|
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti iqtisodiy tahlil fan sillabusi
|
bet | 2/9 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 167,5 Kb. | | #243756 |
Bog'liq Янги Иқтисодий таҳлил силлабус 2022 Дарслик учун (1)II. Fanning maqsadi
Boshqaruv va moliyaviy qarorlarini qabul qilish uchun xoʻjalik subyektlarining moddiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish holatini, ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini, moliyaviy holatini hamda ularning oʻzgarishlarini, oʻzgarishlarga taʼsir qilgan omillarni aniqlash, hisob-kitob qilish, baholash yoʻllarini oʻrgatishdan iborat.
III. Taʼlim berish natijalari
Ushbu fanni muvaffaqiyatli tugatib, talabalar quyidagi koʻnikmalarga ega boʻladi:
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarda tahlil ishlarini tashkil etish;
Iqtisodiy tahlil uchun zarur axborotni yigʻish;
Xoʻjalik subyektlarida mahsulot (ish, xizmatlar) ishlab chiqarish hajmini rejalashtirish va unga baho berish;
Mahsulot (ish, xizmatlar) sotish hajmlarini tahlil qilish;
Moddiy, mehnat va moliyaviy resurslar bilan taʼminlanganlik va ulardan samarali foydalanish holatiga baho berish;
Mahsulot (ish, xizmatlar) ishlab chiqarish xarajatlari va davr xarajatlarini tahlil qilish;
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar iqtisodiy holatini tahlil qilish asosida boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur xulosalar ishlab chiqish.
IV. Taʼlim berish usullari
maʼruzalar;
interfaol keys-stadilar;
seminarlar (mantiqiy fikrlash, tezkor savol-javoblar);
guruhlarda ishlash;
taqdimotlar qilish;
individual loyihalar;
jamoa boʻlib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar.
V. Fanning tarkibiy tuzulishi:
|
| |