• Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda talim-tarbiya Reja
  • Toshkent farmasevtika instituti




    Download 261,56 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/22
    Sana08.01.2024
    Hajmi261,56 Kb.
    #132486
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
    Bog'liq
    5989992b68174



    OZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH 
    TOSHKENT FARMASEVTIKA INSTITUTI 
    Kafedra: Ijtimoiy fanlar 
    Mustaqil ish 
    Mavzu: 
    Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ta'lim-tarbiya 
     
    Bajardi: 3 kurs, farmatsiya 1/1gr, 
    Tekshirdi:Yusupova.N 
    TOSHKENT 2017 


    Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ta'lim-tarbiya 
    Reja: 
    I. Kirish. 
    1.1. 
    Rivojlangan kishini tarbiyalash muammosi 
    II. Adabiyot sharhi 
    2.1. O‘quv dasturlarini qayta ko‘rib chiqish. 
    2.2. Integratsiyalashtirilgan va maxsus kurslar 
    2.3. Mehnat ta`limi va kasbga yo‘naltirish ishlaridagi o‘zgarishlar. 
    2.4. Ta`limni tabaqalashtirib olib borish muammolari. 
    III. Asosiy qism 
    3.1. Germaniyada ta‘lim-tarbiya jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlari. 
    3.2. Fransiyada ta‘lim siyosatining olib borilishi 
    3.3. Buyuk Britaniya va Shveytsariya ta`limi tizimi 
    3.4. Shveytsariya ta`lim tizimi 
    3.5. Belgiya ta‘lim tizimining o‘ziga xos xususiyatlari 
    IV. Xulosa 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     


    Rivojlangan kishini tarbiyalash muammosi 
    Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida har jihatdan rivojlangan kishini 
    tarbiyalash muammosi hozirgi kunning asosiy talabi bo‘lib turibdi. Chunki, 
    jamiyatda yuz berayotgan inqilobiy o‘zgarishlarni insonning o‘zini uzgartirmasdan 
    amalga oshirib bulmaydi. Ammo, yangi kishini tarbiyalash o‘z-o‘zidan emas, balki 
    ijtimoiy munosabatlar yangilanishi jarayonida amalga oshadi. Bu jarayonda 
    maktablar tizimi muhim ahamiyat kasb etadi. 
    Axborot texnologiyalari yetakchi uringa chiqib olgan hozirgi kunda 
    rivojlangan mamlakatlarda maktablar tizimini, ta‗lim mazmunini yangilash 
    zaruratga aylandi. Eskicha o‘qitish usullari va metodlari ma‗nan eskirib, ta‗limning 
    ilg‘or pedagogik texnologiyalarga asoslangan metodlari va shakllariga ehtiyoj 
    kuchaydi. 
    Qadimgi ajdodlarimiz olamning murakkab tabiiy jarayonlarini urganib borar 
    ekan, insonni, uning ma‗naviy-axloqiy kamolotini olamdan tashqarida emas, balki 
    shu olamning ichida deb qaraydilar. Ularning fikricha, odam – olam ichidagi 
    kichik olam bo‘lib, unda katta olam (olami Kubro) ning barcha xususiyatlari o‘z 
    aksini topgandir. Bu hol olamni to‘la tasavvur qilishdan oldin odamni, inson 
    olamini yaxshi bilishni taqazo etadi. Shu nuqtai-nazardan qaraganda, hozirgi davr 
    rivojlangan mamlakatlarida insonni tabiatning oliy mahsuli sifatida, olamning bir 
    parchasi deb qarashda biryoqlamalikka berilib ketish kuzga tashlanadi. Shuning 
    uchun bu mamlakatlarda insonni faqat zamonaviy ishlab chiqarish ilmi bilan 
    qurollantirish, axborot texnologiyalari, boshqaruv malakalarini o‘rgatishga ustivor 
    soha sifatida qaralmoqda. Ulardagi maktablar ta‗lim-tarbiyasi oldiga ham shunday 
    vazifa quyilgan bo‘lib, kichik olam (Najmiddin Kubro) ning moddiy ehtiyojlari 
    yetakchi o‘ringa, ma‗naviy ehtiyojlar keyingi o‘ringa tushib qolayotir. 
    O‘zbekiston ta`lim tizimi keng qamrovli islohatlarni hamda qayta qurish ishlarini 
    amalga oshirishdek murakkab jarayonni boshidan keshirmoqda. Ulardan ko‘zda 
    tutilgan maqsad - maktab faoliyatini demokratlatlashtirish, uning insonparvarlik 
    tamoyillarnini rivojlantirish, shu asosda o‘quv tarbiya ishlari mazmunini uning 
    shakl va uslubini kompleks yangilash va yanada takommillashtirishdan iboratdir. 
    Bu vazifalarni muvofaqqiyatli hal qilishning muhim shartlaridan biri shet el 
    maktabi va pedagogikasi tajribalariga munosabatni tubdan o‘zgartirishdan iborat 
    ekanligini hayotning o‘zi ko‘rsatmoqda. 
    Bu tajribalarni o‘rganish orqali biz ta`limda xato va yangilishishlardan, shubxali 
    xulosalarda o‘zimizni saqlashimizdan tashqari ta`lim tarbiyada qotib qolgan, 
    eskirgan, o‘z dolzarbligini yo‘qotib borayotgan ish shakllari va uslublarda tezroq 
    xolos bo‘lish bilan birga, uni munosib tarzda yangilashda qo‘shimsha boy 
    manbalarga ham ega bo‘lamiz. 


    Ta`lim- tarbiyada samarali islohotlarni amalga oshirish talab etilayotgan hozirgi 
    davrda esa ilmiy texnika taraqqiyoti, yangi texnologik revolyusiya sharoitida 
    muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsata oladigan jamiyat a`zolarini yetishtirib berish, yosh 
    avlodni kasb – xunarga yo‘naltirishda davlat xizmatini xamda o‘rta ta`limning ko‘p 
    variantli ushinshi bosqishini joriy etish, ta`lim mazmunini yaxshilashda pedagogik 
    vositalarni qo‘llash, ta`limda tashabbuskorlik va ijodkorlikka keng yul oshish, 
    uning muxim tizimlarini yaratish kabi shet el tajribalarini o‘rganish ayni 
    muddaodir. 
    Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta`limning mamlakat ishki siyosatiga faol ta`sir 
    etadigan ijtimoiy jarayon ekanligi, e`tirof qilingan xaqiqatdir. Shu tufayli ham shet 
    mamlakatlarda maktab extiyojini iqtisodiy ta`minlashga ajratilayotgan mablag‘ 
    miqdori yildan yilga - oshib bormoqda. 
    Yaponlarda masalan, «maktab muvoffiqiyati va farovonlik timsoli» gina bo‘lib 
    qolmay, «u insonlarni yaxshilaydi», degan fikr ishonsh va e`tiqodga aylangan. 
    Ta`lim to‘g‘risidagi g‘amxurlik taniqli siyosatshilarning xam xamisha diqqat – 
    etiborida bo‘lgan. Shuning ushun xam AQSh ning sobiq Prezidenti R.Reyganni, 
    Buyuk Britaniya Bosh vaziri M.Teshsherni, Fransiya Prezidenti F.Mettiranlarni 
    maktab islohotining tashabbuskorlari deb bejiz aytishmaydi. F.Mitteran maktabni 
    «Jamiyatini harakatlantiruvshi kush» deb hisoblagan. 
    Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik tadqiqotlarni amalga oshiradigan ko‘p sonli 
    ilmiy muassalar ishlab turibdi. Germaniyada ularning ikki mingdan ortiq. Fransiya, 
    AQSh, Yaponiyada ta`lim tarbiya nazariyasi muammolari bilan yuzlab davlat va 
    xususiy 
    tashkilotlar 
    Universitetlar 
    pedagogik 
    tadqiqot 
    markazlari 
    shug‘ulanmoqdalar. Ular faolitini esa xalqaro ta`lim markazlari, masalan, AQSh da 
    xalqaro instituti muvofiqlashtirib bormoqda. Ko‘pshilikning faoliyati o‘quv 
    dasturini takommillashtirish va qayta qurishga qaratilgan. 

    Download 261,56 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




    Download 261,56 Kb.
    Pdf ko'rish