• T.Parsons va jamiyat evolyusiyasi bosqichlari
  • Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»




    Download 0,98 Mb.
    bet28/108
    Sana09.08.2024
    Hajmi0,98 Mb.
    #269317
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   108
    Bog'liq
    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»

    5. Jamiyat taraqqiyoti
    Ijtimoiy rivojlanish – bu jamiyatdagi qator o‘zgarishlar yig‘indisi bo‘lib, ular yangi ijtimoiy munosabatlar, sotsial institutlar, norma va qadriyatlarning yaralishiga turtki bo‘ladi. Sotsial rivojlanishning uchta aniqlashtiruvchi xususiyati bor. Bular ortga qaytarilmaslik, yo‘nalganlik va qonunlarga bo‘ysunishi.

    • Ortga qaytarilmaslik – jamiyatda miqdoriy va sifatiy o‘zgarishlarning doimiy ravishda to‘planishi, jamlanishi jarayonidir.

    • Yo‘nalganlik – bu jamlanish sodir bo‘layotgan yo‘nalishlar.

    • Qonunlarga bo‘ysunishi – o‘zgarishlarni jamlashning zaruriy bo‘lgan jarayoni.

    Sotsial rivojlanishning muhim xususiyatlaridan biri u amalga oshayotgan vaqt oralig‘idir. Chunkit sotsial rivojlanishning muhim xususiyatlari faqat vaqt o‘tisho‘i bilan namoyon bo‘la aboshlaydi. Sotsial rivolanishning oqibati sifatida sotsial ob'ektning strukturasi va tashkilotida yangi sifatiy va miqdoriy o‘zgarishlar kuzatiladi. Sotsiologiya fanida jamiyat rivojini o‘rganish nuqtai nazaridan uchta yondashuv shakllangan:
    1. Jamiyatning rivojlanishi chiziqli-o‘suvchanlik xarakteriga ega. Unga ko‘ra, jamiyat o‘z rivojlanishi davomida qator bosqichlardan o‘tib, ularning har birida bilimlarni, aloqalarni, hayot uchun kerakli bo‘lgan ko‘nikmalarni o‘ziga xos jamlash va o‘zidan keyin qoldirish usullaridan foydalaniladi. Shunga ko‘ar har bir bosqichda jamiyat tizimi va strukturasining murakkablik darajasi ortib boradi. Mazkur yo‘nalishning tarafdorlari sifatida G.Spenser, E. Dyurkgeym, F.Tyonnis kabi olimlarni ko‘rsatish mumkin.
    2. Jamiyatning rivojlanishi sikl, ya'ni qaytariluvchanlik xususiyatiga ega. Mazkur nuqtai nazar tabiat va jamiyatdagi o‘xshashlikka asoslangan holda tabiatda yil fasllarining qaytarilishi kabi jarayonlarning doimiy ravishda qaytarilishi jamiyatning rivojlanish jarayonlariga qiyoslanadi. Har bir jamiyatda kuzatiladigan sivilizatsiyaning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va yakun topishi holati jamiyatdagi siklik jarayonlarning biriga sabab bo‘ladi. Mazkur yondashuvning tarafdorlari V.Pareto, O.Shpengler, O.Danilevskiy, L.Gumilev va boshqalar.
    3. Jamiyat rivojlanishining chiziqli bo‘lmagan ko‘rinishi. So‘nggi yillarda jamiyat rivojida kuzatilayotgan jarayon va hodisalar unda chiziqli bo‘lmagan yo‘nalishning ustuvorligini ko‘rsatmoqda. Olimlar tomonidan shunday “o‘zgarish nuqtasi”, ya'ni bifurkatsiya aniqlanib, undan so‘ng rivojlanish qay yo‘sinda borishini aniq aytish mushkul sanaladi. Sotsial rivojlanishning chiziqli bo‘lmagan ko‘rinishida bir hodisa yoki jarayonning keyingi rivojlanishi bir necha variantda amalga oshishi mumkinligi nazarda tutiladi. Bunda qaysi variantning amalga oshishi ko‘p hollarda sub'ektning tanloviga asoslanadi. Mazkur yo‘nalishning tarafdorlari S.L.Frank, M.Xetcher, D.Kollmen va boshqalar.
    O‘z tabiatiga ko‘ra sotsial rivojlanish evolyusion va revolyusion yo‘llarga ajratiladi. U yoki bu sotsial rivojlanishning tabiati unda kechuvchi sotsial o‘zgarishlarga bevosita bog‘liq. Evolyusion rivojlanish yo‘li deyilganida, jamiyatning barcha sohalri, ya'ni iqtisod, siyosat, ijtimoiy va boshqa sohalaridagi sekin-astalik va bosqichma-bosqich ko‘rinishda amalga oshuvchi sotsial o‘zgarishlar nazarda tutiladi. Evolyusion o‘zgarishlar odatda sotsial islohotlar ko‘rinishi amalga oshib, jamiyat hayotining turli jabhalarida amalga oshuvchi chora-tadbirlarni nazarda tutadi. Sotsial islohotlar jamiyat sotsial tizimining asosiga dahldor bo‘lmaydi va uni o‘zgartirishga qaratilmaydi. Odatda ular faqat sotsial tizimning ma'lum qismlari va strukturaviy elementlarini o‘zgartirish uchun amalga oshiriladi.
    Har bir jamiyatning evolyusiyasi o‘ziga hos ekanligini unutmaslik kerak. Chunki u jamiyatning an'analariga asoslangan bo‘ladi.
    Sotsial revolyusiya yoki inqilob deyilganida, jamiyatning har tomonlama, tez fursatda va tubdan o‘zgartirilishi nazarda tutiladi. Bunda jamiyat rivoji to‘lqinsimon ko‘rinishga ega bo‘lib, ma'lum bir sifatiy ko‘rinrishdan boshqasiga o‘tishni anglatadi.
    Sotsial revolyusiya har doim bir turdagi sotsial munosabatlarning zo‘ravonlik yo‘li bilan boshqa sotsial munosabatlarga o‘zgartirilishini nazarda tutadi. Ko‘p olimlar tomonidan sotsial revolyusiya anomaliya, ya'ni ttabiiy tarixiy rivojlanishdan og‘ish sifatida talqin qilinadi. Ammo boshqa turdagi olimlar evolyusion va revolyusion yo‘llarni sotsial rivojlanishning ajralmas va bir-birini almashtiruvchi jarayonlar sifatida tushunadi. Unga ko‘ra, jamiyat rivojlanishining evolyusion va revolyusion yo‘llarining o‘zaro munosabatlari va o‘rni davlat va davrning aniq-tarixiy sharoitlari asosida aniqlanadi.
    Sotsial rivojlanish jarayoni “sotsial taraqqiyot (progress)” tushunchasi bilan bevosita bog‘liq. Sotsial taraqqiyot – bu rivojlanishning o‘ziga xos yo‘nalishi bo‘lib, quyi, ya'ni oddiy jamiyatdan yuqori, ya'ni mukammaliga qarab rivojlanishini nazarda tutadi. Sotsiologiyada jarayonning taraqqiyot yo‘lidan borayotganini aniqlashda asosan ikki kriteriydan foydalaniladi72.
    1. mehnat samaradorligi va aholi iqtisodiy farovonligi darajasi;'
    2. shaxs erkinligi darajasi.
    Ammo zamonaviy sharoitda taraqqiyotning mazkur kriteriylari aniqlashtirilishi lozim. Ko‘p olimlarning fikricha, birinchi kriteriy ko‘rsatkiya sifatida o‘z mazmunini saqlab qolmoqda. Ikkinchisi esa o‘zining dolzarbligini yo‘qotgan. Chunki so‘nggi ma'lumotlarga qaraganda zamonaviy inson uchun ozodlikdan ko‘ra, jeamiyat oldidagi mas'uliyat hissi muhimroq sanaladi. Shuning uchun sotsial taraqqiyotning ikkinchi kriteriysi sifatida jamiyat a'zolarining ozodlik va erkinlarini ta'minlovchi ijtimoiy-siyosiy vositalarning rivojlanganlik darajasi ni ko‘rsatish mumkin.
    Undan tashqari jamiyat a'zolarining ma'naviy-ahloqiy o‘zgarishlarini (ijtimoiy ahloq darajasi) aks ettiruvchi kriteriyni qo‘shish ham maqsdaga muvoffiq. Mazkur kzrsatkichlardan tashqari sotsiologiyada sotsial taraqqiyot darajasi jamiyat a'zolarining savodxonligi, jamiyatdagi djiferensiatsiya va integratsiya, sotsial birdamlik turi va darajasi, ishlab chiqarish kuchlarining o‘sishi va insonni tabiatning stixiyali harakatlaridan himoyalanganligi kabilar asosida aniqlanadi.

    6. T.Parsons va jamiyat evolyusiyasi bosqichlari


    T.Parsons jamiyat strukturaviy o‘zgarishlarini tahlil qilish oqibatida neoevolyusionizm g‘oyasiga asos soldi. Unga ko‘ra, jamiyat evolyusion nuqta nazardan oddiy ko‘rinishdan murakkablik tomoni rivojlanib boradi. Bunda u uchta bosqichni boshdan kechiradi: primitiv (oddiy) bosqich, oraliq bosqich, zamonaviy bosqich.
    Olimning fikricha, jamiyat strukturasining murakkablashuvi jamiyat va uning tagtizimlarining barqarorligiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi.
    Primitiv jamiyatlarda differensiatsiya bo‘lmaydi, oraliq jamiyatlarda u o‘zini asta-sekinlik bilan namoyon qila boshlaydi va zamonaviy jamiyatlarda esa to‘laligicha qaror topadi. Parsonsning yozishicha, primitiv jamiyatidan oraliq jamiyatga o‘tish paytida madaniyatning ajralmas bo‘lagi sanalmish til va asosiy o‘rinni egallaydi. Oraliq jamiyatdan zamonaviy jamiyatga o‘tish paytida esa sotsietal struktura va huquq tizimiga tegishli bo‘lgan normativ tartib kodlarining institutlashuvi, ya'ni qonunlar muhim o‘ringa ega.
    Olim o‘z izlanishlarida jamiyat evolyusiyasiga alohida e'tibor qaratgan. Uning fikricha, jamiyat evolyusion rivojlanishi davomida, ya'ni bir bosqichdan boshqasiga o‘tishi barobarida o‘z boshidan qator revolyusiyalar ketma-ketligini kechiradi. Albatta bu yerda Parsons K.Marksdan farqli ravishda revolyusiyaga o‘zgacha ma'no bergan. Olim zamonavtiy jamiyatdagi uchta revolyusiya haqida gapiradi. Bular sanoat, demokratik va ta'lim inqiloblari.
    Shunga ko‘ra, sonoat inqilobi jamiyat iqtisodiy va siyosiy tizimlarini bir-biridan ajratadi. Demokratik inqilob siyosiy va ijtimoiy tizimlarni bir-biridan ajratadi. Ta'lim inqilobining maqsadi esa madaniya ishlab chiqarish tizimini ijtimoiy tizimdan ajratishdan iborat.
    T.Parsonsning zamonaviy jamiyatdagi evolyusiya va revolyusiya munosabatlari hamda ularning mutanosibligi muammosiga nisbatan yondashuvi ko‘pchilikning e'tiborini tortadi. Nazariy sotsiologiyada Parsons birinchilardan bo‘lib mazkur muammoni tadqiq qilgan sanaladi. U evolyusiya va revolyusiya o‘zaro munosabatlarining mexanizmlarini ochib berib, ularni qanday tadqiq qilish mumkinligini ko‘rsatgan73.
    T.Parsonsning fikricha, sanoat inqilobi, eng avvalo, fabrika ko‘rinishidagi ishlab chiqarish tizimining shakllanishi, bozor hamda kredit-moliyaviy munosabatlarining o‘rnatilishi bilan izohlanadi. Aynan shu jaryonlar tufayli sotsial strukturada bo‘linish sodir bo‘lib, yangi kasbiy rollar va millatlarning paydo bo‘lishiga turtki bo‘lgan. O‘z navbatida sanoat inqilobt demokratik inqilob uchun asos sanaladi.
    Demokratik inqilob tufayli jamiyatda insonlarning erkinligi ortib boradi, mansabdor shaxslar ustidan nazoratning demokratik shakli o‘rnatiladi, ya'ni saylov kabi shakllardan namoyon bo‘ladi. Fuqarolik jamiyatining shakllanishi hamda huquqiy davlatning o‘rnatildishi aynan demokratik inqilobning asosida amalga oshadi.
    Sanoat va demokratik inqilob oqibatida jamiyatda ta'lim inqilobi uchun ehtiyoj tug‘iladi. Ta'lim inqilobi asosida jamiyatning har bir a'zosi ta'lim olish uchun bir xil imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Parsonsning fikricha, mazkur inqilob tufayli jamiyatdagi tabaqalanishning asosini boylik va hokimiyat emas, balki bilim, qobiliyat va ma'lumotlilik darajasi belgilab beradi.
    Xronologik jihatdan olib qaraladigan bo‘lsa, sanoat inqilobi kapitalistik jamiyat rivojining boshlang‘ich bosqichida, ya'ni qaror topishi paytida amalga oshgan. Demokratik inqilob rivojlangan kapitalizm davriga to‘g‘ri keladi. Ta'lim inqilobi esa XX asrning ikkinchi yarmi uchun xarakterli sanaladi.
    T.Parsonsning mazkur nazariyasi, ya'ni strukturaviy funksionalizm paradigmasi bir necha bor o‘zining konservatizmida ayblangan. Qator olimlar tomonidan uning nazariyasida jamiyatdagi sotsial qarama-qarshiliklar va sotsial taraangliklar inobatga olinmaganligi ta'kidlangan. Ammo strukturaviy funrksionalizm paradigmasining mohiyati ham aynan mana shunda. Unda jamiyat rivojidagi ijtimoiy birdamlik hamda jamiyatdagi tartibga intilish g‘oyasi ustunlik qiladi.



    Download 0,98 Mb.
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   108




    Download 0,98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»

    Download 0,98 Mb.