Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»




Download 0,98 Mb.
bet32/108
Sana09.08.2024
Hajmi0,98 Mb.
#269317
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   108
Bog'liq
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»

Sotsial o‘zaro harakat – bir insonning boshqa insonga nisbatan amalga oshiriladigan harakatlar tizimi bo‘lib, uning natijasida harakat amalga oshirilgan inson harakatning egasiga nisbatan o‘z harakatini amalga oshirib, undan ham biror harakatni amalga oshirilishini kutadi. Buni individlarning ikki tomonlama bir-biriga qaratilgan va o‘zaro kutilgan harakatlar natijasi sifatida baholash mumkin. Sxema tarzida buni quyidagicha tasqirlash mumkin: A tomonidan Bga nisbatan biror harakat amalga oshiriladi, B kutilgan harakatni Aga nisbatan bajargach, A ham Bga nisbatan kutilgan harakat javobini amalga oshiradi. Sotsial haraktada kamitda ikki indivi, ikki guruh yoki bir individ va bir guruh ishtirok etishi kerak. O‘zaro harakatni harakatlar almashinuvi sifatida atash ham mumkin.
“Sotsial o‘zaro harakatlar” tushunchasi “shaxslararo aloqalar82” yoki “muloqot qilish” tushunchalaridan kengroqdir. Chunki sotsial o‘zaro harakatlarda shaxs jamiyatda mavjud bo‘lgan sotsial norma va qadriyatlarni anglab yetib, ular asosida real harakatni amalga oshiradi. Chiroqni o‘chirishni so‘rash kabi shaxslararo munosabatlar esa axborot almashish va unga nisbatan javob reaksiyasi sifatida baholanishi mumkin. Unda hyech qanday sotsial kontekst yo‘q.
Sotsial o‘zaro harakat ob'ektiv va sub'ektiv tomonlariga ega. Ob'ektiv jihatdan bu o‘zaro harakatlar insonlarga tegishli bo‘lsada, ma'lum jihatdan ulardan mustaqil bo‘ladi va tabiiy rivojlanish qonuniyatlariga bo‘ysunadi. Sub'ektiv jihatdan esa sotsial o‘zaro harakat individlarning o‘zaro kutishlari oqibatida amalga oshirilganligi uchun ular tomonidan anglangan va ma'lum ma'noda rejalashtirilgan bo‘ladi.
Shunday qilib, sotsial o‘zaro harakat qo‘yidagi elementlardan tashkil topadi:

  • Ma'lum harakatlarni amalga oshiruvchi individ yoki sotsial guruhlar;

  • Mazkur harakatlar natijasida jamiyatda sodir bo‘lgan o‘zgarishlar;

  • Jamiyat a'zolariga mazkur o‘zgarishlarning ta'siri;

  • Jamiyat a'zolari tomonidan javob reaksiyasining bildirilishi.

Sotsial o‘zaro harakatlar sotsial aloqalarga o‘xshab bevosita va bilvosita bo‘lishi mumkin. Undan tashqari sub'ektiv xohish asosidagi (bir tomonning shaxsiy ehtiyoji tufayli) hamda murakkab tizimlardagi birgalikdagi hamkorlik natijasida (iqtisodiy, siyosiy tizimlarda) yuzaga kelgan sotsial o‘zaro harakatlar mavjud. Ikkinchi holatda har ikki tomon o‘z xohishi asosida emas, balki tizimdagi vazifasi nuqtai nazaridan o‘z burchlarini bajaradi va o‘zaro harakat amalga oshiriladi. Bunda o‘zaro harakatning amalga oshirilishi majburiy va rejalashtirilgan xarakterga ega. Shu bilan bigalikda bunday holatda sotsial o‘zaro harakat amalga oshirilsada, ularni amlaga oshiruvchi tomonlar buni anglamasliklari ham mumkin. Misol uchun mudofaa vaziri harbiy harakatlarning boshlanishi to‘g‘risida e'lon qildi. U o‘zi bilgan va bilmagan barcha harbiylarga nisbatan ta'sir ko‘rsatdi.
Indivd tomonidan anglanganlik yoki anglanmaganlik holatga bog‘liq bo‘lmagan holda jamiyatda qadriyatlar asosida shakllanuvchi sotsial o‘zaro harakatlar mavjud.
Insonlar o‘rtasida vujudga keluvchi sotsial o‘zaro bog‘liqlik struktur-funksional va intensional bo‘lishi mumkin83.
Struktur-funksional bog‘liqlik A va B individ bitta struktura doirasid amal qilsa, sodir bo‘ladi. Bunda A va Bning harakatlari o‘zaro muvoffiq bo‘lishi lozim, aks s’holda srtukturadagi buzilishlarga sabab bo‘ladi.
Intensional bog‘liqlik – B o‘z xohishiga ko‘ra, Aning harakatlarini oldindan belgilab berishi tushuniladi. Bunda tashqi tomondan A birinchi bo‘lib harakatni boshlagan bo‘lsada, tagida Bning xohishi yotadi. Chunki Ada B uchun qadrli bo‘lgan biror qadriyat yoki xususiyat mavjud bo‘ladi. Intensional bog‘liqlik odatda jamiyatdagi ahloqiy normalar, an'analar va qadriyatlar tufayli vujudga keladi.
Sotsial harakat va sotsial o‘zaro harakat bir qarashda o‘xshash hodisalar bo‘lsada, sodir bo‘lishiga ko‘ra farqlanadi. Sotsial harakatda bitta individ ishtirok etsa, sotsial o‘zaro harakatda kamida ikkita individ ishtirok etishi lozim. Demak, sotsial o‘zaro harakat ikki tomonlama yo‘nalgan harakatlar almashinuvi jarayoni bo‘lib, ikki va undan ortiq individ o‘rtasida amalga oshadi. Sotsial o‘zaro harakatda harakatga javob harakatning borligi namoyon bo‘ladi. Sotsial harakatda esa individning harakati biror bir individga nisbatan yo‘nalgan yoki yo‘nalmagan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun sotsial o‘zaro harakatda harakatning biror bir individga (narsa-buyumga emas) yo‘nalganligi va javob reaksiyasi shartlari bajarilishi lozim.
Biz kundalik hayotimizda ko‘plab sotsial o‘zaro harakatlarni amalga oshiramiz. Misol uchun uchrashganimizda bir-birimiz bilan salomlashib, qo‘l siqishamiz, jamoat transportida yoshi keksalar, bolalar va ayollarga yo‘l beramiz. Bularning bari sotsial o‘zaro harakatning aktlari sanaladi. Ular alohida sotsial harakatlardan tarkib topadi. Ammo atrofdagi insonlar bilan birgalikda amalga oshirgan har qanday harakatimizni sotsial o‘zaro harakat deb atayolmaymiz. Avtomobil yo‘lovchini urib yuborish holati yo‘l hodisasi sanaladi. Ammo haydovchi va yo‘lovchi ikki yirik sotsial guruhlar vakillari sifatida mazkur hodisani o‘z manfaati va nuqtai nazari orqali izohlab, tortishishni boshlagach, u sotsial o‘zaro harakatga aylanadi. Haydovchining fikricha, yo‘llar avtomobil qatnovi uchun qurilgan va yo‘lovchilar uni istagan joyida kesib o‘tishlari mumkin emas. Yo‘lovchi esa o‘zini shaharning asosiy vakili sifatida bilib, shaharlar avtomobillar uchun emas, inson uchun qurilganini isbotlashga urinadi. Mazkur holatda haydovchi va yo‘lovchi o‘zlarining sotsial statuslarini namoyon qilishmoqda. Ma'lumki, har bir statusning o‘z huquq va burchlari doirasi mavjud. Haydovchi va yo‘lovchining rolini bajarayotgan bu ikki inson yoqtirish yoki yoqtirmaslik asosidagi shaxsiy munosabatlarga kirishayotgani yo‘q.Ular jamiyat tomonidan belgilangan o‘zlariga tegishli sotsial statuslar doirasidan chiqmagan holda sotsial munosabatlarga kirishishmoqda.
Demak, sotsial o‘zaro harakatlar sotsial harakat nomini olgan alohida aktlardan tashkil topib, status, rol, sotsial munosabatlar va belgilardan iborat.
Inson sotsial o‘zaro munosabatlarga ma'lum maqsadni ko‘zlab kirishadi. Misol uchun aldash, urushtirib qo‘yish, kimningdir nafsoniyatigategish, o‘ziga hayrixoh qilib olish va h.k. Mazkur maqsad sotsial aktning bajarilish strategiyasini belgilab beradi va u ma'lum ssenariy asosida bajarilganday tuyuladi. Masalan, boshliq, raqib, qo‘shni, turmush o‘rtog‘i bilan turli maqsadlar va ularga mos bo‘lgan sotsial o‘zaro harakatlarni bajaramiz. Ammo inson har bir aniq sotsial o‘zaro harakti uchun ssenariy yarata olmaydi. Chunki bunday harakatlar hayotimizda juda ko‘p bajariladi. Shunchaki, inson hamisha o‘z manfaatini ko‘zlaydi va o‘zi uchun qulay bo‘lgan yo‘lni tanlaydi.
Sotsial o‘zaro harakat tipologiyasi uni tashkil etuvchi sotsial harakatlar asosida uch turga ajratiladi:

  • Jismoniy harakat.Tarsaki tushirish, kitobni uzatish, qog‘ozga yozish va h.k.

  • Verbal yoki so‘z orqali harakat. Assalomu alaykum, deb salomlashish, haqorat qilish, so‘zda tashakkur bildirish va h.k.

  • Ishoralar harakat turi sifatida. Jilmayish, tabassum qilish, ko‘zni qisish, qo‘l bilan zo‘r qilib ko‘rsatish va h.k.

Yuqorida keltirilgan harakatlarning barchasiga inson tomonidan anglanganlik, ma'lum motivlarga asoslanganligi va o‘zga shaxsga yo‘naltirilganligi xususiyatlari xos bo‘ladi. Mazkur harakatlarning uchtasi tashqi, ya'ni tashqi olamda namoyon bo‘luvchi sotsial o‘zaro harakatlarga aylanishi va misol bo‘lishi mumkin.
Sotsial o‘zaro harakatlar natijasida sub'ektlar o‘rtasida sotsial munosabatlar vujudga keladi.


Download 0,98 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   108




Download 0,98 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»

Download 0,98 Mb.