Toshkent axborot texnologiyalari universiteti televizion texnologiyalari fakulteti




Download 4,84 Mb.
bet3/9
Sana15.05.2024
Hajmi4,84 Mb.
#235251
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mirjalol Ubaydullayev

1.1-rasm
O'zbekiston Respublikasi poytaxti Toshkent shahrida Alisher Navoiy nomidagi Milliy Kutubxona, davlat kutubxonalar tizimi bo'lib, o'zbek adabiyoti, tarixi, ma'rifati va madaniyati sohasida asosiy ilmiy markazlaridan biri hisoblanadi.
Alisher Navoiy nomidagi kutubxona Toshkentda joylashgan va O'zbekiston Respublikasi Adliya vaziri, uzoq muddat O'zbekiston Milliy Kutubxonasi direktori bo'lgan Olimjon Jabborovning inisiativalari asosida 1870-yil ildiz ochildi. Bu kutubxona o'zining ustuvor o'zlashtirishlari va qo'shimcha zaxiralari bilan o'zbek adabiyoti, tarixi, falsafa, san'at, ilmiy ma'rifat, ilmiy tadqiqotlar va boshqa sohalarda uning yirik roli bilan mashhur.
Alisher Navoiy Milliy Kutubxonasi asosan 22 gildirak, ikki qo'lda to'plangan 6,1 mln. nusxa, 7 gildirakda 85 mingdan ortiq qo'lyozma, 17 mingdan ortiq o'tishma, 22 mingdan ortiq kichik chiziqli nusxa va milliy 150 mingdan ortiq o'tmishlar bilan boyitilgan.
Kutubxonada klassik adabiyoti, zamonaviy o'zbek va xorijiy ilmiy, ilmiy-populyar, adabiy va estetik jurnallar, ilmiy-xabarnomalar va boshqa asarlar mavjud. Alisher Navoiy Milliy Kutubxonasining manzili: Toshkent shahri, Alisher Navoiy ko'chasi, 1.

1.2-rasm
Oʻzbekiston milliy kutubxonasida quyidagi boʻlimlar mavjud: kitobxonlarga xizmat koʻrsatish; fondni butlash; adabiyotlarga ishlov berish va kataloglar boʻlimi,
kitob saqlash; ilmiy-uslubiy; milliy bibliografiya; axborot; oʻsmirlar boʻlimi; madaniyat va sanʼat boʻyicha ilmiy axborot; chet el adabiyotlari; kutubxonalararo abonement (KAA); avtomatlashtirish va axborot texnologiyasi; ilmiy tadqiqot markazi; nashriyot-tahririyat; nodir va qadimiy nashrlar; depozitar saqlash fondi; nazorat-dispetcher, maʼmuriy xoʻjalik boʻlimi.

1.3-rasm

1.4-rasm

1.5-rasm
Oʻzbekiston milliy kutubxonasining asosiy vazifasi kitobxonlarga tezkor va sifatli xizmat koʻrsatish, yigʻilgan axborotni kitobxonga yetkazish, oʻtmishning boy tarixiy madaniy merosini, axloqiy gʻoyalarga toʻla asarlarni toʻla oʻrganishga yordam berishdir. Uning oʻta qimmatbaho va nodir nashrlar fondi kutubxona kitoblar toʻplamining faxri boʻlib, unda 15 mingdan ortiq nodir kitoblar va qoʻlyozmalari boʻlgan 250 mingdan ortiq nashrdan iborat materiallar saqlanadi. Ular orasida Oʻrta Osiyoning XX asr boshigacha boʻlgan tarixi, etnografiyasi, geografiyasi va madaniyatiga oid 594 jilddan iborat noyob ensiklopediya — „Turkiston toʻplami“, A. L. Kun tomonidan tuzilgan 1200 dan ortiq noyob fotosuratlarni oʻz ichiga olgan 4 qismli „Turkiston albomi“, Sh. Ibrohimov tuzgan „Taqvim“ (1871), davriy nashrlar, „Ostrog injili“ (1581), „Arifmetika“ (1703), „9 nemis injili“ (1489), „Sharq qutubxonasi“ (1697) va boshqalar mavjud.



1.6-rasm
Oʻzbek adabiyotining yirik vakillari Choʻlpon, Fitrat, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir, Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qahhor va boshqalarning hayotligida ilk bor nashr etilgan asarlari katta ahamiyatga ega. Kutubxona har yili fondini butlashning turli manbalaridan oʻrtacha 15-20 ming nusxa nashrlar oladi.
Kutubxona respublikada nashr etiladigan asarlarning 2 nazorat nusxasini oladi. 2003-yildan xorijiy davriy nashrlar obunasi uchun (u xoh qogʻozda, xoh elektron koʻrinishida boʻlsin) valyuta mablagʻi bilan taʼminlangan. 1956-yildan Xalqaro kitob ayirboshlash ishlari, 30 mamlakat va 150dan ortiq tashkilotlar bilan keng aloqalar yoʻlga qoʻyilgan. Jumladan, Germaniya (jahonning 125 nomdagi ilmiy jurnallariga obuna), AQSH (dissertatsiya avtoreferatlari va boshqalarning elektron bazasidan foydalanish) kompaniyalari bilan aloqalar oʻrnatilgan. Kutubxona mutaxassislari xalqaro konferensiya, seminarlarda ishtirok etadi, xorijda malaka oshiradi.
Shuningdek, kutubxona muntazam uyushtiriladigan Oʻzbekistondagi Germaniya, AQSH, Shvetsariya, Rossiya, Ukraina, Xitoy, Yaponiya, Eron, Malayziya elchixonalari, xalqaro jamgʻarma va tashkilotlar (AQSH elchixonasi Axborot markazi, Jahon va Osiyo taraqqiyot banki vakolatxonalari va boshqalar) bilan faol hamkorlik qiladi. Bu aloqalar kutubxona fondini toʻldirish, turli anjumanlar oʻtkazish, kitob koʻrgazmalari, chet tillarni oʻrganish, malaka almashish, maʼrifiy ishlarda ishtirok etishda hamda kutubxonani texnika bilan jihozlash, nodir nashrlar va toʻplamlarni saqlashda oʻz samaralarini bermoqda.

1.7-rasm


1.8-rasm
1998-yildan kutubxonachilik jarayonlarini avtomatlashtirish, 1999-yildan vatan va chet el nashrlariga yangi elektron katalog tuzishga kirishilgan. 2000-yilda Oʻzbekiston milliy kutubxonasining 130 yilligi keng nishonlandi. Kutubxona adabiyotlar targʻibotining turli anʼanaviy va noanʼanaviy shakl va usullaridan unumli foydalanadi: kitob-rasmli koʻrgazmalar, adabiy-badiiy kompozitsiyalar, tasviriy sanʼat asarlari koʻrgazmalari va boshqalar tashkil qiladi. Yiliga 30 nomda metodik bibliografiya qoʻllanmalari, koʻrsatkichlar, yangi adabiyotlar katalogi, yoʻriqnoma qoʻllanmalari („Mustaqil Oʻzbekistonning muhim va unutilmas sanalari taqvimi“, „Oʻzbekiston Respublikasi madaniy hayoti koʻrinishi“, „Kutubxonachilik dunyosi“, „Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati“ga oid yangi adabiyotlar va boshqalar) va boshqalar nashr etadi.



1.9-rasm
1998-yildan kutubxonachilik jarayonlarini avtomatlashtirish, 1999-yildan vatan va chet el nashrlariga yangi elektron katalog tuzishga kirishilgan. 2000-yilda Oʻzbekiston milliy kutubxonasining 130 yilligi keng nishonlandi. Kutubxona adabiyotlar targʻibotining turli anʼanaviy va noanʼanaviy shakl va usullaridan unumli foydalanar edi. 2012-yildagi qarorga muvofiq an'anaviy katalog faoliyati toʻxtatilib, elektron dasturlar: "UzNEEL, IRBIS, KADATA" lar faoliyati mavjud. Kitob-rasmli koʻrgazmalar, adabiy-badiiy kompozitsiyalar, tasviriy sanʼat asarlari koʻrgazmalari va boshqalar tashkil qiladi. Yiliga 30 nomda metodik bibliografiya qoʻllanmalari, koʻrsatkichlar, yangi adabiyotlar katalogi, yoʻriqnoma qoʻllanmalari („Mustaqil Oʻzbekistonning muhim va unutilmas sanalari taqvimi“, „Oʻzbekiston Respublikasi madaniy hayoti koʻrinishi“, „Kutubxonachilik dunyosi“, „Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati“ga oid yangi adabiyotlar va boshqalar) va boshqalar nashr etadi.

1.10-rasm


Download 4,84 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 4,84 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent axborot texnologiyalari universiteti televizion texnologiyalari fakulteti

Download 4,84 Mb.