|
File (Файл) – hujjatlarni ochish/saqlash operatsiyalaridan tashkil topgan;
Edit
|
bet | 2/17 | Sana | 20.11.2023 | Hajmi | 4,05 Mb. | | #102276 |
Bog'liq KT tajriba (2)File (Файл) – hujjatlarni ochish/saqlash operatsiyalaridan tashkil topgan;
Edit (Правка) – “nusqa olish/qirqish, bekor qilish/takrorlash” standart operatsiyalaridan tashkil topgan;
Options (Настройки) – dastur sozlamalaridan tashkil topgan. Xususan, bu yerda dasturni boshqa tillarga mahalliylashtirish imkonini beruvchi knopkasi joylashgan;
View (Вид) – ishchi maydon masshtabini va uskunalar panelini o‘zgartirish uskunalaridan tashkil topgan;
Tools (Инструменты) – ranglar palitrasi va foydalanuvchi qurilmalari oynasidan tashkil topgan;
Эxtensions (Расширения) – loyiha masteri va boshqa uskunalar qatoridan tashkil topgan;
Help (Помощ) – dastur bo‘yicha yordamdan tashkil topgan.
Uskunalar paneli:
Asosiy menyu oynasining tagida uskunalar paneli joylashgan (2-rasm).
2-rasm. Uskunalar paneli
Uskunalar paneli piktogrammalar yordamida dastur bosh menyusining asosiy punktlarini takrorlaydi.
Qurilmalar.
I shchi maydonning pastida qurilmalar paneli joylashgan. Ushbu panel o‘zining chap tamonida qurilmalar tipi (sinflari), hamda o‘ng tamonida – ularning nomlari (modellari)dan tashkil topgan. Qurilmalarning har birining ustiga borganda ularning markazida joylashgan to‘g‘rito‘rtburchakda uning tipi akslanadi. Qurilmalarning tiplari 3-rasmda keltirilgan.
3-rasm. Packet Tracer qurilmalar paneli (qurilmalarning asosiy tiplari)
Marshrutizatorlar (routerlar) marshrutizatsiya algoritmlari asosida ma’lumotlarni uzatishning optimal marshrutini qidirish uchun ishlatiladi.
Kommutatorlar – tarmoqning bir yoki bir nechta segmentlari chegarasida bir nechta tugunlarni birlashtirish uchun mo‘ljallangan qurilma. Kommutator (svitch) kommutatsiya jadvali asosida axborot paketlarini uzatadi, shuning uchun trafik faqat u yo‘naltirgan MAC-adresga ketadi, konsentrator (xab) dagi singari barcha portlarda takrorlanmaydi.
|
| |