|
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»
|
bet | 54/108 | Sana | 09.08.2024 | Hajmi | 0,98 Mb. | | #269317 |
Bog'liq Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»Oila instituti.Oila sotsiologiyasi — sotsiologiyaning asosiy yo‘nalishlaridan bo‘lib, bu fan oilani nikoh asosida tashkil topgan, jamiyat taraqqiyotida muhim ijtimoiy vazifalarni bajaruvchi sotsial institut sifatida uning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va mavjudlik qonuniyatlari, oilaning mohiyati va faoliyatining o‘zgarib borishi, nikoh va oila turlari evolyutsiyasini o‘rganish orqali tadqiq qiladi. Fanda oilaga quyidagicha ta’rif beriladi: «Oila – insonlarning tabiiy - biologik, nikoh, qon-qarindoshlik, iqtisodiy, huquqiy, ma’naviyat munosabatlariga asoslangan, turmush birligi va o‘zaro javobgarlik his-tuyg‘ulari orqali bog‘langan ijtimoiy guruhdir».
Oila sotsial institutlar orasida asosiylaridan biri sanalib, mikroinstitut sifatida namoyon bo‘ladi. U ayol va erkakning o‘z xohishiga ko‘ra amalga oshirilgan ittifoqi asosida tashkil topib, qon-qarindoshlik aloqalari va insonlar asosiy ehtiyojlarining qondirilishi bilan asoslanadi. Bunda insonning asosiy ehtiyoji sifatida birgalikda yashash istagi, reproduktiv ehtiyoj, iqtisodiy (yashash), bo‘sh vaqtni o‘tkazish ehtiyoji namoyon bo‘ladi.
Madaniyat sotsial instituti. Mazkur sotsial institut insoniyat tarixi davomida takomillashib, o‘zining normalarini mustahkamlab borgan. Har bir jamiyatning o‘z madaniyat normalari va shakllari mavjud. Odatda madaniyat insonning sotsializatsiya jarayonida o‘zlashtiriladi. Bunda atrof –muhitning o‘rni yuqori sanaladi. Oila, qo‘shnilar, do‘stlar muhim vazifalarni bajarishadi. Bugungi kunda kino va televidenie ham madaniyat institutining asosiy kanallaridan biriga aylanib bormoqda. Televidenie jamiyatda sodir bo‘layotgan voqyealarni yorituvchi va uzatuvchi asosiy vosita sanaladi. Kino esa ahloq normalari, insonlar o‘rtasidagi munosabatlar borasida asosiy axborotlarni yetkazish kanali sanaladi. Shu nuqtai nazardan televidenie va kino muhim siyosiy qurollardan biri, desa ham bo‘ladi. Chunki ular orqali jamoatchilik fikrini shakllantirish va yo‘naltirish mumkin. Shu o‘rinda ommaviy madaniyat ta'msiri va undan himoyalanish kabi masalalar dolzarb bo‘lib qolmoqda.
|
| |