Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»




Download 0,98 Mb.
bet39/108
Sana09.08.2024
Hajmi0,98 Mb.
#269317
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   108
Bog'liq
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»

Tashqi kuzatuvchilar tomonidan ko‘rsatilgan qandaydir umumiy belgilarga ega bo‘lgan kishilar yig’indisi ham sotsial jamoa, deb ataladi. Masalan, biz kishilar to‘plamidan qora tanli kishilar to‘plamini, ko‘k ko‘zli kishilar to‘plamini ajratib ko‘rsatishimiz mumkin. Bu jismoniy belgilarga asoslanib, jamoa yoki to‘plamlarga ajratish hisoblanadi. Bu bilan ko‘pincha antropologiya fani shug‘ullanadi, jamoani u yoki bu kasb bilan shug‘ullanuvchi kishilar ham tashkil etishi mumkin. Aynan bir kasb bilan shug‘ullanadigan kishilar kasbiy (professional) kategoriyalar deb ataladi. Yoshiga qarab ajratiladigan kishilar to‘plami yoki kategoriyalari deyiladi. Jinsiga qarab kishilar ikkita jins, ya’ni erkaklar va ayol kategoriyalariga ajratiladi.
Aniq belgiga asoslanib ajratiladigan har qanday jamoa yoki to‘plam sotsial kategoriyani (nominal va real guruh) tashkil etadi87. Sotsial kategoriyalar hech qanday ichki aloqalar bilan birlashmaydi. Bir kategoriyaga kiradigan, masalan, kasbiy (professional), yosh, jins, mulk, daromadi va boshqa kategoriyalarga mansub kishilar qandaydir umum belgilarga ega bo’ladi. Ana shu asosga ko‘ra, sotsial kategoriyalar ichki aloqa va shaxsiy institutlariga ega bo‘lishi mumkin. Sotsial kategoriyalar biror bir sotsial aloqada bo‘lgan taqdirdagina sotsial birlikka aylanishlari mumkin.
«Sotsial guruh» tushunchasiga yaqin bo‘lgan tushuncha — sotsial birlik» tushunchasidir. Zamonaviy sotsiologiyada bu tushunchalar sinonim sifatida ishlatiladi. «Sotsial birlik» so‘zi umumiylikni bildirib, u tabiiy va sotsial asoslar bilan, ya’ni qon-qarindoshlik, hudud, til va boshqalar asosida birlashgan guruhdir. Sotsial birliklar sotsial guruhlarning bir turi sifatida sotsial struktura elementi hisoblanadi.
Sotsial guruh nazariyasi sotsiologiyada XIX asr oxiri va XX asr boshlarida E.Dyurkgeym, G.Tard, G.Zimmel, L.Gumplovich, Ch.Kuli, F.Tyonnis tomonidan amalga oshirilgan. Garchi bunday tashkilotlar XIX asr uchinchi yarmida boshlangan bo’lsada, XX asrda nisbatan fundamental xarakterga ega bo’ldi. Bunda E.Dyurkgeymning roli muhim.
Avstriyalik sotsiolog L.Gumplovich o’zining 1899 yilda yozilgan “Sotsiologiya asoslari” kitobida “sotsiologiyada o’rganish elementlari va birliklari sotsial guruhlar sanaladi”, deb yozgan88. “Sotsial olamning haqiqati shundan iboratki, u avvalboshdan guruhlarning harakati asosida mavjud bo’lgan… jamiyatdagi sotsial muammolarning yechimi sotsial guruhlarning barqaror o’zaro aloqalaridir”. Gumplovichning fikricha, aynan guruhlar individning shaxsiy xususiyatlarini shakllantiradi.
G.S.Antipinaning fikricha, “sotsial guruh jamiyat sotsial strukturasining elementi sifatida bir xil sotsial xususiyatga ega bo’lgan va jamiyat uchun mehnat taqsimotiga ko’ra zaruriy vazifalarni bajaruvchi insonlar uyushmasi hisoblanadi89”.
Shunday qilib, sotsial guruhlar deyilganida, xatti-harakatlari rasmiy va norasmiy institutlar tomonidan boshqariladigan, ma’lum norma va qadriyatlarga ega bo‘lgan, boshqa birliklardan o‘zining xususiyatlari bilan farq qiladigan, bir-birlari bilan ijtimoiy munosabatlar sistemasi asosida bog‘langan kishilar yig‘indisidan iborat bo‘lgan sotsial birlik tushuniladi90.
Sotsial guruhlar guruhdagi shaxslar soni; ichki tashkilot (institutlar, nazorat shakllari); faoliyat namunalari; norma va qadriyatlar; farq qiladigan xususiyatlari kabi o’zining xarakterli tomonlariga ega bo’ladi.
Guruhdagi shaxslar soni deyilganda, mavjud birlikni hajm jihatdan tashkil etadigan a’zolar yig‘indisi tushuniladi, hozirgi kungacha sotsiologiyada a’zolar soni qancha bo‘lishi kerakligi haqida aniq bir to’xtamga kelinmagan. Guruhda a’zolar soni chegaralashi yoki cheg aramasligi mumkin. Shu asosga ko‘ra, guruhlar “yopiq” yoki chegaralangan guruhlar nomi bilan atalib, ularda guruhga yangi a’zolarni qabul qilishda aniq mezonlar qo‘yilgan bo’ladi. “Ochiq guruhlar” ga esa xohlagan miqdorda kishlari kirishi mumkin bo‘lib, bu guruhlarda a’zolarga nisbatan aniq talablar qo‘yilmaydi, aniq talablar a’zo qabul qilish va a’zolarni guruhdan chiqishi masalasidagina qo’yilishi mumkin.
O‘z shaxsiy tashkilotiga ega bo‘lmagan, faqatgina ijtimoiy aloqalarga asoslangan erkin sotsial birliklar sotsial guruh bo’lolmaydi. Sotsial guruh faoliyatida sotsial institutlar, nazorat shakllari va faoliyat namunalari muhim ahamiyatga ega. Ular o’zining nazorat va maqsadga yo’naltirish funksiyalari orqali guruhning faoliyatini ta’minlaydi, guruhda norma va qadriyatlarning shakllanishini belgilab beradi.
Sotsial guruh o‘zining ma’lum norma va qadriyatlariga ega bo’lib, ular guruh a’zolarining o’zaro uyushishida muhim o’rin tutadi. Mazkur norma va qadriyatlar guruhning ma’lum mustahkam g‘oyalari va shiorlarida, guruhning belgi va ramzlarida, asosiy maqsadlarida va moddiy predmetlari kabilarda o’z ifodasini topadi. Bular orqali shaxsning o’zini mazkur sotsial guruh bilan identifikatsiyasi (masublik hissi) masalasi ortib boradi.
Har bir sotsial guruh o‘zining boshqa guruh va birliklardan ma’lum xususiyatlari bilan farq qiladi. Sotsial guruhlarni farqlaydigan xususiyatlarga ma’lum hududda yashash, alohida harakatlar, kasbiy farqlar, til, mafkura, din va boshqalar kiradi.

Download 0,98 Mb.
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   108




Download 0,98 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»

Download 0,98 Mb.