|
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti televizion texnologiyalari fakulteti
|
bet | 1/9 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 4,84 Mb. | | #235251 |
Bog'liq Mirjalol Ubaydullayev
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
TELEVIZION TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI
“Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxona “
mavzusida
INDIVIDUAL LOYIHA
Talaba : Ubaydullayev Mirjalol _______________
(imzo)
Qabul qildi:Ismailov K.S. _______________
(imzo)
Toshkent-2024
ANNOTATSIYA
Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxonasiga bag‘ishlangan video yaratish maqsad qilindi. Kutubxona 1870-yil asos solingan bo‘lib Toshkent shahar Alisher Navoiy ko’chasida joylashgan. Shahardagi eng katta va eng mashhur kutubxonalardan biri hisoblanadi.
АННОТАЦИЯ
Видео посвящено Национальной библиотеке имени Алишера Навои. Библиотека была основана в 1870 году и расположена на улице Алишера Навои в Ташкенте. Одна из крупнейших и самых популярных библиотек города.
SUMMARY
Video dedicated to the national library named after Alisher Navoi. The library was founded in 1870 and is located on Alisher Navoi Street in Tashkent. One of the largest and most popular libraries in the city.
MUNDARIJA
|
|
KIRISH....................................................................................................4
|
|
1. Nazariy qism……………………………………………………6
2. Alisher Navoiy nomidadi Milliy kutubxona................................7
|
|
2. CapCut haqida …………….......................................................18
|
|
|
|
XULOSA.............................................................................................30
|
43
|
Foydalanilgan adabiyotlar...............…................................................31
|
|
Ilovalar: Filmdan fotosuratlar …..............……..................................32
|
|
KIRISH
2021-yil "Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili" da amalga oshirishga oid Davlat dasturi, 2012-yil 20-martdagi "Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi axborot-resurs markazi faoliyatini tashkil etish choralari to'g'risida"gi PQ 1729-son, 2017-yil 13-sentabrdagi "Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ib gilish bo yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to'g'risida"gi PQ 3271-son qarorlari, 2018-yil 19-fevraldagi "Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to"g'risida"gi PF 5349-son farmoni, 2019- yil 7-iyun "O'zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko'rsatishni yanada takomillashtirish to'g'risida"gi PQ 4354-son qarori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi "2020 - 2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo'llab-quvatlash milliy dasturini tasdiqlash to'g'risida" 781-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi (keyingi o'rinlarda - Milliy kutubxona deb yuritiladi) tomonidan 2021-yilning yarim yillik faoliyati davomida quyidagi ishlar amalga oshirildi.
Milliy kutubxonaning umumiy fondi jami: 7 520 716 ta bo'lib, shundan bosma nashrlar 6 825 132 tani, elektron resurlar soni 695 584 tani tashkil etadi. 2021-yilning 6 oyida kutubxona fondi jami 17 405 ta axborot-kutubxona resurslari bilan toldirildi. Shundan: kitob - 3490 ta, avtoreferat - 141 ta, jurnal - 2100 ta, gazeta - 10691 ta, dissertatsiyalar - 431 ta, elektron resurs - 482 ta, CD/DVD - 10 ta, plakatlar - 60 ta kelib tushdi.
Shuningdek, Milliy kutubxona tasarrufidagi axborot-kutubxona markazlari fondlarini to'ldirish bo'yicha, O'zbekiston nashriyoti, Rossiya davlatining Kutubxonalarni qo'llab-quvvatlash tashkiloti (MFGS) tomonidan taqdim etilgan hamda boshqa tashkilotlardan beg'araz berilgan kitob mahsulotlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlariga jami: Yozuchilar uyushmasi 37 nomda, 365 500 nusxada, MFGS tomonidan taqdim etilgan 126 nomda, 434 nusxada hamda O'zbekiston nashriyoti va boshqa tashkilotlardan beg'araz berilgan kitob mahsulotlaridan 69 nomda 5597 nusxada adabiyotlar taqdim etildi.
|
| |