|
Empirik (aniq) tadqiqot metodlari
|
bet | 103/108 | Sana | 09.08.2024 | Hajmi | 0,98 Mb. | | #269317 |
Bog'liq Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»Empirik (aniq) tadqiqot metodlari
Ilmiy bilishning metodlarini falsafa va sotsiologiyada 3 turga bo‘lib o‘rganiladi:
1. Ilmiy bilishning eng umumiy-ilmiy metodi (ongli amaliy va nazariy faoliyat).
2. Ilmiy bilishning empirik darajasiga oid umumiy ilmiy metodlar.
3. Ilmiy bilishning nazariy darajasiga oid umumiy ilmiy metodlar.
Dastur tarkibi uslubiy qismining muhim jihati – empirik tadqiqot uslubiyati, texnika jarayoni va usullarini asoslashdan iborat.
Sotsiologik tadqiqot uslubiyati – xususiy sotsiologik usullar majmui bo‘lib, undan empirik materiallarni to‘plash va tizimlashtirish maqsadida foydalaniladi. Metod tushunchasi keng ma’noda bilimlar tizimini yuzaga keltirish va asoslash uchun vositachi demakdir. Sotsiologiyaning usul sifatidagi umumsotsiologik pirinsiplari: ijtimoiy voqealikdagi jarayonlar, hodisalarni bilishdagi xususiy prinsiplar va konkret usullar – matematik-statistik usullar, sotsiologik axborotni yig‘ish usullari: kuzatish, so‘roq, eksperiment va boshqalardan iboratdir.
Sotsiologik tadqiqot texnikasi – maxsus usullarning birligini anglatib, u yoki bu usuldan unumli va o‘z o‘rnida foydalanishni ifoda qiladi.
Sotsiologik tadqiqot jarayoni tadqiqotni tashkil etish usuli, vositasi, barcha bilish va tashkiliy faoliyatning batartib borish jarayonini anglatadi.
Amaliy sotsiologik tadqiqot olib borish jarayonida konkret tadqiqot usullarining ahamiyati ham katta. Ular yordamida dastlabki empirik ma’lumotlar yig‘ib boriladi. Quyida shular xususida to‘xtalib o‘tamiz.
Sotsiologik tadqiqot usullari ichida hozirgi kunda eng keng tarqalgani so‘rov usulidir. So‘rov usulining qulayligi shunda namoyon bo‘ladiki, tadqiqotning kuzatish va eksperiment usullarini faqat mutaxassis sotsiologlar qo‘llashi mumkin bo‘lsa, so‘rov usulida tadqiqot o‘tkazishga qisqa muddatli tayyorgarlikdan o‘tgan yordamchilarni ham jalb qilish va ular yordamida respondentlarning katta miqdorini qamrab olish mumkin.
So‘rov usuli boshqarish uchun qulay usuldir. Bundan tashqari, tadqiqot ko‘lamini kengaytirishda so‘rov usulining imkoniyatlari juda katta.
Bu usul qo‘llanilganda katta korxona va muassasalar, sohalar, mintaqalar va hatto, mamlakat miqyosida ham tadqiqot o‘tkazish mumkin.
Kuzatish usuli faqat hozirgi davrda yuz berayotgan hodisalar haqida ma’lumot bersa, so‘rov usuli respondentga bevosita murojaat qilib, uning xulq-atvori, harakatdan ko‘zlagan niyatlari o‘tgan davrda qilgan va hozir qilayotgan ishlari, kelajakka mo‘ljallangan rejalari to‘qrisida batafsil ma’lumot olish imkonini beradi. Ayniqsa, kishining his-tuyqulari, kechinmalari, harakat motivlari to‘g‘risida ma’lumot to‘plash kerak bo‘lganda, bu usul qo‘l keladi. Chunki bu hodisalar kuzatuvchi nigohidan yashirin bo‘lib, ularni kuzatish usuli bilan aniqlab bo‘lmaydi.
Lekin, so‘rov usuli faqat afzallik va qulayliklardan iborat ekan, deb xulosa chiqarish noto‘g‘ri bo‘ladi. Bu usulning ham bir qator kamchiliklari mavjud. Masalan, bu usul yordamida olingan ma’lumotlarning haqiqatga qanchalik mos kelishini sinchiklab tekshirish kerak. Chunki, bu usul qo‘llanganda ma’lumot manbai faqat respondent bo‘ladi. Respondentlar esa o‘z xarakteri, dunyoqarashi, xulqi, ma’lumoti bo‘yicha turli kishilar bo‘lib, ular har doim ham haqiqatni gapiravermaydilar.
Respondentning javoblariga qay darajada ishonish mumkinligi masalasi juda murakkabdir. Respondent javoblarining to‘qri yoki noto‘qri ekanini tekshirishning bir qancha usullari mavjud bo‘lib, ulardan qanchalik ustalik bilan foydalana olishi sotsiologning mahoratini ko‘rsatadi. Bu usullar anketa savollarining qay darajada o‘ylab va puxta tuzilgani, ularning paydarpayligi, savollarda respondent ruhiyati hisobga olinganligi bilan boqliq.
So‘rov usulining mohiyati shundan iboratki, tadqiqot olib boruvchi savol beradi va respondent o‘zining dunyoqarashi, ma’lumoti, bilimi va xoqishidan kelib chiqib, savollarga javob beradi. Tadqiqotchi respondentga savol berishdan avval o‘zi bir necha savollarga javob topishi kerak. Bu savollar quyidagilar:
Savolni kimga yoki kimlarga bermoqchi?
Respondent savollarga javob berishni xoqlaydimi yoki yo‘qmi?
Respondent qo‘yilgan savollarga javob bera oladimi, yo‘qmi?
Respondent haqqoniy javob berishi uchun savollarni qay yo‘sinda, qay tarzda va qay shaklda berish kerak? Mana shu savollarga javob topa olgan sotsiolog tadqiqotning muvaffaqiyatli chiqishini ko‘p jihatdan ta’minlagan bo‘ladi.
To‘planishi kerak bo‘lgan ma’lumot xarakteri va uni to‘plash usuliga qarab so‘rovlar ikki turga bo‘linadi:
Anketa so‘rovi.
Intervyu.
Savol berilishi mumkin bo‘lgan odamlar yoki potensial respondentlarni qay darajada qamrab olishiga qarab so‘rovlar yana ikki turga bo‘linadi:
Yalpi so‘rovlar.
Saylanma so‘rovlar.
Bulardan tashqari, ochiq va yopiq so‘rovlar, yuzma-yuz va sirtdan so‘rov singari turlar ham mavjud.
Hujjat o‘z semantik ma’nosiga ko‘ra isbot etish mazmunini ifodalovchi so‘zdir.
Hujjat usuli tarixiy adabiyotlarda keng qo‘llanilgan. Abu Rayhon Beruniyning «qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar» kitobida ko‘pdan-ko‘p yozma manbalardan keng foydalaniladi.
Hujjat - moddiy material manba hisoblanib, voqea va faktlar xususidagi ma’lumotlarni o‘zida ifodalaydi.
Hujjatda inson yoki jamoa fikri yozma va boshqa belgilarda namoyon etilgan bo‘ladi. Hujjat sifatida turli formulalar, chizgilar, grafiklar, ramziy belgilar bo‘lishi ham mumkin. Bunday shartli belgilar muayyan ma’lumotga ega kishilar tomonidan o‘qiladi.
Hujjatlarning o‘ziga xos xususiyatlari sifatida quyidagi tasnifni e’tiboringizga havola etamiz:
Sotsiologik tadqiqot uchun muhim ahamiyatga ega holat, fakt avvalo inson tomonidan (yoki mahsus moslamalar ko‘magida) qayd etiladi, so‘ngra hujjat shaklida ifodalanadi. Demak, hujjat inson ongida avval paydo bo‘lib so‘ng oqzaki, yozma manbalarda ifoda etiladi, qayd qilinadi, saqlanadi va tarqatiladi.
Har qanday holatlarda ham muayyan fakt va holatlarning muhim jihatlari xususidagi informatsiyaga ega bo‘ladi (tekst, ovoz yozish moslamalari, nurli ifodalarda yoki chizma belgilarda aks ettiriladi).
Ayrim hujjatlar mazmuni faqat muayyan mahsus bilimlarga ega bo‘lgan kishilargagina tushunarli bo‘ladi. Masalan, murakkab texnologiya loyihalari, qurilish smetalarini, elektron-hisoblash mashinalari beradigan ma’lumotlarni mahsus bilimlarsiz anglab olish qiyin. Ammo bunday hujjatlar mazmuni mahsus bilimlarga ega bo‘lgan har xil kishilar uchun bir xil ma’no berishi kerak.
Hujjat, uning saqlanishi va yagona mazmun berishi xususiyatlari tayin bo‘lsa, istalgan manbada bayon etilishi va istalgan usulda ifodalanishi mumkin.
Tashkilot, muassasa va mansabdor shaxs tomonidan beriladigan hujjatlar umumiy qabul qilingan muayyan guvohlik mazmunini ifodalovchi rasmiy rekvizitlarga ega bo‘ladi. Ularni taxminan shunday xarakterlash mumkin:
hujjatlarda muhr, shtamp, bosmaxona blanki belgilari bo‘lib, ular muayyan muassasa, tashkilotga tegishli ekanligidan dalolat berib turadi.
hujjat ma’lum mansabdor shaxs tomonidan imzolangan bo‘lib,
uning ismi-sharifi va unvoni aks etadi.
hujjatda, u tuzilgan joy, vaqt, qabul etish va muayyan adresga jo‘natish belgilari qayd etilgan bo‘ladi.
Albatta, sotsiologiya fani uchun hujjatda aks ettirilgan mazmun birinchi darajali ahamiyatga ega, ammo mazkur hujjatning nechoqlik haqqoniyligi va realligi uning tuzilish shakliga ham boqliqdir.
Hujjatlarning bir qancha xillari bor:
a) qayd etish usuliga ko‘ra farqlanadigan hujjatlar (qo‘lyozma, bosma yozuv, kino va magnit tasmasidagi yozuvlar), fotosuratlar);
b) muayyan maqsad qo‘yib olinadigan hujjatlar (tadqiqot dasturiga ko‘ra sotsiolog tomonidan maxsus tuziladigan hujjatlar);
v) shaxsga doir (shaxsiy xujjatlar, xatlar, kundaliklar) va shaxsga bevosita aloqasi kam hujjatlar (statistik materiallar, matbuot ma’lumotlari, majlis prtokollari);
g) rasmiy darajasiga ko‘ra farqlanuvchi hujjatlar (davlat statistika idoralari tomonidan rasmiy hujjatlarga ilova qilinadigan ma’lumotlar, qarorlar, farmonlar, ko‘rsatmalar, shuningdek norasmiy hujjatlar-alohida shahs tomonidan tuziladigan arizalar, shikoyatlar, taqrizlar, guvohlik ko‘rsatmalari va boshqalar);
d) hujjatlar informatsiya manbaiga ko‘ra ham farqlanadi (birlamchi informatsiyalar bevosita kuzatish yoki so‘rash usuli orqali olinadi, ikkilamchi informatsiya esa birlamchi ma’lumotni umumlashtirish, qayta ishlash hamda qayta tekshirish natijasida olinadigan ma’lumotlar tufayli qo‘lga kiritiladi.
Savollarning samarali tizimini yaratish uchun sotsiolog tadqiqot muammosidan tashqari, o‘rganilayotgan ob’ekt strukturasi, shu jamoadagi axloqiy-ma’naviy muhit, umumiy va ijtimoiy psixologiyani yaxshi bilishi talab qilinadi. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, agar anketa savollari uzundan-uzun bo‘lsa, ixcham va serjilo bo‘lmasa, savol jumlalari uslubiy jihatdan puxta bo‘lmasa, anketaga nisbatan respondentning salbiy munosabatini uyqotadi. Javoblardagi noaniqliklarga, ba’zan esa javob berishga istakning yo‘qolishiga sabab bo‘ladi. SHuning uchun ham anketa tuzishga juda jiddiy e’tibor talab qilinadi. Anketaga kiritiladigan yoki intervyu jarayonida beriladigan savollar o‘z xususiyatlariga ko‘ra turlicha bo‘ladi. Ular quyidagi uch belgiga qarab tasnif qilinadi:
Mazmuniga ko‘ra.
Shakliga ko‘ra.
Funksiyasiga ko‘ra.
Mazmuniga ko‘ra savollar ikki guruhga bo‘linadi:
Voqelikdagi narsa-hodisalar, ularning xususiyatlari haqidagi savollar. o‘tgan zamonda, hozirgi davrda va kelajakda bo‘ladigan hodisalar haqidagi savollar ham shu guruhga kiradi.
Kishining his-tuyqulari, kechinmalari, niyat va motivlari to‘qrisidagi savollar.
Deyarli barcha turdagi anketalarda uchraydigan savollar, ya’ni respondentning yoshiga, jinsiga, millati, kasbi, ma’lumoti va boshqalarga oid savollar ham birinchi guruhdagi savollar toifasiga kiradi. Bunday savollar odatda anketaning aloqida bir qismiga jamlanadi va bu qism sotsiologiyaga oid adabiyotlarda demografiya qismi yoki pasport qismi nomlari bilan yuritiladi.
Anketaning pasport qismidagi savollar aniq va konkret javoblarni talab qiladi va, odatda, bu qismdagi savollarga berilgan javoblarning haqqoniylik darajasi juda yuqori bo‘ladi. Boshqa mamlakatlarda ham o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqotlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, anketada qo‘yilgan savollar respondentni oz bo‘lsa-da xavotirga solsa, uning javoblari samimiy bo‘lmaydi. Respondent anketadagi savollarga samimiy javob bersa, o‘ziga qech qanday zarar etmasligiga ishonch hosil qilgan taqdirdagina, ularga to‘qri javob beradi. o‘zini xavotirga soladigan savollarga to‘qri javob bergan taqdirda, respondent anketaning pasport qismidagi savollarga noto‘qri javob beradi. Shu yo‘l bilan u go‘yo o‘zining xavfsizligini ta’minlamoqchi bo‘ladi.
Ikkinchi guruh savollar, his-tuyqu, kechinma va motivlarni aniqlashga qaratilgani uchun, ularga berilgan javoblarning ham birinchi guruhdagiga nisbatan haqqoniyligi kamroq. Buning sababi respondentlarning ataylab noto‘qri javob berganidagina emas, balki his-tuyqu, kechinmalarni baholashdagi murakkabliklarda hamdir. Sub’ektiv kechinmalarni baholashda sub’ektivlik kuchli bo‘ladi. SHuning uchun bu toifadagi savollar bir-birini to‘ldiradigan, biriga berilgan javobdagi noaniqlikni ikkinchisi aniqlashga yordam beradigan bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, respondentning javob topishini engillatish uchun anketaga javob variantlari kiritilishi ma’quldir. Javoblarda turli holatlar hisobga olingan bo‘lib, ulardan yaxlit javob o‘rniga o‘sha javobning qismlari aks etishi javobning haqqoniy bo‘lishiga xizmat qiladi. Chunki shunday holda respondent javob variantlaridan birini yoki o‘zida sodir bo‘lgan kechinma, his-tuyg‘ularga mos ravishda bir nechtasini tanlab olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
3. Anketaga kiritilgan savollar mavzuidan respondentlarning xabardor yoki xabardor emasliklarini, agar xabardor bo‘lsalar, xabardorlik darajasini hisobga olish kerak. Masalan, kasaba uyushmasi faollari bilishi zarur bo‘lgan narsalarni korxonaning oddiy ishchi-xodimlaridan so‘rash mantiqqa zid bo‘lish bilan birga, tadqiqotni ham boshi berk ko‘chaga olib kiradi.
Har qanday so‘rov jarayonini shartli ravishda uch bosqichga bo‘lish mumkin:
Ko‘nikish.
Asosiy davr.
Yakun yasash.
Ko‘nikish davri sotsiologik adabiyotda adaptatsiya davri, deb ham yuritiladi, har qanday so‘rov ana shu ko‘nikish bosqichidan boshlanadi. Bu bosqich o‘z mohiyatiga ko‘ra juda muhim bo‘lib, so‘rovning natijalari ko‘p jihatdan uning qanday o‘tishiga boqliq. Bu bosqichda bir nechta muhim vazifalar amalga oshiriladi. Ulardan birinchisi respondentni so‘rovga tayyorlash. Respondentdan kerakli ma’lumotni olish uchun unga so‘rovning sababi va maqsadini tushuntirib, uni savollarning mazmuni bilan tanishtirish kerak. Agar so‘rov anketa yordamida o‘tkazilayotgan bo‘lsa, uni qanday to‘lqazishni ham tushuntirish lozim. So‘rov mavzui haqida ma’lumot berish respondentni asosiy savollarga javob berish uchun tayyorlashda muhim ahamiyatga ega.
Bevosita savollarni berish va anketa to‘ldirishga o‘tishdan avval respondentni shu mavzuga qiziqtirish zarur. Chunki, unda qiziqish paydo bo‘lmasa, bu savolga ortiqcha bosh oqriqi, deb harashi mumkin. Masalan, bozor munosabatiga o‘tilayotgan hozirgi bosqichda, aytaylik, iqtisodiy mavzudagi so‘rovlarni o‘tkazishdan oldin respondentlarga so‘rovning maqsadini bildirib, mavzuning shu korxona, jamoa, mintaqa va mamlakat uchun ahamiyati tushuntirilsa, so‘rovga jiddiy munosabat vujudga keladi.
Shuni ham nazarda tutish lozimki, har bir respondentning o‘z qiziqishlari, eqtiyojlari, manfaatlari mavjud bo‘lib, so‘rovga qiziqish hosil qilishda shularni nazarda tutish kerak.
Ko‘nikish davrida respondentga bevosita murojaat qilinadi. Bu murojaat og`zaki va yozma tarzda amalga oshirilishi mumkin. Ana shu murojaatda tadqiqot maqsadlari va ahamiyati ta’kidlanadi. Murojaatda respondentga chuqur va samimiy hurmat izxor qilinmasa uning bu tadqiqotga qiziqishi susayishi yoki mutlaqo yo‘qolishi mumkin. SHuning uchun murojaatda respondentning ruhiy holati hisobga olingan bo‘lishi kerak.
O‘tkazilgan so‘rovga respondentda qiziqish uyg`otish, hech bo‘lmaganda moyillik paydo qilish natijalarning haqqoniyligini ta’minlovchi muhim omillardan biri. Bu qiziqish va moyillikni uyqotish uchun esa adaptatsiya bosqichi juda eqtiyotkorlik va moqirlik bilan o‘tkazilishi lozim. Buning uchun murojaatda ikki holat aks etishi shart:
Respondentga chuqur hurmat. Tadqiqotchida respondentga hurmat mavjudligining o‘zi kamlik qiladi. Ana shu hurmat mavjudligini unga sezdirish kerak. qurmat sezdirish uchun esa anketaga, biz Sizni juda hurmat qilamiz, deb yozib qo‘yish kifoya qilmaydi. qurmat murojaatdagi har bir so‘zdan va to‘la matndan sezilib turishi kerak.
Respondentga savol mavzui bo‘lgan masala bo‘yicha mutaxassis sifatida murojaat qilish lozim. o‘zining fikri tadqiqot uchun zarur ekanini respondent har bir so‘z va jumladan sezib turishi zarur. Mana shu ikki holat ta’minlanganda, so‘rovga qiziqish paydo bo‘lishi yoki bor qiziqish kuchayishi mumkin.
Ko‘nikish bosqichidan keyin asosiy bosqich boshlanadi va tadiqotning taqdiri shu bosqichda hal bo‘ladi. Anketadagi asosiy mavzuga bag‘ishlangan savollarning me’yordan ko‘p bo‘lishi respondent diqqatining asta-sekin pasayishiga, uning zerikishiga olib kelishi mumkin. SHularni nazarda tutib savollar miqdorini imkoniyat doirasida kamaytirish, shunda ham savollar mo‘ljaldan ko‘proq bo‘lsa, charchoqni yozish va diqqatni tiklash maqsadida mavzuga boqliq bo‘lmasa ham ko‘pchilikni qiziqtiradigan san’atga, sportga oid bir-ikki savol kiritish kerak.
|
| |