• Din instituti.
  • Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»




    Download 0,98 Mb.
    bet53/108
    Sana09.08.2024
    Hajmi0,98 Mb.
    #269317
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   108
    Bog'liq
    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»

    Siyosiy institutlar. Jamiyatda siyosiy boshqaruv vazifasini davlat amalga oshiradi. Ko’pchilik olimlar tomonidan yaratilgan nazariyalarda aynana siyosiy va iqtisodiy institutlar jamiyat hayotida engb muhim vazifalarni bajaradi, deb ta’kidlangan.
    Siyosiy institutlar – davlat, partiyalar, kasaba uyushmalari va siyosiy hokimiyatning muayyan shaklini o‘rnatish va saqlab turishga yo‘naltirilgan siyosiy maqsadlarni ko‘zlovchi boshqa turdagi jamoat tashkilotlari. Ularning yig‘indisi ushbu jamiyatning siyosiy tizimini tashkil etadi. Siyosiy institutlar mafkuraviy qadriyatlarni takror ishlab chiqarishni va turg‘un saqlanishini ta'minlaydi, jamiyatdagi yetakchi ijtimoiy-sinfiy tuzilmalarni barqarorlashtiradi.
    Ularning hokimiyatga ega bo‘lish muammolarini qo‘yish va hal etish usullarini belgilovchi me'yorlar majmui quyidagilarda o’z aksini topadi: harakatlar dasturi; mafkura; islohot; tashkilot (partiya) va jamoatchilikning qo‘llab-quvvatlashi.
    Davlat jamiyatning makrosiyosiy instituti sanaladi. U ma'lum hududda yashovchi xalqning siyosiy statusini mustahkamlaydi, xalqning irodasi va umumxalq manfaatlarini ifodalaydi, xalqning ehtiyojlarini qondirish maqsadida bosh hokimiyatni amalga oshiradi. Davlatning ikki asosiy funksiyasi mavjud bo‘lib, ularning birinchisi, ijtimoiy sohaga oid ishlarni boshqarish, ikkinchisi esa norma va qoidalarni yaratish, ularning ijrosini nazorat qilish orqali xavfsizlikni ta'minlash.
    Din instituti. Ijtimoiy hayotning muhim jabhasi bo‘lgan din va diniy e'tiqod masalasi sotsiologiya fanining muhim ob'ektlaridan biri hisoblanadi. Sotsiologiya jamiyat hayotini o‘rganar ekan, shu hayotning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan va ayni paytda unga kuchli ta'sir o‘tkazuvchi omil – din doimo uning diqqat markazida bo‘lgan. Kont jamiyat taraqqiyotini davrlarga bo‘lar ekan, asosiy mezonlardan biri sifatida dinga murojaat qiladi. Uning fikricha, insoniyat o‘z rivojida uch bosqichni bosib o‘tadi. Bular quyidagilar: teologik, metofizik va ilmiy bosqichlar. Har uch bosqichda ham din muayyan rol o‘ynaydi. Din quyidagi o‘ziga xos belgilarga ega:
    1. Muayyan e'tiqod va ta'limotning mavjudligi. Har bir din dunyoni o‘z nazaricha izohlaydi va ishonuvchilarda muayyan e'tiqod shakllantiradi;
    2. Marosim va rasm-rusumlar. Har bir din o‘ziga xos marosim va rasm rusumlarga ega;
    3. Diniy marosim va rasm-rusumlarning muayyan qismi faqat belgilangan joylarda jamoa bo‘lib bajarilishi. Masalan, yahudiy va xristian dinida ibodatning asosiy qismi sinagogda va cherkovda bajariladi. Islom dinida erkaklar tomonidan o‘qiladigan namoz asosan jom'e masjidlarida o‘qiladi. Din sehrgarlikdan avvalo mana shu belgi bilan, ya'ni muayyan marosimlarni muayyan davrlarda bajarish bilan farqlanadi. Sehrgar va shomonlar g‘ayritabiiy harakatlarni individual holatda bajarsalar, dindorlar diniy marosim va ibodatlarni asosiy qismini jamoa bo‘lib bajaradilar. Sanab o‘tilgan belgilarning uchtasi ham dunyoviy dinlarning barchasida mavjud. Bu dinlar quyidagilar: iudaizm107, xristianlik108, islom109.
    Uch olamiy dindan tashqari buddaviylik110, induizm, kunfuchilik111 kabi dinlar ham ko‘p millionlik tarafdorlariga ega. Induizm eramizdan oldingi 4 ming yilliklarda shakllangan. Bu din tarafdorlari asosan Hindistonda yashaydilar. Bu din odamlarning kastalarga bo‘linishini ilohiy sabab bilan izohlaydi. Buddaviylik, kunfuchilik va daosizm dinlari uchun umumiy xususiyat shundaki, ularning tarafdorlari xudoni e'tirof etmaydilar.
    Masjid – islom dini asosida tashkil topgan makroinstitutlardan biri va diniy tavshkilot bo‘lib, ushbu dinga e'tiqod qiluvchilarni diniy amallar orqali birlashtiradi va ularga hayot mazmuni hamda to‘g‘ri yo‘lni topishga ko‘maklashadi. U quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:

    • Diniy psixoterapiya

    • Diniy – integrativ funksiya (yagona e'tiqod asosida irlashtiradi)

    • Diniy tarbiya

    • Diniy-kommunikativ


    Download 0,98 Mb.
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   108




    Download 0,98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»

    Download 0,98 Mb.