• Rasmiy sanksiyalar
  • Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»




    Download 0,98 Mb.
    bet35/108
    Sana09.08.2024
    Hajmi0,98 Mb.
    #269317
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   108
    Bog'liq
    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»

    Sotsial sanksiyalar. Sanksiya – guruh a'zolarining xatti-harakatini boshqarish maqsadida guruh tomonidan yaratilgan operativ choralar-tadbirlar va vositalar yig‘indisi bo‘lib, sanksiyani yaratishdan maqsad – guruhiy birlikni saqlab qolish, ijtimoiy hayotning davomiyligini ta'minlash, jazolash yo‘llari orqali guruh a'zolarida mazkur xatti-harakatlarni o‘z xohishi bilan bajarish ishtiyoqini tug‘dirishdir.
    Sanksiyalar salbiy, ya'ni jazolovchi va ijobiy, ya'ni rag‘batlantiruvchi bo‘lishi mumkin. Sotsial sanksiyalar sotsial nazoratning ajralmas bo‘lagi sanaladi. Ularning mohiyati shundan iboratki, ular individ tomonidan bajarilayotgan xatti-harakatni yoki individning biror xatti-harakatga nisbatan munosabatini aniqlashtiruvchi tashqi stimul sifatida namoyon bo‘ladi.
    Sanksiyalar formal, ya'ni rasmiy va noformal, ya'ni norasmiy bo‘lishi mumkin. Rasmiy sanksiyalar – bu rasmiy institutlarning qonun, qaror, ustav yoki biror boshqa rasmiy hujjatda oldindan aniqlashtirilgan holatiga ko‘ra individ yoki guruhning xatti-harakatiga nisbatan javob reaksiyasi.
    Norasmiy sanksiyalarjamoatchilikning, norasmiy institutlarning, guruh a'zolari, do‘stlar yoki qo‘shnilarning tasodifiy hamda emotsional tusga ega bo‘lgan reaksiyasi. Boshqa qilib aytganda atrofdagilarning sizning xatti-harakatlaringizga nisbatan javobi.
    Individ bir vaqtning o‘zida bir necha guruh va institutlarga a'zo bo‘lishi mumkin. Turli guruh va institutlardagi sanksiyalar bir-birini qo‘llab-quvvatlashi yoki inkor qilishi mumkin.
    Ichki bosim o‘tkazish usuliga ko‘ra, sanksiyalar quyidagi turlarga ajratiladi:
    Huquqiy sanksiyalar – bu qonun tomonidan ishlab chiqilgan va belgilangan rag‘bat hamda jazolar tizimi.
    Ahloqiy sanksiyalar – bu ahloqiy tamoyillarga tayanuvchi dashnom, pand-nasihatlar tizimi.
    Satirik sanksiyalar – guruhning normalariga nisbatan o‘zgacha harakatlarni amalga oshirganlarning ustidan ustidan kulish shaklida namoyon bo‘luvchi harakatlar tizimi.
    Diniy sanksiyalar – ma'lum dinga tegishli bo‘lgan e'tiqod va dogma normalari asosida shakllangan rag‘bat va jazolar tizimi.84
    Ahloqiy sanksiyalar bevosita sotsial guruh tomonidan individga nisbatan bildirilgan munosabat va xatti-harakatlari orqali amalga oshiriladi. Yuridik, siyosiy, iqtisodiy sanksiyalar esa turli sotsial institutlarning faoliyati orqali namoyon bo‘ladi. Misol uchun sud-huquq tizimi aynan shunday sanksiyalarni amalga oshirish uchun mahsus yaratilgan hisoblanadi.
    Rivojlangan mamlakatlarda ko‘p hollarda quyidagi sanksiya turlarini uchratish mumkin:
    Salbiy norasmiy sanksiyalar – qoniqmaslik, xafa bo‘lish, ranjish shakllarida namoyon bo‘lib, do‘stlikning tugatilishi, yordam berishdan o‘zini tiyish, turli mish-mishlarni tarqatish kabi ko‘rinishlarda amalga oshishi mumkin. Mazkur sanksiyalar muhim ahamiyatga ega. Chunki ulardan so‘ng ma'lum sotsial oqibatlar, ya'ni individ o‘z hurmatini yo‘qotishi, ma'lum imkoniyatlarining cheklanishi kabilarni boshdan o‘tkazadi.
    Salbiy rasmiy sanksiyalar – qonun tomonidan nazarda tutilgan barcha jazolash turlarini qamrab oladi. Bularga jarimalar, hibsga olish, qamash, mol-mulkini musodara qilish, o‘lim jazosi kiradi. Bu jazolar tahdid, qo‘rqitish yo‘llari bilan individga jamiyatdagi qoidalarni buzganligi uchun qo‘llaniladigna choralar haqida xabar beradi.
    Ijobiy rasmiy sanksiyalar – bu atrofdagilarning individ tomonidan bajarilgan ijobiy va guruhga yoqadigan xatti-harakatlariga nisbatan munosabati bo‘lib, og‘zaki va yozma ravishda rag‘batlash, maqtash tarzida namoyon bo‘ladi. Ular individ to‘g‘risidagi ijobiy mish-mishlar tarzida bo‘lishi ham mumkin.
    XX asrda tadqiqotchilar tomonidan sotsial sanksiyalarning oshkora va latent oqibatlari o‘rganila boshlandi. Buning sababi shundaki, jamiyatda ba'zi hollarda sanksiyalarning og‘irlashtirilishi oqibatida aks ta'sir kuzatila boshlangan. Sanksiyalarning og‘irlashtirilishi ularga nisbatan bo‘ysunmaslik va og‘ma harakatlarga olib kelgan. Misol uchun bir kichik qilmishini bekitish va jazodan qochish maqsadida inson yanada kattaroq xatolarga yo‘l qo‘yadi. Sanksiyalardaan ortiqcha ravishda qo‘rqish hissi esa individning faolligiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Uning ijodkorligi va impravizatorligi pasayadi.
    Shuning uchun sanksiyalarning samarador bo‘lishi ularning qo‘llanish payti, joyi, jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy tuzum bilan bnvosita bog‘liq. Sanksiyalarni o‘rganish ularning jamiyat va shaxsga nisbatan ko‘rsatadigan ta'siri nuqtai nazaridan juda muhim sanaladi.


    Download 0,98 Mb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   108




    Download 0,98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»

    Download 0,98 Mb.