|
E.Dyurkgeymning sotsial birdamlik nazariyasi
|
bet | 34/108 | Sana | 09.08.2024 | Hajmi | 0,98 Mb. | | #269317 |
Bog'liq Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»E.Dyurkgeymning sotsial birdamlik nazariyasi. Sotsial birdamlik tushunchasi sotsial munosabatlar tizimida muhim o‘rin tutadi. Chunki birdamlik - bu ko‘pgina ma'naviy omillarning majmuasidan tashkil topgan sotsiologik tushuncha bo‘lib, u ijtimoiy hayotda faoliyat ko‘satayotgan insonlarning ijtimoiy taraqqiyot masalalarini hal qilishlaridagi hamkorligining ko‘rinishidir. Sotsiologiya faniga bu kategoriya birinchi bo‘lib O.Kont tomonidan kiritilgan bo’lib,. sotsial jipslashuv ma’nosini bildirgan. E.Dyurkgeym sotsial birdamlik muammosini tadqiq qilgan yirik olimlardan biri sanaladi.
E.Dyurkgeymning fikricha, sotsial birdamlik, bu axloqiy tamoyil safatidagi universal qadriyat bo‘lib, jamiyatning har bir a'zosi uni tan oladi. E.Dyurkgeym o‘z ta'limotini mexanik va organik birdamlikka ajratadi.
Rivojlanmagan va eski tartibdagi an’anaviy jamiyatlarda hukumronlik qiladigan birdamlik mexanik birdamlik sanaladi. Chunki mexanik birdamlik jamoaviy turidag» birdamlik bo‘lib, jamoadagi individlarning o‘xshashliklari bilan belgilanib, ular tomonidan ijtimoiy vazifalar bir xil ko’rinishda bajariladi.
Jamiyatda mehnatning ijtimoiy taqsimlanishi tufayli individlar maxsus vazifalarini bajaradilar. Shuning uchun bunday jamiyat jonli organizmni eslatadi va undagi vujudga kelgan yangi turdagi birdamlik organik birdamlik sanaladi. Mehnatning taqsimlanishi jamiyat a’zolarining individual qobiliyatlarning rivojlanishi uchun turtki bo‘ladi. Har bir individning o‘zi qolgan individlarga bog‘liq bo‘lib, sotsial munosabatlarning yagona tizimi orqali birdamlik tuyg‘usiga erishadi.
3. Sotsial nazorat va sotsial sanksiyalar
Nima uchun insonlar ko‘rishganlarida bir-birlariga jilmayishadi, nima uchun bayramda bir-birlariga tabriknomalar jo‘natishadi, nima sababdan ota-ona farzandlarini ma'lum yoshga yetishgach bog‘chaga jo‘natishadi, nima uchun insonlar ko‘chada poyafzal kiyib yurishadi qabilidagi savollarning barchasiga bitta javob mavjud. Bularning bariga jamiyatda o‘rnatilgan sotsial norma va qadriyatlar qatorida mavjud bo‘lgan sotsial nazorat sababdir. Insonlar har kugni kundalik hayotlarida ma'lum vazifalarni va xatti-harakatlarni bajarishadi. Ularning ba'zilari xatto avloddan-avlodga o‘tish xususityaiga ega. Mana shu qaytariluvchanlik tufayli jamiyatning davomiyligi ta'minlanadi. Qaytariluvchan xatti-harakatlar oqibatini oldindan aytish va ko‘ra bilish mumkin. Bu insonlar o‘rtasidagi o‘zaro moslashish va ko‘nikish holatiga olib keladi. Misol uchun mashina haydovchisi yo‘lda ketayotganida qarama-qarshi tomondan kelayotgan mashinalarning o‘ng tomondan yurishini aniq biladi. Chunki ularning birortasi bu qoidani buzsa, avtoxalokat sodir bo‘lib, buning uchun jazo muqarrarligini barcha biladi.
Jamiyatdagi har bir guruh o‘ziga xos bo‘lgan qoidalar va ta'qiqlar tizimini, majburlash va bosim o‘tkazish tizimini, individlarning xatti-harakatini ma'lum qolipga soluvchi usullar tizimini (xatto jismoniy kuch ishlatish orqali) yaratadi. Mazkur tizimlar sotsiologiyada sotsial nazorat tizimi nomi bilan yuritiladi.
Sotsial nazorat – sotsial tizimlarda o‘zini tartibga soli shva nazorat qilish mexanizmi bo‘lib, individlarning normativ harakatlarini ta'minlash orqali amalga oshiriladi. Normativ harakatlarini ta'minlash deyilganida, individlarning jamiyatda o‘rnatilgan huquqiy, ahloqiy qoidalar asosida yashashi tushuniladi.
Sotsial nazorat jamiyatda bajaruvchi o‘ziga xos vazifalari orqali sotsial tizimning mustahkamligi, individlar hayotidagi tinchlik va sotsial barqarorlik, shuningdek, sotsial tizimdagi ijobiy o‘zgarishlar ta'minlanadi.
Jamiyatda kechuvchi turli xil o‘zgarishlar,jumladan, norma va qoidalardan og‘ish holatlarini to‘g‘ri baholash va taraqqiyotga boshlovchilarini aniqlash uchun sotsial nazorat o‘ta qayishqoq bo‘lishi lozim. Jamiyat uchun xavfli va salbiy og‘ishlarni jazolash va aksincha, ijobiy sho‘zgnarishlarni rag‘batlantirishda sotsial nazoratning qayishqoqolik xususiyati muhim o‘rin tutadi.
Sotsial nazoratni amalga oshirish sotsializatsiya jarayonidan boshlanadi. Chunki bs paytdan boshlab individ sotsial normalarni va qadriyatlarni o‘zlashtirishni boshlaydi. Unda ma'lum rollarni amalga oshirish yuzasidan ma'lum burch va huquqlar tizimi paydo bo‘ladi.
Sotsial nazoratning asosiy elementlari odatlar, urf-odatlar va sanksiyalar tizimi sanaladi.
Odat – bu ma'lum vaziyatlarda amalga oshiriladigan mustahxkam xatti-harakatlar bo‘lib, ba'zi hollarda individ uchun ehtiyoj sifatida namoyon bo‘ladi va guruh tomonidan salbiy qarshilikka uchramaydi.
Har bir individning o‘z odatlari bo‘lishi mumkin. Misol uchun erta tongda turish, ertalab badan tarbiya bilan shug‘ullanish, ma'lum bichim va shakldagi kiyinish uslubiga ega bo‘lish va h.k. butun guruhga tegishli bo‘lgan odatlar ham bo‘ladi. Misol uchun ma'lum do‘stlar guruhi har yili yangi yil arafasi tog‘ga dam olishga chiqishlari mumkin. Undan tashqari odatlar tasodifiy ravishda vujudga kelgan yoki biror maqsad yo‘lida tarbiyalangan bo‘lishi mumkin. Vaqt o‘tishi bilan ayrim odatlar individ xarakterining ajralmas qismiga aylanadi va avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Odatlar ko‘nikmalarni qabul qilish va urf-odatlarni o‘rganish davomida hosil bo‘lishi mumkin. Ayrim odatlar qadimgi tantanalar va urflardan qolib ketgan bo‘ladi.
Odatda odatlarning buzilishi salbiy sanksiyalarga olib kelmaydi. Ammo individning harakatlari guruhda qabul qilingan odatlarga mos kelsa, ular albatta ijobiiy qabul qilinadi va rag‘batlantiriladi ham.
Urf-odatlar – xulq-atvorni sotsial boshqarish va nazorat qilishning stereotipli shakli sanaladi. Ma'lum guruhning ahloqiy qarashlarini o‘ziga singdirgan, tarixiy jihatdan o‘tmishga borib taqaladigan xatti-harakatlar tizimi bo‘lib, ularning buzilishi salbiy sanksiyalarga olib keladi. Urf-odatlar insonlarni ma'lum vaziyatlarda majburlash va belgilangan amallarni bajarishga undaydi.
Ko‘p hollarda «urf-odat» tushunchasi «an'ana» va «udum» tushunchalari bilan aynanlashtiriladi. Ammo urf-odat o‘tmishdan qolgan majburiy amallarni qat'iy ravishda boshqarishni nazarda tutadi va an'analardan farqli ravishda sotsial hayotning barcha sohalarida amal qilmaydi. Udumlardan farqi shundaki, urf-odatlar ma'lum sotsial munosabatlarni anglatib, turli ob'ektlarni amaliy jihatdan o‘zgartirish va turli usullarda ishlatish vositasi hisoblanadi.
Misol uchun urf-odatlarimiz keksa yoshdagi insonlarni qadrlashni nazarda tutadi. Avtobusda nogiron va keksa yoshdagilarga joy berish, guruhda yuqori lavozimni egallagan shaxsga nisbatan etiket yuzasidan hurmat bilan munosabatda bo‘lish va h.k. Demak, sotsial urf-odatlar deyilganida, guruh tomonidan qabul qilingan qadriyatlar tizimi tushunilib, ular individlarning ma'lum vaziyatlarda o‘zini qanday tutishlarini belgilovchi xulq-atvor namunalaridan tashkil topadi.
Urf-odatlarni bajarmaslik va ularga nisbatan hurmatsizlik bilan munosabatda bo‘lish holatlari guruhning birdamligiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Guruh uchun urf-odatlar orqali amalga oshirilayotgan xatti-harakatlar o‘ta qadrli bo‘lgani uchun u o‘z a'zolarini mazkur urf-odatlarga rioya qilishga majbur qiladi.
Agrar va kapitalistik munosabatlar qaror topmagan jamiyatlarda urf-odatlar hayot tarzining asosiy sotsial regulyatori, ya'ni nazoratchisi, boshqaruvchisi sanalgan. Ammo urf-odatlar guruh a'zolari ustidan sotsial nazoratni olib borish bilan birga guruhning birdamligini, avloddan-avlodaga sotsial va madaniy merosning o‘tishini ta'minlaydi. Urf-odatlar yoshlarning sotsializatsiyasida muhim o‘rin tutadi.
Urf-odatlar qatoriga diniy udumlar, fuqarolik bayramlari, ishlab chiqarishdagi ma'lum ko‘nikma, an'analar misol bo‘ladi. Bugungi kunda zamonaviy jamiyatlarda sotsial nazorat vazifasini asosan sotsial institutlar olib boradi. Sof holatda urf – odatlarni kundalik hayotimizda, ahloqda, fuqarolik burchlari va turli xil nisbiy qoidalarda uchratishimiz mumkin. Misol uchun yo‘l harakati qoidalari va h.k.
Urf-odatlar ular o‘rin olgan jamiyat va undagi ijtimoiy tizimdan kelib chiqqan holda progressiv va reaksion bo‘lishi mumkin. Progressiv urf-odatlar jamiyatni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, o‘z ichiga novatorlik yondashuvini qamrab oladi. Bunday urf-odatlar odatda rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlarda ko‘p uchraydi. Reaksion, ya'ni eskirgan urf-odatlar bilan rivojlangan mamlakatlarda muntazam kurash olib boriladi. Chunki ular jamiyat rivojini ortga suruvchi omil sifatida baholanadi. Eski urf-odatlarning o‘rniga yangi fuqarolik udumlari va odatlari muomalaga kiritiladi.
|
| |