|
O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi a. Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti
|
bet | 1/5 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 3,34 Mb. | | #232547 |
Bog'liq D Muxamedov Maktabda kitobxonlik madaniyatini shakllantrish (2) O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGI A.AVLONIY NOMIDAGI MILLIY-TADQIQOT INSTITUTI
Menejerlik o‘quv kursi tinglovchisi. Muxamedov Dostonning
“Maktabda kitobxonlik madaniyatini shakllantrish” mavzusidagi
AMALIY
TOPSHIRIG‘I
Mavzuga oid bo‘lgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar
2006-yil 20-iyuldagi “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori.
2011-yil 13-apreldagi “Axborot-kutubxona to‘g‘risida”gi qonuni.
2017-yil 12- yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoni.
2017-yil 13-sentabrdagi “Kitob maxsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha Kompleks choratadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori
2020-yil 14-dekabr 781-sonli “2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishva qo‘llab-quvvatlash milliy daturini tasdiqlash to‘g‘risida o‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining qarori.
Mavzuning dolzarbligi
(muammoning hal etish sabablari)
Kitob mutolaasiga havasi bolalikdan paydo bo‘lmagan o‘quvchi keyinchalik berilgan katta hajmli asarlarni o‘qishga kuch topolmaydi, ishtiyoq sezmaydi, xohish bildirmaydi, faqat darslikda berilgan qisqartirilgan parcha bilangina tanishadi va yozuvchining butun asar mazmuniga singdirib yuborgan pafosini, g‘oyaviy-badiiy maqsadini to‘la anglolmaydi, badiiy asarlarning haqiqiy zavqidan bebahra qoladi, adabiyotning haqiqiy kuchini, qudratini his qilmaydi, natijada kitob o‘qishga mehr qo‘ymaydi. Kam kitob o‘qishning salbiy oqibatlari juda ko‘p: kishida mustaqil fikrlash qobiliyati, voqelikni teran idrok etish, hodisalarga munosabat bildira olish, oq-qorani farqlay bilish ko‘nikmalari to‘liq shakllanmaydi; milliy madaniyat, tarix va an’analar bilan keng tanish bo‘lmaydi; ma’naviy qashshoqlik va ojizlik kelib chiqadi; hayotda muammolarga duch kelganda yechim topishga qiynaladi, o‘zini irodasiz sanaydi; savodxonligi past bo‘ladi, so‘z boyligi kamligi sababli fikrini to‘la ifodalab berolmaydi; madaniy nutq uchun qo‘yiladigan (aniqlik, to‘grilik, mantiqiy muvofiqlik, jo‘yalilik, soflik kabi) talablarga mos, kompozitsion jihatdan mukammal matn yaratishda, jumlalar tuzishda qiyinchiliklarga duch keladi.
|
| |