|
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»
|
bet | 77/108 | Sana | 09.08.2024 | Hajmi | 0,98 Mb. | | #269317 |
Bog'liq Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»Kontning uch bosqich qonuni va dinning jamiyatdagi roli. Sotsiologik jihatdan din turli mafkura va dogmalardan xoli ravishda dining funksiyalari, jamiyatdagi o‘rni jihatidan o‘rganilgan. O.Kontning (1798-1857) fikricha, sotsial hayotni tabiiy fanlarda qo‘llanilayotgan bilishning induktiv usullari vositasida o‘rganish lozim. Sotsiologiya shu usullar vositasida jamiyatda ideal tartib yo‘llarini ko‘rsatib berishi kerak edi. Kont o‘z izlanishlari davomida sotsial tartibning asosini nima tashkil etadi va bunda dinning sotsial roli qanday?, degan savolga javob berishga uringan. Kontning sotsial dinamikasi din tarixi asosida shakllangan tushunchalar asosida qurilgan jamiyat modelini nazarda tutadi. U jamiyatning taraqqiyoti jarayoni sifatida insonning hayoti kabi (bolalik, o‘smirlik, yetuklik) uch bosqichni qamrab oladi. Uch bosqich qonuni teologik, metofizik va pozitiv bosqichlardan iborat. Teologik bosqichda inson voqyealarning ichki mohiyati va kelib chiqish sabablarini aniqlashga intiladi. Bu bosqichda diniy qarashlar uchta tip bilan belgilangan: fetishizm, politeistik, monoteistik.
Metafizik bosqichda mavhum tushunchalarning o‘rni muhim bo‘lib, turli xudolar o‘rnini mavhum obrazlar egallaydi. Pozitiv bosqichda inson “tugal sabablar”ni emas, balki hodisalar o‘rtasidagi kuzatiladigan empirik aloqalarni bilishni istaydi. Bu davrda boshqaruv ilmli insonlarning qo‘liga o‘tadi.
Kontning mazkur ta'limotida din sotsiologiyasi uchun muhim sanalgan ikki holat mavjud: birinchidan, rivojlanishning birinchi teologik bosqi chida din jamiyatning ajralmas va muhim elementi sanalgan; ikkinchidan, rivojlanishning har bir bosqichi ma'lum sotsial struktura va hokimiyat munosabatlari bilan bog‘liq.
Teologik g‘oyalar ustunlik qilgan rivojlanishning birinchi bosqichi XIII asrgacha davom etgan va unda diniy rahnamolar va harbiylarning hukmronligi ustunlik qilgan. Metafizik bosqichda byurokratiya, yuristlar, ya'ni pozitivizm nuqtai nazaridan ishlab chiqarishdan uzoq bo‘lgan sinflar hukmronligi o‘rnatilgan.
Kontning fikricha, din deyaroli har doim jamiyatni birlashtrruvchi omil sifatida namoyon bo‘lgan. Ammo dindagi buzilish tufayli jamiyatdagi sotsial munosabatlarning tartibsizlanishi va uzilishi sodir bo‘ladi. Shuning uchun sotsial tizimni tutib turuvchi yangi asoslar kerak bo‘ladi.
X1Xasrda qaror topgan pozitiv bosqichda jamiyat hayotida fanning nufuzi ortadi va muhandislar, olimlarrning ahamiyati ortadi. Din inqirozga yuz tutugan paytda jamiyatning birlashishini ta'minlovchi asosiy omil sotsiologiya tomonidan ishlab chiqiladigan pozitiv ilmiy bilimning sintezidir. Ammo o‘z izlanishlari davomida O.Kont insonlar ongini ma'rifat orqali yuksaltirish asosida jamiyatdagi tartibni o‘rnatish mumkinligiga shubha bilan qaray boshlaydi va sotsial aloqalarning asosi sifatida “ikkinchi teologik sintez”ni amalga oshirishni ilgari suradi. U “pozitiv din” g‘oyasining o‘rnini insoniyatning yirik bir butun “Buyuk mavjudot” sifatidagi kultini taklif qiladi. Mazkur dinning diniy rahnamosi o‘rnini sotsial hayot mexanzmlarini mukammal biluvchi va shu asosda jamiyatni boshqara oladigan sotsiolog egallashi kerak edi.
Kont din sotsiologiyasini ilmiy jihatdan yaratmagan bo‘lsada, uning yaralishi uchun asosni shakllantirdi. Kontning fikricha, an'anaviy jamiyatlarda din sotsial strukturaning bir qismi bo‘lib, jamiyatda ma'lum, jumladan, ijobiy vazifalarni bajaradi.
G.Spenser (1820-1903) ning fikricha, ijtimoiy evolyusiyasi jamiyatning sanoatlashgan tipini hamda individualizm va utilitarizm tamoyillarini shakllantiradi. Utilitar individualizm nuqtai nazarida din jamiyat hayotining muhim regulyatori sanalmagan. Dindan ko‘rsa, bozor va siyosiy faoliyatning ta'siri muhimroq deb qabul qilingan. Angliyada mazkur davrda din madaniy odat sifatida talqin qilingan. Spenserning fikricha, din sotsiologiyasining asosiy vazifasi Angliya davlat cherkovi faoliyatining istiqbollarini o‘rganib, uning faoliyatidagi jamiyatda qaror topish nuqtai nazarilan omadli va omadsiz faoliyati borasida takliflar ishlab chiqishdan iborat bo‘lgan. Spenserga xos bo‘lgan mazkur yondashuvni sotsial reformator R.Tauni ham qo‘llab quvvatlagan. U M.Veberning protestantlik ahloqining kapitalizmning rivojlanishida asosiy sabab, degan fikriga qarshi chiqqan. Spenser Angliyada yangi diniy ta'limotning payg‘ambari sifatida qabul qilingan. U din xususiy tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirilishini ko‘rsatgan va fan orqali inson to‘g‘ri yo‘lni topa olishini isbotlagan. G.Spenser din jamiyat hayotidagi sotsial nazorat instrumenti ekanligini ta'kidlagan.
Din sotsiologiyasining asoschilari sifatida E. Dyurkgeym, K.Marks, M.Veber tan olingan. Din sotsiologiyasidagi asosiy yo‘nalishlar145:
Evolyusionizm yo‘nalishi (O.Kont, Spenser,Dyurkgeym, Zimmel)
Funksionalizm (A.R.Redkliff-Braun, B.Malinovskiy, T.Parsons, N.Luman, R.Merton)
Neoevolyusionizm (M.Veber, R.Bell)
Dinning konfliktologik nazariyasi (K.Marks va uning tarafdorlari)
|
| |