• Mish-mishlar
  • Stereotiplar va mish-mishlar




    Download 0,98 Mb.
    bet74/108
    Sana09.08.2024
    Hajmi0,98 Mb.
    #269317
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   108
    Bog'liq
    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»

    Stereotiplar va mish-mishlar

    Stereotiplar ommaviy kommunikatsiyaning oqibati sifatida. Sotsial stereotip – bu sotsial ob'ekt yoki holdisalarning jamoatchilik orasida keng tarqalgan va nisbatan o‘zgarmas, ya'ni mustahkam xususiyatga ega bo‘lgan obrazi. Stereotiplarning o‘zgarmaslik xususiyati jamiyatdagi an'anaviy qabul qilish va tafakkur qilish usullariga bevosita bog‘liq. Qabul qilish va tafakkur qilishning bunday usullari bir sotsial guruhlarning boshqalari ustidan hukmronligi va ustunligining garovi bo‘lishi mumkin. Stereotiplarning jamoatchilik fikrining shakllanishaiga o‘z ta'sirini ko‘rsatishi mumkin.
    Stereotiplarning ijobiy tomoni shundan iboratki, ular tahliliy mushohada kerak bo‘lmagan sharoitlarda ma'lum yo‘nalishda harakatlanish va vaziyatdan chiqish imkonini beradi.
    Stereotiplarning salbiy jihati esa ularning tahliliy mushohadaning o‘rnini bosib, ma'lum standartlashtirilgan xatti-harakatlarni bajarishni nazarda tutishidir. Bu holat milliy guruhlar o‘rtasidagi qarama-qarshilikka va yoqtirmaslik holatiga olib kelishi hamda boshqa salbiy oqibatlarga sabab bo‘lishi mumkin.
    Shaxslararo munosabatlarda rollar va shaxsiy xususiyatlarni baholash davomida insonlar odatda shakllangan etalonlar asosida fikr yuritishadi. Etalonlarning asosida insonlarning rolli, shaxsiy xususiyatlarining va tashqi ko‘rinishidagi o‘xshashliklarining o‘zaro bog‘liqligiga ishonch hissi yotadi. Kuzatilayotgan insonning tashqi ko‘rinishidagi xususiyatlari asosida etalondagi boshqa xususiyatlarni ham unga mos deb o‘ylaymiz. Sh ubilan birgalida ayti bo‘tish lozimki, insonlarni tsereotiplar nuqtai nazaridan baholash o‘ziga xos qator xatoliklarga sabab bo‘ladi.

    1. Proeksiya effekti – o‘zimiz yoqtirgan insonga nisbatan o‘zimizdagi ijobiy xususiyatlarni biriktirish va aksincha, o‘zimiz yoqtirmagan insonga o‘zimizdagi salbiy jihatlarni biriktirish. Boshqacha qilib aytganda o‘zimizda mavjud bo‘lgan salbiy va ijobiy xususiyatlarning boshqalarga simpatiya va antipatiya asosida biriktirish.

    2. O‘rtacha xatolik effekti – insonning nisbatan yorqin ifodalangan jihatlarini o‘rtacha darajadla ko‘rishga moyillik.

    3. Tartib effekti – qarama-qarshi fikrlar paydo bo‘lganida birinchi olingan ma'lumotning to‘g‘ri ekanligini yoqlashga moyillik. Uzoq yillar davomida tanish bo‘lgan insonlar bilan muloqot davomida esa ularning aytgan so‘nggi gapiga ko‘proq ishonish shaklida namoyon bo‘ladi.

    4. Oreol effekti – inson to‘g‘risidagi fikr uning bajargan xatti-harakati asosida shakllanadi. Oreol ijobiy yoki salbiy tusgaega bo‘lishi mumkin.

    5. Stereotipizatsiya effekti – insonga ma'lum sotsial guruhlarga xos bo‘lgan xususiyatlarning biriktirilishi. Misol uchun kasbiy xususiyatlar: o‘qituvchi, matematik, shifokor va h.k.

    Sotsial stereotip – ma'lum sotsial guruh vakillariga tegishli bo‘lgan xususiyatlar, ularning voqyea va hodisalardagi xatti-harakat normalari borasida shakllangan nisbatan o‘zgarmas fikrlar. Turli sotsial guruhlar o‘zaro harakatlari davomida bir-biriga nisbatan ma'lum fikrlarni – stereotiplarni shaklantiradi. Ular orasida etnik va milliy stereotiplar nisbatan keng tarqalgan sanaladi.
    Mish-mishlar noformal kommunikatsiya turi sifatida. Mish-mishlar – haqoqniyligi tasdiqlanmagan va og‘zaki tarzda insondan insonga o‘tuvchi ma'lumotlar bo‘lib, ma'lum faktga asolangan hisoblansada, bo‘rttirish va qo‘shimchalar qo‘shilishi hisobiga mazmunan mazkur faktdan ancha yiroqlashgan bo‘ladi.
    Mish-mishlar barcha jamiyatlarda tarqaladi va mavjud bo‘ladi. Ammo ommaviy jamiyatlarda u sotsial munosabatlarning yoqqol namoyon bo‘lgan shakli sanaladi.
    Mish-mishlar tarkibi, axborot miqdori va ehtiyojlar nuqtai nazaridan farqlanadi.
    Mish-mishlarni tarqatuvchi va ulardan vosita sifatida foydal anuvchilar odatda yuqori statusli guruhlar sanaladi.
    Mish-mishlarni tarqatish omillari143:

    1. Axborot ehtiyojini tug‘diruvchi muammoli vaziyat;

    2. Axborotlarning noaniqligi yoki axborot yetishmasligi;

    3. Individning jamiyatdagi muammolar yuzasidan xavotirlanishi.

    Mish-mishlar insonlarga individual, guruhiy va ommaviy darajada ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Individual darajada ta'sir ko‘rsatishi oqibatida muhitga moslashish yoki individning dezintegratsiyasi holati yuzaga kleishi mumkin. Guruhiy darajada mish-mishlar guruhni birlashtirishi yoki aksincha parchalagi mumkin. Ommaviy darajada jamoatchilik fikrini o‘zgartirishi va kollektiv xatti-harkatlarni boshqa yo‘sinda yo‘naltirishi mumkin.
    Mish-mishlar ta'sirining oqibatlarini deyarli barcha holatlarda oldindan bashorat qilib bo‘lmaydi. Chunki ularni boshqarishning iloji yo‘q. Mish-mishlarning oldini olish uchun o‘z vaqtida va tushunarli ochiq axborotlarni tarqatish lozim.

    Download 0,98 Mb.
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   108




    Download 0,98 Mb.