|
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti iqtisodiyot fakulteti
|
bet | 5/5 | Sana | 16.07.2024 | Hajmi | 2,05 Mb. | | #267737 |
Bog'liq Laziz moliyaviy texnalogiyalarXavfsizlik. Tarmoqning har bir ishtirokchisi shifrlashdan foydalanishi zarur. Xavfsizlik choralari tarmoqqa o‘rnatilgan. Ular maxfiylikni va asl nusxaning saqlanishini ta’minlaydi. Foydalanuvchida ikkita kalit bo‘ladi: bittasi shifrlash uchun, yana bittasi shifrni ochish uchun. Bu usul “ochiq kalitlar infrastrukturasi” (PKI) nomini oldi. Shaxsiy ma’lumotlar daxlsizligi. Odamlar shaxsiy ma’lumotlarini nazorat qilishlari zarur. Ularda o‘ziga tegishli bo‘lgan aynan qaysi ma’lumotni, qachon, qanday va qaysi hajmda tarqatish huquqi bo‘lishi lozim. Huquqlarning himoyalanganligi. Mulkdorlarning huquqlari shaffof va mustahkamlangan. Tranzaksiya vaqtining qayd etilishi va PKI nafaqat ikki karra xarajatning oldini oladi, balki tarmoqdagi har bir bitkoinga bo‘lgan mulkiy huquqni qayd qiladi. Biz faqat o‘zimizga tegishli bo‘lgan narsalar bilan savdo qilishimiz mumkin bo‘ladi. Bitkoindan tashqari bu har qanday qimmatbaho narsa bo‘lishi mumkin, shu jumladan intellektual huquq ham. Jalb etilganlik. Iqtisodiyot barcha uchun ishlasa, yaxshiroq ishlaydi. Bu kirish to‘siqlarining kamayishini anglatadi. Uyali telefoni bo‘lgan har qanday kishi, bozorda ishlab chiqaruvchi yoki iste’molchi sifatida ishtirok etishi mumkin. Satoshi “to‘lovlarning soddalashtirilgan verifikatsiyasi” usulini taklif qildi (SPV). Xo‘sh, blokcheyn texnologiyalarining axborot xavfsizligini ta’minlash borasidagi imkoniyatlari qay darajada?
E’tiboringiz uchun raxmat!
|
| |