• FANIDAN M U S T A Q I L I S H I Mavzu: 3D texnalogiyalari Topshirdi
  • REJA: 1.3D texnologiyasining turlari. 2. 3D telvidinya texnologiyasi 3.3D bosib chiqarish texnologiyasi
  • Toshkent davlat agrar unversiteti samarqand filiali agrobiologiya fakulteti




    Download 407.24 Kb.
    bet1/2
    Sana29.10.2023
    Hajmi407.24 Kb.
    #90849
      1   2
    Bog'liq
    3D texnalogiyalari
    AXBOROT TIZIMLARINI TA’MINLOVCHI TARKIBIY QISMLAR, Выражение объектно, Dunyo aholisining diniy tarkibi, 2. AKT sohasidagi me’yoriy huquqiy hujjatlar, axborotlarning nazariy asoslari

    O’ZBEKISTON QISHLOQ XO’JALIGI VAZIRLIGI
    TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNVERSITETI
    SAMARQAND FILIALI
    AGROBIOLOGIYA FAKULTETI
    1-bosqich “Agrokimyo va agrotuproqshunoslik”
    yo’nalishi 114 – guruh talabasi

    QISHLOQ XO’JALIGIDA AXBOROT
    KOMMUNIKATSION TEXNALOGIYALARI
    FANIDAN


    M U S T A Q I L I S H I


    Mavzu: 3D texnalogiyalari

    Topshirdi: _ Isroilova Nilufar
    Tekshirdi:____________________________________________

    SAMARQAND – 2021
    Mavzu: 3D texnalogiyalari
    REJA:

    1.3D texnologiyasining turlari.
    2. 3D telvidinya texnologiyasi
    3.3D bosib chiqarish texnologiyasi

    3D texnologiyasi axborot taraqqiyoNOtining yangi bosqichi hisoblanadi dunyoda texnologiya.Bu o'ynashning eng yaxshi zamonaviy usullaridan biridir amaliy faoliyatda ovozli va vizual signal. Bu erda maqola 3D texnologiyalarining turli turlari haqida. Maqolada quyidagilar keltirilgan 3D ulamolar va ko'rsatilgan ishlanmalar turli turlari bilan ishlab chiqarilgan 3D printer yordamida, turli funksiyalarini tushuntirdi 3D monitorlari va 3Doodler haqida ma'lumot berildi. 3D-technology is a new stage in the development of information technology in the world. This is one of the best modern methods of reproduction of sound and visual signal in practice. In this article we are talking about different types of 3D technologies. The article presents the different types of 3D printers and displays design made using the 3D printer, explained various features 3D monitors and talked about 3Doodler. Kalitli soʻzlar: multimedia, multimedia texnologiyalari, 3D texnologiyalar, 3D -printer, 3D -displey, 3D-ruchka.


    Kalitli soʻzlar: multimedia, multimedia texnologiyalari, 3D texnologiyalar, 3D -printer, 3D -displey, 3D-ruchka. Multimedia tushunchasi kеng ma`nоli boʻlib, turli sоha mutaхassislari uni qoʻllanish mazmuniga qarab turlicha talqin etishga harakat qiladilar.Elеktrоnika bilan shug`ullanuvchi mutaхassislar ushbu atamani har хil fоrmatdagi matn, grafika, animatsiya, tovush, vidео koʻrinishdagi ma`lumоtlar bilan ishlash imkоniyatini ta`minlоvchi apparat vоsitalari sifatida tushunadilar.Dizaynеrlar, animatоrlar, dasturchilar ushbu tushuncha оrqali birinchi galda fоydalanuvchiga bir nеcha yoʻl bilan ta`sir koʻrsatish imkоniyatini bеruvchi tayyor matеrial - matn, tovush, animatsiya kabilarni tushunadilar.Bugungi kunda multimedia tехnоlоgiyalari iqtisodiyotning turli sоhalarida qoʻllanilishini koʻrish mumkin. Multimedia vositalari apparat va dasturlar toʻplami boʻlib, u insonga oʻzi uchun tabiiy boʻlgan juda turli-tuman muhitlarni: tovush, video, grafika, matnlar, animatsiyalarni ishlatgan holda kompyuter bilan muloqot qilish imkonini beradi. Multimediali tехnоlоgiya bir vaqtning oʻzida ma`lumоt taqdim etishning bir nеcha usullaridan fоydalanishga imkоn bеradi.Multimedia sohasida 3D texnologiyalarining kirib kelishi bu sohada yangi davrni boshlab berdi. “D” atamasi inglizcha “dimensions” so‘zidan olingan bo‘lib, “o‘lchamlar” ma’nosini beradi. Ta’kidlash joizki, 3D texnologiyasi tasvirni vizual va tovushli uzatib berishning dunyodagi eng ilg‘or usulidir. 3D printerlar - Uch o‘lchamli chizmalar asosida narsa-buyumlar "chop etuvchi" printerlardir.Hozircha bu kabi ishlanmalar tor doirada amalga oshirilayotgan boʻlsa, “Иқтисодиётваинновационтехнологиялар” илмийэлектронжурнали.№ 3, май-июнь, 2015 йил 2 www.iqtisodiyot.uz yaqin kelajakda bemalol uy sharoitida 3D-printerdan masalan bir juft krossovka, kiyim yoki roʻzg`or buyumi chiqarib olishning imkoni boʻladi.1-rasm.3D printerlar Hozirgi kunda uch o‘lchamli haykallar, yirik ob’yektlarning kichraytirilgan modellari (mashinalar, samolyotlar, binolar), shuningdek, turli ilmiy ishlanmalar modellarini yasash imkoniyati mavjud.Misol uchun, Lockheed Martin korporatsiyasi uchuvchisiz boshqariladigan "Polecat" samolyoti uchun jihozlarning katta qismini tezkor uch o‘lchamli bosma texnologiyasi asosida chiqarmoqda. Uch oʻlchamli chop etilayotgan mahsulotlarning narxi pasayishini inobatga olsak ushbu texnologiyaga talab oshmoqda. Bugungi kunda Boeing kompaniyasi oʻz samolyotlarining 200 dan ortiq detallarini 3D chop etish asosida ishlab chiqmoqda.2-rasm.3D printerlar yordamida ishlab chiqilgan mahsulotlar. 3D-printerlarda narsa-buyum yasash konsepsiyasi, bizga yana bir bor "uchinchi olam"ning mo‘jizalardan iborat ekanligini ko‘rsatmoqda. Organovo va Invitech kompaniyalari (AQSh, San-Diyego), inson organlarini chop etuvchi bioprinter yaratishdi. “Иқтисодиётваинновационтехнологиялар” илмийэлектронжурнали. № 3, май-июнь, 2015 йил 3 www.iqtisodiyot.uz Ushbu printer chop etuvchi ikki qismdan iborat boʻlib, birinchi qismi chop etiluvchi organ shaklini yaratuvchi gelni sepadi, ikkinchisi esa shaklni tabiiy toʻqimalar asosida yaratilgan hujayralar bilan toʻldiradi. 3-rasm.BioFAB 4500 -bioprinteri Cricut Cake printeri shirinliklar yaratishda ijodkorlikka imkon yaratib beradi.4-rasm.Cricut Cake printer 3D-printerlar qatorida bugungi kunda jahоn bоzоrida 3D displеylar faоl ilgari surilmоqda.3D displеy – koʻzоynak yoki bоshqa qoʻshimcha qurilmalarsiz insоn tоmоnidan hajmdоr sifatida idrоk etiluvchi tasvirni chiqara оlishga qоdir qurilmadir. 3D displеylar 3 turga boʻlinadi: 1) Autоstеrеоskоpik. Hajmdоr sahnaning ikki rakursi takrоrlanib, ulardan biri chap, bоshqasi oʻng koʻz uchun moʻljallangan.Autоstеrеоskоpik 3D displеylar koʻrgazmalar, savdо zallarida istе`mоlchilarni jalb etish uchun kеng qoʻllaniladi, bunda ular оddiy plazmali panеllarga nisbatan koʻprоq his-hayajоnga sabab boʻladi.“Иқтисодиётваинновационтехнологиялар” илмийэлектронжурнали.№ 3, май-июнь, 2015 йил 4 www.iqtisodiyot.uz 5 -rasm.Autоstеrеоskоpik displеyning ishlash printsipi.2) Vоlyumеtrik. Tasvirni nuqtalar toʻplami (vоksеllar) yoki jismоniy jihatdan displеyning chеklangan ish muhitida tarqatilgan vеktоrlari (takrоrlanish hajmi) sifatida takrоrlaydi. 6 -rasm. Vоlyumеtrik displeylar 3) Gоlоgrafik. Rеal 3D sahnasining yorug`lik maydоniga mоs kеluvchi uzluksiz yorug`lik maydоnini takrоr ishlab chiqadi. Ular rеal 3D sahnaning yorug`lik maydоniga mоs kеluvchi uzluksiz yorug`lik maydоnini hosil qiladi. 7–rasm.Gоlоgrafik displеylar. 3D texnologiyalar sohasida yana bir yangilik- 3Doodler- uch oʻlchamli tasvir yaratadigan ruchkadir. Odatda biz qoʻlimizga ruchka olib, qog`ozga ikki oʻlchamli tasvirlarni chizamiz. Siz qanchalik iste`dodli rassom boʻlmang, suratingiz faqat uzun va baland boʻlishi mumkin, ammo hajmli boʻlmaydi. “Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар” илмий электрон журнали. № 3, май-июнь, 2015 йил 5 www.iqtisodiyot.uz 3Doodler-”WobbleWorks” amerika kompaniyasi tomonidan yaratilgan ruchkadir.. 3D- ruchkada siyoh oʻrniga pat ostidan chiqqan 270 darajagacha qizdiriladigan maxsus plastik eritma bilan chiziladi. Chizilgan tasvir esa oʻsha ondayoq soviydi va qotib qoladi. Shu tariqa uch oʻlchamli modellarni yaratish mumkin boʻladi.Ruchka yordamida haykallar, taqinchoqlar, bolalar uchun oʻyinchoqlar kabi buyumlarni yaratish mumkin.8–rasm. 3D- ruchka va unda yasalgan buyumlar 3D texnologiyalari bugungi kunda reklama amaliyotida hamda marketing tizimida keng qoʻllanilmoqda. 3D- reklamalardan Coca-Cola, Adidas, Cavalli, Ferrero, McDonalds kabi taniqli firmalar keng foydalanmoqdalar. Mutaxassislarning fikricha 3D texnologiyalar tovar ishlab chiqarishda revolyutsiyaga olib keladi.Ushbu texnologiyaning rivoji yangicha davrni boshlab bermoqda.3Dtexnologiyaning keng qoʻllanilishi tadbirkorlarning yangi sinfining vujudga kelishiga olib keldi.Ushbu sohada faoliyat yuritayotgan yangi kompaniyalar soni tobora ortib bormoqda. 1-diagramma Jahon sanoatida 3D texnologiyalarning sohalar boʻyicha qoʻllanilishi1 Ayrim ekspertlarning fikricha yaqin 30 yil ichida har bir xonadonda 3Dprinterlar mavjud boʻlishi va foydalanuvchi onlayn-magazin orqali kerakli buyum 1 finmarket.ru “Иқтисодиётваинновационтехнологиялар” илмийэлектронжурнали. № 3, май-июнь, 2015 йил 6 www.iqtisodiyot.uz maketini sotib olib oʻzi chop etishi mumkin.Bu esa iqtisodiyotni ham inson hayotini ham butkul oʻzgartirishi tabiiy.
    3D televideniye texnologiyalari
    19.11.2016
    Rukn: Texnologiya.
    Muallif: Jurnal tahririyati.

    Televideniye yaratilgandan buyon turli bosqichlarda rivojlanib kelmoqda. Yangi texnologiyalar televideniyega joriy etilib, rangli televideniye, raqamli televideniye, IP-televideniye va boshqalar paydo bo’lmoqda. Hozirgi davrda, televideniye sohasida 3D texnologiyalari qo’llanilishi bilan rivojlanishning yanada yangi bosqichiga chiqdi.
    Zamon rivojlangan sayin insonlarning media-mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojlari ham ortib bormoqda. Shuning uchun ham media mahsulot yaratishda zamonaviy, interfaol usullardan foydalanib, murakkab effektlar qo‘shilgan media-mahsulotlar yaratilmoqda. Buni televideniye mahsulotlarida, kino san’atida yaqqol ko‘rish mumkin. Televideniyening o‘zi insoniyat uchun juda muhim omil bo‘lib xizmat qilishini yaxshi bilamiz.
    Bugungi kunda jamiyatdagi xabarlar, voqea-hodisalar to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishda televideniyening xizmati cheksiz. Telekanallardagi ko‘rsatuvlar insonlarni o‘ziga jalb etishi uchun muhim masalani o‘rtaga tashlashi, qiziqarli, mashhur qiyofalarni aks ettirishi zarur, buning uchun televideniye ham yanada rivojlanishi davr talabidir. Kino san’atida uch o‘lchamli filmlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgandan so‘ng, bu televideniyega ham ta’sir etmay qo‘ymadi.Uch o‘lchamli televideniye tashkillashtirildi. Bunda teletomoshabinlarga ma’lumotlar yetkazish ancha qulay va reallashadi.
    Uch o‘lchamli televideniye — bu katta hajmdagi ma’lumotlarni o‘zida jamlagan, tomoshabinlarga uch o‘lchovli effektni uzatib bera oladigan televideniyedir. Hozirgi vaqtda televizorlarda hech qanday ko‘zoynaklarsiz uch o‘lchamli videolarni ko‘rish imkoniyatlari ishlab chiqilmoqda. Kelajakda butunlay barcha telekanallar, barcha xonadonlarda uch o‘lchamda ko‘rsatilishi oddiy holga aylanishi ko‘zda tutilmoqda. Hozirdagilari esa reklama sifatida foydalanilmoqda.
    3D televideniye bu juda katta ma’lumotlar hajmiga ega bo‘ladi. Tasavvur qilish uchun, 4:4:4 formatda telesignalni uzatishda qancha tezlik kerakligini hisoblab chiqaylik. Ushbu holda:
    1. YUV ni uzatish uchun jami 540 Mbit/s kerak bo‘ladi.
    2. Bunda piksellar soni 720 x 576.
    3. Yuqori tiniqlik — 8K da esa 7680 x 4320 o‘lchamli piksellar mavjud.
    4. Juda ham yuqori tezlik, katta hajm hamda shu formatni qo‘llab-quvvatlaydigan uskunalar kerak bo‘ladi.
    5. 3D televideniye esa bu uzatishlardan ham ko‘ra ko‘proq hajmda, ko‘proq apparaturalar talab qiladi.
    Hozirda 3D ko‘rsatish imkoniyatiga ega quyidagicha monitorlar mavjud:

    • stereoskopik 3D-monitorlar;

    • avtostereoskopik 3D-monitorlar (bunda hech qanday aksessuarlarsiz 3D-ko‘rish imkoniyati mavjud bo‘ladi);

    • katta hajmli displeylar(voksellardan tarkib topgan). Eng katta 3D-televizorning diagonali 7.11 metrga teng bo‘lib, EKTA kompaniyasi tomonidan UEFA Chempionlar Ligasining final matchini to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatish uchun ishlab chiqilgan.

    Ma’lumotlarga tayanib, uch o‘lchovli televideniye yaratilishi to‘g‘risida faktlarga asoslansak, uch o‘lchamli televideniye 2009-yillardan boshlab rivojlana boshladi.
    Dastlab, 2009-yilning avgust oyida Yaponiyaning BS11 telekanali uch o‘lchamli teleko‘rsatuvlarni namoyish eta boshladi.
    AQSH esa uch o‘lchamli axborotlarni uzata oladigan sputnikni 2010-yili fazoga chiqardi. Yevropa va Rossiyada 2010-yil 17-mayda OCEAN telekanali dastlabki sinov uchun uch o‘lchamli televideniyeni ishga tushirdi.
    2010-yil 8-iyundan boshlab esa butun dunyoda Tinch okeanining suv ostidagi musiqali videolavhalari uch o‘lchamda efirga uzatildi.Uch o‘lchamli televideniye mana shu tarzda rivojlana boshladi. Uch o‘lchamli televideniyeni namoyish etish uchun shunga mos televizorlar, ularning keng displeylari kerak bo‘ladi. Bunday displeylar stereodispley deb ham ataladi. Ushbu displey perspektiva effektini bera oladi va tomoshabinlarga uch o‘lchovli efirni uzatib beradi. 2010-yildan DVB jamoasi 3D televideniye uchun DVB 3D-TV standartini ishlab chiqmoqda.
    Respublikamizda hozirda 2012–2015-yillar va 2016–2017-yillarda ikki bosqichda raqamli telekanallarga o‘tish rejalashtirilgan. Hozirda ko‘plab kanallarimiz raqamli telekanallar hisoblanadi. Uch o‘lchovli televideniyening vujudga kelishi bizga ham ta’sir etmay qo‘ymaydi. MDH davlatlari orasida respublikamiz birinchilardan bo‘lib, raqamli telekanallarga o‘tganini hisobga olsak, uch o‘lchovli televideniye texnikasi to‘laligicha yaratilgandan so‘ng, dastlab respublikamizda ushbu texnologiyaga o‘tilishi haqiqatga yaqin. Uch o‘lchovli televideniyening imkoniyatlari juda katta bo‘lib, u orqali tomoshabinlarga uch o‘lchovli predmetlarni ko‘rsatish oson. Voqea-hodisalarni aks ettirishda, ma’lumotlar berishda, barcha sohalarda ushbu texnologiyaning qulayliklarini sezish mumkin.

    Davlatimiz rahbarining qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarga oid Farmoni bilan Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019 yil 1 iyuldan boshlab qurilish jarayonining barcha ishtirokchilari (buyurtmachi, loyihalovchi, pudratchi) uchun BIM texnologiyalarini qoʻllashga bosqichma-bosqich oʻtishni nazarda tutuvchi tartib tasdiqlanadigan boʻldi.

    Download 407.24 Kb.
      1   2




    Download 407.24 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent davlat agrar unversiteti samarqand filiali agrobiologiya fakulteti

    Download 407.24 Kb.