘qitish jarayoniga faol kirishishga imkon beradi. Bolalar
shunchaki tinglamaydilar. Ular savollar berib, o‘z fikrlarini bildiradilar, o‘quv
materialining tushunarsiz qismlarini batafsilroq anglab olishga intiladilar,
baxslashadilar, o‘zlari to‘g‘risida xulosalarga va yechimlarga keladilar.
Interfaollikda har ikki tomon: o‘qituvchi ham, o‘quvchilar ham faollik ko‘rsatadi,
birgalashib, hamkorlikda darsda qo‘yilgan maqsadlarga erishadilar. Biron bir
o‘quvchi darsdagi asosiy ishdan chekkada qolmaydi. Hamma o‘qiydi, hamma bir —
birini o‘qitadi.
Interfaol dars o‘qituvchi boshchiligi bilan amalga oshiriladigan an’anaviy o‘qitish
usullarining va yakka tartibdagi kompyuterli o‘qitishning yaxshi tomonlarini
birlashtiradi. Kompyuter o‘qituvchining faol yordamchisiga aylanadi. Kompyuter
slaydlarini foydalanish evaziga interfaol darslar bilishga taqdim etiladigan axborot
mazmuni bilan birga, ta’sirchanligi bilan ajralib turadi. Dars mavzusini bayon
qilishda o‘qituvchi illyustratsiya sifatida slaydlardagi axborotni kerak joylarda
taqdim etib boradi. Rasmlar, grafiklar, jadvallar, diagrammalar, formulalar ovoz
jo‘rligida, multiplikatsiya elementlari hamkorligida taqdim etilib, o‘qituvchining
izohlari bilan beriladi.
Asosiy qism.
O‘zbekiston Respublikasida internet rivoji bevosita mamlakat taraqqiyoti bilan
uzviy bog‘lanadi. U o‘zida zamonaviy davlat va aholi turmush tarziga xos barcha
bosqichlarni aks ettiradi. O‘zbekistonda Internet rivojini quyidagi asosiy davrlarga
bo‘lish mumkin:
1990-yillar boshi. UUCP ma’lumotlar uzatish tizimida elektron pochta orqali
ma’lumot almashish imkoni paydo bo‘ldi. Foydalanuvchilar analog modemlar
yordamida Moskvaga yoki boshqa shaharlararo qo‘ng‘iroqni amalga oshira
boshladilar. Ma’lumotlar uzatish tezligi 1200-2400 bod (bit/s)ni tashkil qilgan.
1992-1995 yillarda UUCP mahalliy provayderi faoliyatini boshlagan. U tomonidan
ko‘rsatilayotgan xizmatlar tezligi 9600-14400 bod (bit/s)ni tashkil qilgan. Shundan
so‘ng BCC (Biznes Aloqalar Markazi), CCC va PERDCA (Silk.org) provayderlari
tashkil etilgan. SONET elektron tijorat tarmoqlariga ulanish boshlangan.
FidoNet matnli ma’lumotlarni jo‘natish global tarmog‘i ishga tushdi. Relcom – ilk
elektron pochta tarmog‘i ishga tushdi. Ma’lumot uzatish tezligi 9600 dan 14400
bodgacha bo‘lgan analog modemlar orqali Internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati
tug‘ildi. Mazkur xizmatlar Naytov, BCC hamda Silknet (PERDCA) provayderlari
tomonidan ko‘rsatilgan. 1995 yil 29 aprelda «UZ»domeniga asos solindi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining ma’lumotlarini banklararo uzatish
tarmog‘iga asos solindi.
1996 yil. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida BMTning
O‘zbekistonda Internetni rivojlantirish loyihasi tashkil etildi. Keyinchalik bu UzNet
nomi bilan tanilgan. Telekommunikatsiya bozorida UzPAK kompaniyasi faoliyatini
boshladi.
1997-1999 yillar. Internetning misli ko‘rilmagan rivojlanish davri. Har bir provayder
xalqaro Internet tarmog‘ida o‘zining mustaqil kanaliga ega bo‘ldi. Ba’zi birlarida
Moskvaga qadar modemlari, boshqalarida asinxron sputnik kanallari mavjud
bo‘lgan. O‘zbekistonning ilmiy-ta’lim tarmog‘i UzSciNet faoliyatini boshladi.
Yangi internet provayderlari tashkil etildi. Internetdan bir soat foydalanish bahosi
600 so‘m (shu davrda Markaziy bank kursi bo‘yicha bu o‘rtacha 4 dollarga teng
mablag‘) bo‘lgan. Muayyan yo‘nalishlar bo‘yicha texnologiyalar analogdan raqamli
shaklga o‘ta boshladi. Naytov hamda UzNet provayderlari faqatgina yuridik
shaxslar uchun raqamli modemlar orqali Internet xizmatlarini ko‘rsata boshladi.
Internetdan foydalanish tariflarini trafikka binoan belgilash amaliyoti boshlandi.
Internet tarmog‘i orqali ovozli aloqa o‘rnatish tajribasi qo‘llandi. Sarkor Telecom
provayderi Radio Ethernet simsiz tarmoq texnologiyasini joriy qildi. Trans-Osiyo-
Yevropa (TAYe) optik aloqa ma’lumotlar uzatish tarmog‘idan foydalanila
boshlandi.
1999 yil. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining №52-son qarori
imzolandi. Qarorga muvofiq xalqaro ma’lumotlar uzatish, shuningdek Internet
tarmog‘iga ulanish O‘zAAA dan xalqaro tarmoqqa chiqishga huquq beruvchi
litsenziyani olib, O‘zbekiston Respublikasi ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari
operatorlari (provayderlari)ning respublika va xalqaro kompyuter tarmoqlaridan,
shu jumladan Internetdan faqat «UzPAK» ma’lumotlarni uzatish davlat tarmog‘ini
rivojlantirish va undan foydalanish korxonasining va Ma’lumotlarni uzatish milliy
tarmog‘ining texnik vositalari orqali foydalanishiga oid belgilangan tartib
belgilandi. “Iskra” hukumat aloqa tarmog‘i va boshqa bir qator ma’lumotlar uzatish
vositalari orqali xalqaro tarmoqqa chiqish to‘xtatildi. UzNet uskunalari, tarmog‘i va
xodimlar UZPAK boshqaruviga o‘tkazildi. Barcha provayderlarga tarmoqlarini
UZPAK tarmog‘iga birlashtirish tavsiya qilindi. Provayderlar faoliyatining quyidagi
jadvali ommalashtirildi: barcha trafik shaxsiy yoki sotib olingan kanallar orqali
o‘tkazilgan, UzPAK kanalidan (odatda bu 33600 bod (bit/s)li analog modem
bo‘lgan) zahira sifatida foydalanilgan. O‘sha mahalda UzPAK xizmatlari narxi
boshqa provayderlarnikidan yuqori bo‘lgan. Shunday bo‘lsa ham, asinxron aloqa
foydalanuvchilari soni o‘sib borgan.
1999-2000 yillar. BMTning O‘zbekistonda Internet tarmog‘ini rivojlantirish
bo‘yicha yangi loyihasi – UZB/99/016 (UzSciNet) ish boshladi. Bu gal O‘zbekiston
Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshida akademik tarmoq yaratish bo‘yicha ish
boshlandi. Internet bozorida qator o‘zining mustaqil (asosan sun’iy yo‘ldosh)
kanallariga ega bo‘lgan provayderlar faoliyati kuzatildi. Ilk Cisco tarmoq
akademiyasi ishga tushdi.
2001-2002 yillar. Tashqi Internet kanallarining o‘tkazuvchanlik salohiyati 8,5
Mbit/s. dan 18 Mbit/s.gacha oshdi. Sarkor Telekom ilk marotaba TAYe orqali China
Telecomga ulandi. DialUp xizmatlari uchun narxlarning keskin pasayishi kuzatildi.
“Naytov Internet” biznesi Buzton kompaniyasiga o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro kompyuter tarmoqlaridan foydalanishni
markazlashtirishdan chiqarish to‘g‘risida”gi 352-son qarori imzolandi. Unga
muvofiq, Vazirlar Mahkamasining 52-sonli qarorida qayd etilgan, O‘zbekiston
Respublikasi ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari operatorlari (provayderlari)ning
respublika va xalqaro kompyuter tarmoqlaridan, shu jumladan Internetdan faqat
«UzPAK» ma’lumotlarni uzatish davlat tarmog‘ini rivojlantirish va undan
foydalanish korxonasining va Ma’lumotlarni uzatish milliy tarmog‘ining texnik
vositalari orqali foydalanishiga oid belgilangan tartib bekor qilindi. Provayderlar
hali ham xalqaro aloqaga ulanishni «O‘zbektelekom» AK orqali amalga oshirishlari
zarur edi. 2003-2005 yillarda. Tashqi Internet kanallarining o‘tkazuvchanlik
salohiyati 32 Mbit/s dan 143,1 Mbit/s gacha oshdi. DSL orqali Internet tarmog‘iga
ulanish ham jismoniy, ham yuridik shaxslar o‘rtasida keng ommalashdi.
Provayderlar hududlarda ham Internetga ulanish bo‘yicha xizmatlarni kengaytira
boshlashdi. Internet tezligi 64 Kbit/sek.dan 1 Mbit/s.gacha oshdi. Oylik abonent
to‘lovi orqali DialUp orqali ulanganlarga oylik cheksiz tariflar joriy qilindi.
Provayderlar Callback xizmatini joriy qilishdi. O‘zbekiston mobil aloqa bozorida
Rossiyaning Vmpelkom (Bilayn), MTS, Telia Sonera kompaniyalari faoliyatini
boshladi. Telekommunikatsiya bozorida IP telefoniya (Platinum connect, 2Oxygen,
Buzton) kompaniyalari paydo bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali –
www.gov.uz tashkil etildi. Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 6 oktyabrdagi 221-son
qaroriga muvofiq, davlat va jamoat organlari, fuqarolar, mulkchilik shakllaridan
qat’i nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning axborotlarga bo‘lgan
ehtiyojlarini har tomonlama qondirish maqsadida Ma’lumotlarni uzatish milliy
tarmog‘ining faoliyat ko‘rsatishini va uni rivojlantirishni ta’minlash
«O‘zbektelekom» AK zimmasiga yuklatildi. UZINFOCOM markazi esa
O‘zbekistonning yuqori darajali domeni(ccTLD.uz)ga administratorlik qilish
huquqini qo‘lga kiritdi.
UZ milliy domenini ro‘yxatga oluvchi 6 ta registrator (Tomas, BCC, Sarkor
Telecom, Global Study, TV-Inform i Arsenal-D) faoliyat ko‘rsatmoqda edi.
O‘zbekiston AT Assotsiatsiyasi, ZiyoNet axborot ta’lim tarmog‘i, kompyuter
xurujlariga tezkor choralar ko‘ruvchi «UZ-CERT» xizmati, Milliy axborot-qidiruv
tizimi WWW.UZ ga asos solindi. 2006-2009 yillar. Tashqi Internet kanallarining
o‘tkazuvchanlik salohiyati 1125 Mbit/s.gacha oshdi. Birinchi elektron raqamli
imzoni ro‘yxatga olish markazi ochildi. Kompaniyalar GPRS, 3G, Wi-MAX
texnologiyalari asosida simsiz Internet xizmatlarini ko‘rsatishni boshladilar. Internet
foydalanuvchilari soni 2 milliondan oshib, mobil aloqa foydalanuvchilari 10
millionga yetdi. Simus kompaniyasi «UZ» domenining milliy registratoriga aylandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Krizisga qarshi dasturga kiritilgan
qo‘shimcha infratuzilma ob’ektlari bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1073-son qarori asosida 2009 yilgacha aloqa va
telekommunikatsiya ob’ektlarini, xususan milliy va hududiy ma’lumotlar almashish
tarmoqlarini rivojlantirishning qo‘shimcha choralari belgilab olindi. Mobil aloqa
operatori «MTS – O‘zbekistan» mamlakat hududida 4G (4-avlod) mobil tarmog‘ini
qurish bo‘yicha litsenziyaga ega bo‘ldi. 2010-2011 yillar. Foydalanuvchilar soni
7,378 mln.ga yoki aholi miqdoriga nisbatan 24 % ga tedi. Bundan mobil Internetdan
foydalanuvchilar 4,119 mln.ni tashkil qiladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, ko‘pchilik
Internetdan foydalanishda mobil aloqani ma’qul ko‘radi. 2010 yilda O‘zbekistonda
Internet foydalanuvchilari soni 3,2 millionga oshib, 2002 yil bilan solishtirganda
o‘sish 23,8 %ni tashkil qiladi.
O‘zbekistonning barcha hududlarida Internet foydalanuvchilari soni muntazam
oshib bormoqda va mamlakat aholisining 24 %i xalqaro tarmoqdan foydalanadi.
2010 yil so‘ngida Internetdan foydalanuvchi davlat organlari soni 7643 taga yetdi.
UZINFOCOM markazi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2010 yilda
«.UZ» milliy domenidan ro‘yxatdan o‘tgan faol domenlar miqdori 11 mingtaga
yetgan.
2010 yilda TAS-IX da trafik hajmi 615025,32 GBaytga yetib, 2009 yilga nisbatan
314,8% ga oshgan.
Asrlar davomida yig‘ilgan ilm-fan xazinasini bugungi yosh avlodga o‘rgatish,
ularni dunyodagi ilg‘or va zamonaviy pedagogik texnologiya va axborot tizimlari
yordamida jahon
standartlariga to‘g‘ri keladigan mutaxassis kadrlar qilib tayyorlash bugungi
davrning dolzarb vazifalaridan biriga aylandi. Hozirgi kunning asosiy talablaridan
yana biri, o‘quv jarayonini to‘liq kompyuter tarmoqlaridan foydalangan holda olib
borishdir. Buning uchun kompyuter tarmoqlari, uni
tashkil etuvchilari, fandagi o‘rni nimalardan iborat, internet tizimi nima va
o‘qitishda xamda o‘quv jarayonida foydalanishda nimalarga e’tibor bermoq kerak
degan savollarga javob berish maqsadga muvofiqdir.
O‘quv jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanishni rivojlantirishda
masofali o‘qitish alohida o‘rin egallaydi. Masofadan turib o‘qitish bu inson o‘zining
bilim darajasini
oshirishni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda xoxlovchilar, maktabga borish
imkoniyati bo‘lmagan, nogironlar, keksa yoshdagilar kabilar uchun katta yo‘l ochib
beradi. Masofali
o‘qitishda biz hech kimni majbur qila olmaymiz. Bunda xoxlovchi o‘z imkoniyatiga
qarab muloqot qilish, qo‘shimcha axborot to‘plash va fikr almashish imkoniyatiga
ega bo‘ladi.
Masofali o‘qitish hozirgi kunning barcha talablariga javob beradi, ayniqsa, yo‘l
xarajatlarini hisobga olmaganda, kunduzgi ta’limni barcha sistemalarini tashkil
qilish mablag‘lariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ma’lumki, ko‘p yillar davomida
sirtqi ta’lim asosan televedeniya, radio yoki matbuot orqali amalga oshirilib
kelinmoqda. Lekin bularni amalga oshirish ko‘pgina faktorlar hisobida qiyinchilik
bilan amalga oshirilib kelindi.
Yangi axborot texnologiyalari asosida masofali o‘qitishni tashkil qilishning bir qator
usullari mavjud: interfaol teoevedeniya, telekommunikatsiya, CD-ROM
texnologiyasi asosida,
o‘quv radio va televedeniya, video lentalar va hokazo.
So‘ngi yillarda to‘rt xil turdagi masofali o‘qitish keng tarqalmoqda:
1. Interfaol televedeniya (two-way TV);
2. Axborot almashinuviga asoslangan kompyuterli telekomunikatsiya setlari
(regional va
global, internet);
3. Multimediali, interfaol rejimli, videokonferentsiyalar o‘tkazish imkoniga ega
kompyuterli telekomunikatsiya setlari;
4. Birinchi va ikkinchi turlar kesimida.
Masofadan o‘qitish bu Internet tarmog‘i orqali sizga qulay bo‘lgan vaqtda o‘qishdir.
Masofadan o‘qitishning tarkibiy belgilari: o‘qituvchi, o‘quvchi, kommunikatsiyadir.
Masofadan o‘qitish uslubiy materiallari quyidagilardir:
• Darslik
• Audio va video darsliklar
• Onlayn darslar (Internet saxifa)
• Elektron kutubxonalar
• Testlar
• Mul’timedia elektron darsliklar
Shunday qilib, masofadan o‘qitishda virtual kutubxonalar, sputnik orqali
videokonferentsiyalar, darslar, Internet yordamida muloqot va informatsiya olish
imkoniyatlari paydo bo‘ldi. Bu esa o‘quvchi uchun maxsus o‘qish doirasini berdi.
O‘quvchining fanni o‘zlashtirish tezligi va sifati keskin yaxshilandi. Dunyo
amaliyotida ochiq va masofali o‘qitish hozirgi kunda asosan oltita modelga
asoslangan:
1-model. Eksternat tipida o‘qitish. Bunda o‘quvchi maktab yoki oliy o‘quv yurtida
o‘qitishning kunduzgi ta’lim tizimidan foydalanmaydi. Bunda o‘quvchi ta’lim
muassasasiga qatnamasdan atestat yoki diplomga ega bo‘ladi.
2-model. Oliy o‘quv yurtida o‘qish (kunduzgi ta’lim).
Bu butun bir sistema bo‘lib, ta’lim kunduzgi, sirtqi yoki masofali o‘qitish yangi
axborot texnologiyalari asoslangan holda amalga oshiriladi. Bu usuldan ko‘pgina
xorijiy oliy o‘quv
yurtlarida keng foydalanilmoqda.
3-model. Bir nechta oliy o‘quv yurtlarining o‘zaro hamkorligida o‘qitish.Bunda bir
qator davlatlardagi oliy o‘quv yurtlari o‘zaro hamkorlikda sirtqi va masofali o‘qitish
yo‘lga qo‘yilib talabalar xoxlagan davlatdagi oliy o‘quv yurti yoki kollejda o‘z
davlatini yoki uyidan uzoqlashmasdan ta’lim olish huquqiga ega bo‘ladi.
4-model. Avtonom ta’lim berish muassasasi.
Masofali o‘qitishga asoslangan multimediali kurslardan iborat maxsus ta’lim berish
muassasasi. Bunda shuningdek bilim darajasini baholash va atestatsiya qilish ham
amalga oshiriladi.
Bunday oliy o‘quv yurtlaridan Londondagi ochiq universitetni, AQShdagi Milliy
texnologiya universitetlarini misolida qarash mumkin.
5-model. Avtonom o‘qitish tizimi.
Ushbu usulda o‘qitish asosan TV, radio aloqa vositalari orqali yoki qo‘shimcha chop
etish vositalari orqali amalga oshiriladi. Bu usulda hozirda amerika-samoa televizion
proekti faoliyat ko‘rsatmoqda.
6-model. Multimediali masofali o‘qitish.
Bu asosan katta yoshdagi, to‘liq o‘rta ta’limga ega bo‘lmaganlar uchun qulay bo‘lib,
ularni o‘rta maktabni tugatishlarida yordam ko‘rsatadi. Shunday qilib, axborot
texnologiyalari yordamida masofali o‘qitishni joriy qilinishi ma’lum moddiy
qiyinchiliklarga duch kelsada, o‘z samarasini berib kelmoqda.
Bugun O‘zbekiston jahon hamjamiyatiga integrallashtirish yo‘lida faol siyosat
yuritib, iqtisodiy, ilm-fan, ta’lim sohasi va axborot almashish borasida dunyo
xalqlari bilan o ‘zaro
hamkorlikni tabora mustahkamlamoqda. Bu borada yurtimizda bir qancha ishlar
amalga oshirildi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining sifat bosqichida
mamlakatimizda axborot
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, ta’lim tizimiga xorijiy o ‘quv
markazlarining yangi pedagogik texnologiyalarini ijobiy tajribalarini jalb etish va
ulardan amalda foydalanish ta’lim sohasidagi muhim vazifalardan biridir.
Ma’lumki, fan va texnika jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan bugungi kunda ilmiy
bilimlar, tushuncha va tasavvurlar hajmi keskin ortib bormoqda. Bu, bir tomondan,
fantexnikaning yangi soha va bo‘limlarining taraqqiy etishi tufayli uning differensiallashuvini
ta’minlayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, fanlar orasida integratsiya jarayonini
vujudga keltirmoqda.
Bunday sharoitda, yuqori malakali pedagog kadrlarga bo‘lgan talablar ortib borib,
barkamol avlodni asrlar davomida shakllanib kelgan umuminsoniy va milliy
qadriyatlar ruhida
tarbiyalash layoqatiga ega, fanning fundamental asoslarini, pedagogika va
psixologiya metodlarini mukammal egallagan, kasbiy tayyorgarligi yuksak darajada
bo‘lgan hamda
zamonaviy pedagogik va axborot - kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotda
qo‘llash ko‘nikma va malakasini puxta o ‘zlashtirgan ijodkor pedagoglarni
tayyorlash talab etiladi.
Ilmiy texnikaviy taraqqiyot ishlab chiqarishning ko‘p sonli tarmoqlari bilan bir
qatorda ta’lim sohasiga ham zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishni
taqozo etmoqda. Chunki,
pedagogning o ‘quv jarayonini tashkilotchisi sifatida emas, balki bilimlarni egallash
manbalaridan biriga aylanib qolayotganligi, ilmiy-texnik taraqqiyotning
rivojlanayotgan bosqichida axborotlarning keskin ortib borayotganligi va ulardan o
‘qitish jarayonidafoydalanish uchun vaqtning chegaralanganligi ta’lim tizimiga
zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda.
Ta’lim islohotlari amalga oshirilayotgan hozirgi davrda har bir fanni o ‘qitish
mazmunini qayta tahlildan o ‘tkazish va buni tubdan isloh qilish nuqtai nazardan
yondashuv zarur bo‘ladi.
Bugungi kunda zamonaviy axborot-kommunikatsi texnologiyalarining jadal
sur’atlar bilan rivojlanishi va joriy etilishi jamiyat taraqqiyoting barcha yo‘nalishiga
ulkan ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Har bir sohaga tegishli ko‘plab Web-portallar,
internet saytlari, axborot tizimlarining yaratilishi va elektron axborot almashish,
markazlashgan axborot resurslari, turli ko‘rinishdagi interaktiv xizmatlaridan
foydalanishning keng y o ‘lga qo‘yilishi esa keng qatlamdagi jamoatchilik orasida
axborot tanqisligiga barham berilishiga, ma’lumot olish, qayta ishlov berish va uzatish imkoniyatining keskin oshuviga va boshqa ko‘pgina
qulayliklarni keltirib chiqarmoqda.
Jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan texnologiyalar ta’lim-tarbiya jarayonining tez
takomillashishini va yangi texnologik muhitga moslashishini taqozo etadi, ya’ni o
‘qituvchi
pedagogik va axborot vositalaridan to ‘liq foydalana bilishi va ishlata olishi talab
etiladi.
AKTning eng ommalashgan vositalaridan biri bu - televideniye hisoblanadi.
Ta’limiy teledasturlardan butun dunyoda keng foydalaniladi, bu esa masofaviy
ta’limning yorqin
ko‘rinishidir. Televideniye orqali tayyorlangan turli ta’limiy vositalarni keng
foydalanuvchilar auditoriyasi uchun namoyish qilishning imkoni mavjud. Bunda o
‘quvchi va talabalar o ‘z
bilimlarini maxsus imtihon va testlar yordamida tekshirishlari mumkin.
Demak, ta’lim tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, internet, electron
darsliklar va multimedia resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish orqali
ta’lim-tarbiya jarayoni sifatini oshirish kafolatlanadi.
Mamlakatimiz rivojlanishining muhim sharti zamonaviy iqtisodiyot fan, madaniyat,
texnika va texnologiya rivoji asosida kadrlar tayyorlashning takomillashgan
tizimining amal
qilishiga erishishdir. Fan va texnikaning jadal rivojlanishi ta’lim jarayonida ham
jiddiy o‘zgarishlar yuz berishini taqozo etdi. Dars davomida o‘quvchilarning faolligi
va qiziquvchanligini muntazam ravishda rivojlantirib borish dolzarb mavzuga
aylandi. Ta’lim jarayoni markazida o‘quvchining turishi va sub’ekt sifatida faoliyat
ko‘rsatishi lozim bo‘lib qoldi. Agar dars jarayoni zamonaviy pedagogik
texnologiyalardan foydalangan holda mukammal rejalashtirilmasa, aniq qo‘yilgan
maqsadga erishib bo‘lmaydi. Natijada zaif, yetarli darajada tashkil etilmagan dars
samarasiz yakunlanadi. O‘quvchi zerikib keraksiz hissiyotlarga beriladi, uning
bilimga chanqoqligi pasayadi va hatto o‘qishga bo‘lgan qiziqishi sinadi.
O‘quvchi bu fanga salbiy munosabatda bo‘la boshlaydi. Shuning uchun o‘qituvchi
interfaol metodlarni dars jarayoniga tatbiq qilar ekan, o‘quvchilarda fanga va
mavzuga qiziqishni
uyg‘ota olishni o‘z rejasidan chetda qoldirmaslik kerak. Didaktik adabiyotlarda, o
‘quv munozaralari va bahslarni tashkil etishda interfaol usullardan samarali
foydalanish tavsiya etila
boshladi.
O‘qituvchi o ‘qitish va o‘rgatish, shuningdek, mavjud imkoniyat va sharoitlardan
unumli foydalanish uchun mas’ul shaxs hisoblanadi. Bu vazifani bajarish uchun
o‘qituvchi o‘qitish jarayoni hamda o ‘qitiladigan fanlarning ilmiy va texnik
jihatlarini to‘liq bilishi lozim. Bundan maqsad shuki, o‘qitish uslubi shunday yo‘lga
qo‘yilsin-ki, bunda o‘quvchilar
o‘qitilayotgan fanni to‘liq o‘zlashtira olishsin.
O‘qitish usullarining o‘quvchilar talabiga mos kelishini aniqlashda o‘qituvchi o‘z
dasturining quyidagi oltita asosiy tarkibiy qismini hisobga olishi zarur:
rejalashtirish, mavjud
imkoniyat va sharoitlar, uslublar, faoliyatlar, teskari aloqa va nazoratdan iborat.
O‘qitishning zamonaviy metodlarining quyidagi xususiyatlari mavjud:
Insonning muhim hayotiy ehtiyoji bo‘lgan muloqot - o‘qitish jarayonining barcha
bosqichlarida qo‘llaniladi.
O‘qitish jarayonida o ‘quvchilarga o ‘z kuchi, bilimi, iqtidorini namoyon etishga
teng imkoniyatlar beriladi.
O‘quvchilarning kichik guruhlarda hamkorlikda ishlashida ijtimoiy-psixologik
jihatdan qulay muhit yaratilib, muloqotda bosqichma-bosqich va samarali ishtirok
etishga zamin
tayyorlanadi.
O‘quvchilar muloqotda faol ishtirok etishlari uchun faqat eshitishlari shart emas,
balki eshitganlarini tahlil qilish, fikr yuritish, fikrlarning asosli va tushunarli
bo‘lishiga erishish
lozimligini anglaydilar.
O‘quvchilar bilan hamkorlikda, kichik guruhlarda ishlashi orqali qo‘yilgan
vazifalarni talab darajasida bajarish, olingan natijalarni tahlil qilish, ularning to ‘g
‘riligini tekshirib ko‘rish,
taqdim etish va boshqa guruhlar tomonidan e’tirof etishlariga erishishlari lozim.
O‘quv munozaralari va bahslarni tashkil etish quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi:
I. O‘quv munozaralari va bahslarni keltirib chiqaradigan o‘quv topshiriqlari bilan
tanishish.
II. O‘quv topshiriqlaridagi muammolarni hal etish yo‘llarini belgilash;
III. Axborot manbai yoki darsliklardagi o ‘quv materialini o‘rganish, tahlil qilish va
undagi asosiy g ‘oyani ajratish;
IV. Muammolarni hal etish bo‘yicha javoblarni tayyorlash;
Javoblarni ko‘rgazmali vositalar yordamida dalillash;
Javoblarning to‘g ‘riligini tekshirib ko‘rish;
O‘z-o‘zini nazorat qilish, o‘zaro nazoratni amalga oshirish.
Shunday qilib, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish ham
o‘rganilayotgan fanga bo‘lgan qiziqishni oshirish o‘quvchilarda mustaqil va ijodiy
fikr yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirishi mumkin ekan.
Yuqorida aniqlangan mezonlar asosida mos keladigan o‘qitish va o‘rgatish dasturini
ishlab chiqish uchun o‘qituvchi quyidagilarga qodir bo‘lishi lozim:
- haqiqatda mavjud o‘rgatish malakalariga ega bo‘lish;
- tinglovchilarning bilim darajasini baholash uchun o‘rnatilgan me’yorlarni aniqlash
mezonini tushuntirib berish;
- namunaviy mashg‘ulotlarni o‘qitishning maqsadlari qilib olish;
- tinglovchilarning o‘quv materiallarni yaxshi o‘zlashtirishlari uchun rejalashtirilgan
loyiha va o ‘qitish uslublarining mosligini aniqlash. Zamonaviy pedagogik
texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha maxsus tuzilgan dastur joriy qilingandan
keyin o‘qituvchi o‘quv faoliyatining mazmunini yoki uslublarni tekshirish,
o‘quvchilar bilan teskari aloqa o‘rnatishga qodir bo‘lishi lozim. Zamonaviy
pedagogik texnologiyalardan foydalanish orqali o‘qitishga oid ko‘rsatmalar:
- shaxsiy o‘qitish uslubiga tanqidiy nuqtai nazardan qaramaslik.
- ba’zi bir o‘qituvchilar o‘z ustilarida ishlamay, eskicha uslubda o‘qitishda davom
etishadi.
- nima uchun o ‘qituvchilar o ‘z o ‘qitish uslublarini o ‘zgartirishlari lozim?
- ular o ‘z tinglovchilariga ega va bu tinglovchilar ularni hurmat qiladi.
- sinfda yoki boshqa bir o ‘qitish bilan bog‘liq muhitda, haqiqatda, qanday hodisalar
ro‘y berayotganligidan xabardor bo‘lish va o ‘qitish jarayonining to ‘g ‘ri olib
borilayotganligini
tizimli ravishda aniqlab borish maqsadida o ‘qituvchilar o‘z o‘qitish
uslublarining talabga mos kelish yoki kelmasligini tekshirib borishlari ular uchun
katta ahamiyat kasb etadi.
Mustaqil Vatanimizda shakllanayotgan milliy g‘oya bosh Qomusimizda e’tirof
etilgan insonparvar, demokratik, huquqiy davlat va jamiyatni barpo etish,
shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy
hamda madaniy rivojlanishining yuqori bosqichlariga ko‘tarish, mamlakatimizning
jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egallashiga yo‘naltirilgan ezgu maqsadlarini
amalga oshirishga
xizmat qiladi. Mazkur maqsadlarning ijobiy natijalarga ega bo‘lishi, eng avvalo, yosh avlodga ilmiy bilimlar asoslarini puxta o‘rgatish, ularda keng dunyoqarash hamda tafakkur ko‘lamini hosil qilish, ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish borasidagi ta’limiy-tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etishga bog‘liqdir. “Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o‘zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz”, deb ta’kidlab o‘tgan davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev. Qolaversa,
Mamlakatimizning birinchi Prezidenti ta’kidlaganlaridek, “Biz farzandlarimizning
nafaqat jismoniy va ma’naviy sog‘lom o‘sishi, balki ularning eng zamonaviy
intellektual bilimlarga ega
bo‘lgan, uyg‘un rivojlangan insonlar bo‘lib, XXI asr talablariga to‘liq javob
beradigan barkamol avlod bo‘lib voyaga yetishi uchun zarur barcha imkoniyat va
sharoitlarni yaratishni
o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz” Malakali kadrlar tayyorlash muassasaining
har bir bosqichi o‘zida ta’lim muassasaini samarali tashkil etish, uni yuqori
bosqichlarga ko‘tarish, shu bilan birga jahon ta’limi darajasiga
yetkazish borasida muayyan vazifalarni amalga oshirish lozim. Xususan, mazkur
muassasaning uchinchi bosqichi ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot
bazalarini yanada mustaxkamlash, o‘quv tarbiya muassasaini yangi o‘quv uslubiy majmualar, ilg‘or pedagogic texnologiyalar bilan to‘liq ta’minlash” kabi dolzarb vazifalar ijobiy xal etilmog‘i lozim
Hozirgi kunda yurtimiz ta’lim muassasalari faoliyati yangi pedagogik
texnologiyalarni olib kirishga qaratilgan harakat jahonning bir qator yetakchi
tashkilotlari bilan hamkorlikda olib borilmoqda.
Darhaqiqat, inson qaysiki kasb sohibi bo‘lishidan qat’iy nazar o‘z ishiga,
mashg‘ulotiga qunt bilan, mehr bilan yondashsa, uning butun sir asrorini, usul va
vositalarini mukammal
egallaydi, shu bilan birga o‘z-o‘zini anglaydi, shu sohada kamol topadi. O‘qituvchi
kimni o‘stirsa, tarbiyalasa o‘zi ham o‘sadi, ulg‘ayadi, donishmandlik kasb eta
boradi.
Ta’lim texnologiyasi bu - ta’lim maqsadiga erishish muassasaining umumiy
mazmuni, ya’ni, avvaldan loyihalashtirilgan ta’lim muassasaini yaxlit tizim asosida,
bosqichma-bosqich amalga oshirish, aniq maqsadga erishi yo‘lida muayyan metod,
usul va vositalar tizimini ishlab
chiqish, ulardan samarali, unumli foydalanish hamda ta’lim muassasaini yuqori
darajada boshqarishni ifodalaydi. Pedagogik texnologiyaning markaziy muammosi
- o‘quvchi shaxsini
rivojlantirish orqali ta’lim maqsadiga erishini ta’minlashdan iborat. Pedagogik
texnologiya muayyan loyiha asosida tashkil etiladigan, aniq maqsadga yo‘naltirilgan
hamda ushbu
maqsadning natijalanishini kafolatlovchi pedagogik faoliyat muassasaining
mazmunidir Pedagogik texnologiya o‘zida quyidagi xususiyatlarni mujassam etadi:
1.Pedagogik texnologiya pedagogik muassasani takomillashtirish,
optimallashtirishga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojni qondirish omili sanaladi.
2.Pedagogik texnologiya didaktik hamda tarbiyaviy xarakterdagi, shuningdek,
ta’lim – tarbiya muassasaini samarali, mahoratli tarzda tashkil etish borasidagi
nazariy hamda amaliy bilimlar majmui, metodologik fan sifatida namoyon bo‘ladi.
3.Pedagogik texnologiya ta’lim-tarbiya muassasaining umumiy mohiyatini aks
ettiruvchi yaxlit muassasadir.
4.Pedagogik texnologiya yo‘naltiruvchanlik vazifasini bajaradi, ya’ni, u shaxsni
rivojlantirish, tarbiyalash, shakllantirish uchun xizmat qiladi.
5.Pedagogik texnologiya-shaxsiylik xususiyatiga ega bo‘lib, muayyan
texnologiyalarni ta’limtarbiya muassasaida qo‘llashga nrisbatan yagona, qat’iy,
me’yoriy talablar qo‘yilmaydi. Har bir pedagog u faoliyat yuritayotgan ta’lim-tarbiya muhitining xususiyatlari, mavjud ichki va tashqi shart-sharoitlarni inobatga olgan xolda muayyan texnologik yondoshuvni amalga oshirish imkuoniyatiga ega.
6. Pedagogik texnologya o‘zida ta’lim, tarbiya va shaxs taraqqiyoti (kamoloti)
birligini ifoda etadi. Talabalarni zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali,
raqobatbardosh kadrlar qilib tayyorlash maqsadida quyidagilarga e’tibor qaratiladi.
1. O‘quv-tarbiya jarayoni va pedagogik munosabatlarni rivojlantirish va
demokratiyalash, hamkorlik pedagogikasiga asoslanish.
2. O‘quv-tarbiya jarayonida didaktik o‘yin, muammoli, modulli ta’lim, loyihalash
va hamkorlikda o‘qitish texnologiyalaridan foydalanish orqali talabalarning yakka
tartibda va kichik guruhlarda mustaqil va ijodiy ishlarini tashkil etib, ularni o‘z o‘quv-bilish faoliyatining subyektiga aylantirish.
3. Talabalarning mustaqil ishi va tahsilini rejali bosqichma-bosqich tashkil etish.
4. Talabalarning bo‘lajak mutaxassislik faoliyatiga ilmiy-metodik jihatdan
tayyorgarligini tahlil qilish, ularda ko‘nikmalar shakllanishini hisobga olgan holda
har bir talabaga o‘zini o‘zi
rivojlantirishning individual ish rejasini tavsiya etish.
5. Ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqarish, talabalarda mustaqil tahsil olish va
mustaqil fikrlashni shakllantirishga imkon beradigan zamonaviy pedagogik va
axborot texnologiyalarini ongli tanlash va amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini egallashiga erishish.
6. Talabalarning bitiruv malakaviy ishlari mavzularini o‘quv-tarbiya jarayonining
dolzarb muammolariga bag‘ishlash orqali izchil va muntazam ravishda o‘z
saviyasini oshirish va faol
ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishiga zamin tayyorlash.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, oliy ta’limning uzluksiz takomillashishida o‘quv-
tarbiya uslub va usullarini yanada rivojlantirish bilan birga talabalar o‘quv
faoliyatini boshqarish masalasi hali ochilmagan muammolar qatoriga kiradi.
Ta’lim jarayonida bilim, iqtidor va ko‘nikmalar shakllanganligini nazorat qilish
muhim o‘rin egallaydi. O‘tkazilgan tajribalarga va o‘quv adabiyotlarida izohlangan
ilg‘or uslublarga asoslanib nazoratning mezoni va bajaradigan vazifalarini
quyidagicha belgilash mumkin:
-nazoratning tashhisiy vazifasi. Nazorat natijasida bilim, iqtidor va ko‘nikmalarning
shakllanganlik darajasi aniqlanadi;
-nazoratning talabalarda bilim olishga ishtiyoqini o‘stirish vazifasi. Nazorat
natijasida talabalarda o‘z bilim, iqtidor va ko‘nikmalarini yanada takomillashtirish
ehtiyoji uyg‘onadi; -nazorat jarayonida talabalarning shaxsiy xususiyatlari
shakllantiriladi va eng asosiysi rivojlantiriladi. Rivojlanish o‘quv faoliyati, ya’ni
nutq orqali amalga oshiriladi;
-nazorat jarayonida talabalar o‘z bilimlarini mustahkamlaydi. O‘quv materiali
yanada chuqur o‘zlashtiriladi, hodisalar o‘rtasida yangi bog‘lanishlar o‘rnatiladi, shu
bilan aqliy
faoliyat yanada takomillashadi;
-nazoratning tarbiyaviy vazifasi. Nazorat jarayonida talabalarning psixologik ijobiy
xislatlari shakllanib bormog‘i lozim;
-nazoratni baholash vazifasi. Nazorat natijasida sifat o‘zgarishlarining me’yori
aniqlanadi;
- nazorat-ko‘p qirrali murakkab jarayon. Nazorat talabalarda doimo jonli qiziqish,
izlanish, xursandchilik hislarini uyg‘otib, aqliy faoliyatni faollashtiradi. Yuqorida
ko‘rsatilgan
funksiyalar bir-biriga uzviy bog‘langan holda yuz beradi.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligiga erishgach, u jahon hamjamiyatida va
rivojlanish taraqqiyotida o‘zining munosib o‘rnini mustahkam egallab oldi, shu-
ningdek, XXI asr - axborot texnologiyalari asri va axborotlashgan jamiyat sari ildam qadamlar bilan kirib keldi.
Shu bois ham bugungi ilg‘or ta’lim berish jarayo-da informatika va axborot
texnologiyalarining o‘rni nihoyatda beqiyosdir.
Bugungi kunda har bir pedagog uchun ushbu axborot texologiyalari uning o‘quv
ishlanmasida eng yetakchi vazifani bajarmog‘I lozim. Chunki, o‘quvchi yoshlar
ongida dars
ishlanmasi yaqqol puxta ochib berilishi lozimdir. Ana shundagina ta’lim yanada
sifatli hamda maroqli tarzda o‘quvchilar ongida shakllanadi. Yetakchi ta’lim bilan
bir qatorda o‘quvchilarga axborot texnologiyalaridan unumli
foydalanish masalasi ham turadi. Chunki, hozirgi kunda insoniyat, shuning-dek,
informatika fani muqarrar haqiqat bilan yuzma-yuz kelmoqda. Uning asosiy
masalasi, muammosi insoniyat faoliyatining boshqa biror sohasida bo‘lmagan-
uchramagan axborot inqirozini (behisob ko‘payib ketishini) yengib o‘tishdir. Ammo
qo‘yilgan masalani yechishni zamonaviy axborot texnologiyalari majmuyi bo‘lgan
komputer texnikasi va global tarmoqlar, Internet umumjahon
tarmog‘idan unumli foydalangan holda amalga oshirish mumkin.
O‘z navbatida, yangi ming yillikda istalgan sohaning zamonaviy mutaxassislari,
jumladan, muhandislar, iqtisodchilar, moliyachilar, bank va soliq tizimi xodimlari,
marketologlar, ilmiy tadqiqotchilar, pedagog o‘qituvchilar va boshqalar tegishli
sohaning axborot resurslaridan erkin va samarali foydalanishi (axborot olish,
to‘plash, yaratish, qayta ishlash, saqlash, uzatish va hokazolar) uchun kompyuter -
axborot-telekommunikatsiya vositalari bo‘yicha tegishli bilimlarga, axborotdan
foydalanish madaniyatiga ega bo‘lishlari kerak bo‘ladi. Axborot
madaniyatining zaminini yaratish esa informatika fani predmetini tashkil etadi va
uni o‘rganish davomida texnik, dasturiy va algoritmlash vositalarining
imkoniyatlarini o‘rganish mobaynida nazariy bilimlar hamda tegishli soha
masalalarini mukammal shakllanririshdan iborat.
Bugungi zamonaviy kompyuterlar bilan ishlash usullarini o‘rganish jarayonida
talabaning dastlabki tasavvuriga kelmagan imkoniyatlar ochiladi. Zamonaviy
kompyuterlar amalda hamma
narsani bajarishi mumkin, lekin buning uchun foydalanuvchining o‘zi nimani
istayotganligini aniq bilishi va eng muhimi kompyuterga buni qanday bajarish
kerakligini tushuntirib bera olishi shart. O‘z navbatida, kompyuterga nimanidir
tushuntirish uchun esa unga axborotni kiritish
lozim. Chunki, axborot - informatika va axborot texnologiyasi sohasining asosiy
resursidir.
Axborot - bu o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan ixtiyoriy ajra-tuvchi,
farqlovchi, tabaqalashtiruvchi belgidir. Yoki boshqacha qilib umumlash-tirib
aytganda, axborot - bu biror faoliyat to‘g‘risidagi xabarlar majmuidir.
Shuningdek, o‘z navbatida , informatikada axborot bilan bir qatorda ma’lumot
tushunchalari ham keng qo‘llaniladi. Ma’lumotlarga u yoki bu sabablarga ko‘ra
foydalanilmaydigan, balki, faqat saqlanadigan belgilar yoki yozib olingan kuza-
tuvlar sifatida qarash mumkin.Agar bu ma’lumotlarda biror nasra to‘g‘risidagi
mavhumlikni (noaniqlikni) kamaytirish uchun fodlanish imkoniyati tug‘ilsa, u holda
ma’lumotlar axborotga aylanadi, deyish mumkin.
Hozirda insoniyat harakat va raqobat orqali turmush tarzini rivojlantiradi va yangi-
yangi kashfiyotlarning yaratilishiga asos bo‘ladi. Bu kashfiyotlarning biri -
kompyuter texnikasidir.
Azaldan insoniyat o‘z ishini osonlashtirish va vaqtni tejash muammolari bilan
shug‘ullangan.
So‘zsiz aytish mumkinki, kompyuter XX asrning buyuk kashfiyotlaridan biri bo‘ldi.
Davr talabiga ko‘ra bugunga kelib kopmyuter texnikasi juda rivojlanib ketdi.
Ma’lumotlarni yig‘ish, boshqarish , qayta ishlash va uzatish ayniqsa, hozirgi kunda
muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Rivojlangan va rivojlanayotgan
mamalakarlarning hozirgi kunda eng zamonaviy va ixcham texnologiyalaridan
foydalanishga bo‘lgan talabi kun sayin ortib bormoqda. Chunki butun dunyo XXI
asr - axborot asri deb tan olgandir. Axborot asrida katta hajmda-gi ma’lumotlar
ombori va axborotlar ustida ishlashga to‘g‘ri kelinmoqda. Jamiyat taraqqiyotining
rivojlanishiga, kunlik ehtiyojga kerakli vositalr yuz berayotgan jadal o‘zgarishlar
ularning bir qismi bo‘lgan informatika hamda axborot texnolo-giyalariga o‘z
ta’sirini ko‘rsatmoqda.
Axborot texnologiyalarining rivojlanishi das-turiy va texnik ta’minotga ham o‘z
ta’sirini ko‘rsatmoqda . Bu ta’sirlar shunchalik kuchliki, yillar ichida emas, balki
oylar ichida o‘zgarib va boyib bormoqda. Axborot texnologiyalari va uning texnik,
dasturiy ta’minoti yangi variantlarining paydo bo‘lishi bu sohadagi xizmat qilish
usulini tubdan o‘zgartirishni talab
etadi. Shuningdek, axborot texnologiyasi haqida bilish talabalarning axborot
texnologiyalariga bo‘lgan qiziqishini oshiradi. Uning asosini tashkil etuvchi axborot
ham neft, gaz, foydali qazilmalar kabi an’anviy moddiy zaxira turlari kabi
jamiyatning qimmatli zaxiralaridan biridir, demak, uni qayta ishlash jarayonini
moddiy zaxiralarni qayta ishlash jarayonlari bilan qiyoslanganda texnologiya
sifatida qabul qilish mumkin. Shunda quyidagi tushunchani keltirish ayni muddao
bo‘lar edi:
Moddiy ishlab chiqarishning maqsadi - inson yoki tizim ehtiyojlarini qondiruvchi
mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘lsa, axborot texnologiyalarining maqsadi - inson
tahlil qilishi
uchun axborotni ishlab chiqarish va uning asosida biror bir xatti-harakatni bajarish
bo‘yicha qaror qabul qilishdir.
Axborot texnologiyasi obyekt, jarayon yoki hodisa (axborot mahsuloti)ning holati
haqidagi yangi sifat axborotini olish uchun ma’lumotlar(boshlang‘ich axboroti)ni
to‘plash, qayta ishlash
va uzatishning vosita va uslublari jamlanma-sidan foydalanuvchi jarayondir.
Axborot texnologiyasi axborot tizimlari bilan mukammal bog‘langan bo‘lib, ular
uchun axborot texnologiyasi asosiy muhit hisoblanadi. Axborot texnologiyasi
kompyuterda
saqlanayotgan ma’lumotlar ustidan tartiblashgan qoidalar asosida amal, harakat va
bosqichlarni bajarish jarayonidir. Axborot texnologiyalarining asosiy maqsadi -
birlamchi axborotni maqsadga yo‘naltirilgan harakat natijasida qayta ishlash yo‘li
bilan foydalanuvchiga kerakli axborotni berishdir.
Axborot tizimi kompyuterlar , kompyuterlar tarmog‘i, dasturiy mahsulotlar,
ma’lumotlar bazasi, insonlar, turli texnik va dasturiy aloqa vositalari hamda boshqa
qurilmalardan tashkil topgan muhitdir. Axborot tizimining asosiy maqsadi - axborotni saqlash va
uzatishdan iborat. Axborot tizimi axborotni qayta ishlash inson-kompyuter tizimidir.
Qisqacha qilib aytganda, bugungi kundagi har bir soha o‘zining keng ishlatilish
sohasiga ega ekan, biz pedagoglardan ularni shakllantirish talab etiladi. Shuningdek,
informatika sohasi fanga kirib kelgan eng so‘nggi va eng rivojlanib borayotgan
sohadir. Undan keng foydalanish kelajagimizni yanada yaxshilash bilan uzviy
bog‘liq ekan , bizlar uni yanada chuqurroq ravishda o‘rganishimiz bugungi kunda talab etiladi. Zero, bu sohadan barcha ishlarda, shuningdek, ta’limda ham keng qo‘llanilib kelinayotgani barchamizga qulaylik yaratib kelmoqdadir.Shuning uchun uni jamiyat orasida, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish barchamizning burchimizdir.
XULOSA
Aholi malakaviy darajasi tabiiy holda mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishida,
shuning bilan birga dеmokratik jamiyatning shakllanishida, millatning ijtimoiy-
ma`naviy kamol topishida muhim rol o`ynaydi. Talabaning bilim saviyasi, fanni
nеchog`li o`zlashtirganligi esa, uning bajargan mustaqil topshiriqlarida o`z ifodasini
topadi.Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, kurs ishlaridan asosiy maqsad: ta`lim bo`yicha nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash va kеngaytirish, olingan bilimlarni muayyan ilmiy, tеxnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy vazifalarni hal etishda qo`llashdan iborat. Kurs ishlarining talaba uchun ahamiyatli tomoni shundaki: ijodiy ishlash, ishlab chiqilayotgan masalaning qo`yilish jarayonidan boshlab uni to`la nihoyasiga yetkazish bo`yicha qaror qabul qilishda bo`lgan mas`uliyatni his etishga o`rgatish, zamonaviy ishlab chiqarish, iqtisodiyot, tеxnika va madaniyatning rivojlanishi sharoitida talabalarni mustaqil ishlashga tayyorgarligini ta`minlashga imkon bеradi.Kurs ishini bajarishda talaba o`z imkoniyatidan kеlib chiqib, o`zi xohlagan tarzda dasturlar bog`lamini tuzishi mumkin.
Download 152.01 Kb.




Download 152.01 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent axborot texnologiyalari universiteti nurafshon filiali

Download 152.01 Kb.