|
Sotsiologik tadqiqotlarda kuzatish usuli
|
bet | 105/108 | Sana | 09.08.2024 | Hajmi | 0,98 Mb. | | #269317 |
Bog'liq Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»Sotsiologik tadqiqotlarda kuzatish usuli. Sotsiologik tadqiqotlarda kuzatish – dastlabki empirik ma’lumotlarni yig‘ish usuli bo‘lib, muayyan maqsadga qaratilgan, oldindan puxta o‘ylab, muntazam olib boriladigan, hissiy qabulga asoslangan bo‘ladi. Bu usuldan foydalanishning o‘ziga xos afzalligi shundaki, tadqiqotchi muayyan darajada tadqiqot olib borayotgan ob’ektdan mustaqil bo‘ladi va unga bo‘ysunmaydi. Kuzatish usulidan olinadigan ilmiy ma’lumotlarda ob’ektiv, xolis va hayotiy bo‘lishi bilan o‘zining ilmiy qimmatiga egadir. Shu bilan birga, kuzatish usulidan olingan ilmiy ma’lumotlarda sub’ektiv jihatlar ham bo‘lishi mumkin. Chunki, sotsiologik tadqiqot tadqiqotchining ijtimoiy voqelikka, jarayoniga nisbatan qanday munosabatda bo‘lishi va qay yo‘sinda tavsiflashi asosida boradi. Kuzatish usulining yana bir o‘ziga xos jihati; uning muayyan darajada chegaralanganligi bo‘lib, ko‘pincha tadqiq etilayotgan voqelikni qayta kuzatish imkoniyati bo‘lmasligidadir. Bu usulning yana bir zaif jihati shundan iboratki, kuzatish orqali tadqiqotchini savolga qiziqtirish, kuzatiluvchining fikr va hukmini bilish juda qiyin. Barcha hollarda kuzatish hozircha so‘z bilan ifodalanadi. Ammo ba’zi xulqiy-ehtirosli munosabatlarni, holatlarni bir tarzda yozish va so‘z orqali ifodalash qiyin bo‘ladi. Kuzatish jarayonining harakteriga qarab uni quyidagi tiplarga ajratib ko‘rsatish mumkin: nazoratsiz, to‘la qamrovli va qamramaydigan, dala va laboratoriya sharoitida muntazam va tasodifiy kuzatishdir. Sotsiologik tadqiqotlarda kuzatish usuli o‘rganilayotgan ob’ektga nisbatan chetdan yoki ichkaridan qo‘llanilishi mumkin. Tadqiq etilayotgan ob’ekt chetdan kuzatilganda tadqiqotchi ob’ektga nisbatan mustaqil bo‘ladi va unga bo‘ysunmaydi. Ichkaridan kuzatishda tadqiqotchi kuzatayotgan ob’ektga ro‘y berayotgan ijtimoiy jarayonlarda bevosita ishtirok etadi va bo‘ysunadi. Sotsiologik tadqiqotlarda faqatgina kuzatish usulidan foydalanish bilan kifoyalanib qolmaslik kerak. Chunki, kuzatish usuli orqali olingan natijalar o‘rganilayotgan ob’ekt to‘g‘risida to‘liq ma’lumot bera olmaydi. Bu usuldan ko‘pgina sotsiologik tadqiqotning dastlabki bosqichlarida, ob’ekt to‘g‘risida dastlabki tasavvurga ega bo‘lish uchun yoki sotsiologik tadqiqotlarning boshqa usullari yordamida olingan ma’lumotlarni, statistik hujjatlarni qo‘shimcha ravishda tekshirish maqsadida foydalaniladi.
|
| |