|
– “Blokcheyn” texnologiyalari
|
bet | 3/5 | Sana | 16.07.2024 | Hajmi | 2,05 Mb. | | #267737 |
Bog'liq Laziz moliyaviy texnalogiyalar2 – “Blokcheyn” texnologiyalari (ma’lumotlarning taqsimlangan reestri texnologilari), “sun’iy aql” superkompyuterlar imkoniyatlaridan foydalanish, shuningdek, kripto-aktivlar bo‘yicha faoliyat jahonning ko‘plab mamlakatlarida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘nalishlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. “Blokcheyn” texnologiyalari nafaqat iqtiodiyotning ko‘plab sektorlariga, balki davlat boshqaruv tizimiga va boshqa jamoatchilik munosabatlariga asta-sekin joriy joriy etilmoqda.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўзбекистон Республикасида рақамли иқтисодиётни ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги қарори. ПҚ-3832-сон. Тошкент ш. 2018 йил 3 июль. – Ўзбекистон Республикаси қонун хужжатлари тўплами.
Hozirgi kunda jahon moliya tizimiga kriptovalyutalarni ta’sirini, ularni tebranuvchanligini prognoz qilish va kelajakdagi istiqbollarini o‘rganish maqsadida o‘nlab, yuzlab tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Ta’kidlash lozimki, qator yirik banklar, xususiy va davlat moliyaviy tizimlari va institutlari tomonidan bu kabi tadqiqotlarni amalga oshirishga katta hajmdagi vaqt va mablag‘larni ayamay xarajat qilishayotganidan shunday xulosaga kelish mumkinki, blokcheyn va kriptovalyutalar xalqaro moliya munosabatlarida o‘z o‘rnini egalladi va yanada rivojlanish va kengayish bosqichida turibdi.
Blockchain — bu tizim ishtirokchilari vositachisiz bir-biriga aktivlarini ishonchli tarzda uzatish imkonini beruvchi texnologiya. Masalan, blockchain da pul ko‘chirmalari haqidagi yozuvlarni saqlash mumkin.
Kriptovalyutalarda aynan blockchaindan kim, kimga va qancha virtual pul o‘tkazganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qayd qilish uchun foydalaniladi.
Biroq blockchainda boshqa aktivlarni ham saqlasa bo‘ladi. Umuman olganda, nimani qog‘ozda yozishning imkoni bo‘lsa, o‘sha narsalarning barchasini blockchain da ham yozish mumkin bo‘ladi, faqat birgina farq bilan — blockchain da yozuvlarni almashtirish va soxtalashtirishning imkoni yo‘q.
Blockchain g‘oyasining yorqin namunasi – bu Ethereum kompaniyasi. Unga Rossiyaning Kolomna shaharchasida tug‘ilgan, hozirda Kanadada yashovchi 19 yoshli dasturchi Vitaliy Buterin asos solgan. Platforma blockchain da ilovalar yaratish uchun mo‘ljallangan.
Bugungi kunda Ethereum kompaniyasi $703 mlrd. ga baholanmoqda. «Blokcheyn — ma’lumotlarni saqlash uchun taqsimlangan reestr...» — bu izohni bir necha marta eshitgan, biroq hech narsani tushunmagan bo‘lishingiz mumkin.
Blokcheyn — bir-biri bilan internet orqali bog‘langan ko‘plab kompyuterlarda bir vaqtning o‘zida saqlanuvchi ma’lumotlar bazasi. Uning nega kerakligini misol yordamida tushuntirish osonroq.
Braziliyadagi xolangizga bank jo‘natmalari orqali 100 rubl yubordingiz deb tasavvur qiling.
Jo‘natma shaklini to‘ldirganingizdan so‘ng bank xodimi shaxsiy hisobingizdan pulni yechib olib, uni xalqaro o‘tkazmalar uchun bankning yagona hisobiga o‘tkazadi.
Shundan so‘ng boshqa xodim bu pullarni agent bankning hisobiga o‘tkazadi, u esa, o‘z navbatida, pullarni Braziliyaga o‘tkazadi.
U yerda o‘tkazmangiz aynan shu taxlit xolangizning shaxsiy hisobiga tushadi. Jo‘natma davomida hech kim xatoga yo‘l qo‘ymagan bo‘lsa, uch kun o‘tib xolangiz 97 rublni oladi (barcha banklarning komissionlari olingandan so‘ng).
|
| |