• Din sotsiologiyasining paydo bo‘lishidagi ilk nazariyalar
  • -mavzu. Din sotsiologiyasi




    Download 0,98 Mb.
    bet76/108
    Sana09.08.2024
    Hajmi0,98 Mb.
    #269317
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   108
    Bog'liq
    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»

    9-mavzu. Din sotsiologiyasi
    Reja:
    1. Din sotsiologiyasining paydo bo‘lishidagi ilk nazariyalar
    2. Din sotsiologiyasining predmeti va metodlari
    3. Din sotsiologiyasining vazifalari va diniy tashkilot turlari
    4. Sekulyarizatsiya sotsiomadaniy fenomen sifatida

    1. Din sotsiologiyasining paydo bo‘lishidagi ilk nazariyalar


    Din sotsiologiyasi XIX asrning o‘rtalaridan sotsiologiyaning mustaqil yo‘nalishi sifatida rivojlana boshladi. Uning rivojlanishi uchun yevropa jamiyatida ma'naviy uyg‘onish jarayonlari va antifeodal burjua inqiloblarining sodir bo‘lishi asos sanaladi. O‘n sakkizi nchi asr faylasuflarining feodal ijtimoiy munosabatlar va g‘arb jamiyatidagi cherkovning tanqidi dini sotsiologiyasining rivojlanishida asosiy sabablardan biri bo‘ldi.
    O‘rta asrlar yevropasi va yangi davrning boshlanishi ko‘plab diniy asosdagi mojarolarga to‘la bo‘ldi. Mazkur davrning qator mutafakkirlari, jumladan, Gobbs, Lokk, Yum din asosidagi nizolar va notinchliklar tufayli uning jamiyatni birlashtiruvchi, tinchlantiruvchi, kompensatorlik kabi xususiyatlari borasida shubha bilan qaraydigan bo‘lishgan. Gobbs xristianlik tarixida yuz bergan voqyea va hodisalarga tayangan holda o‘z asarlarida dinning jamiyat uchun xavf tug‘diruvchi xususiyatlarini yoritgan. Ba'zi olimlarr katolik cherkovini feodalizm tuzumining poydevori sifatida baholagan. Fransuz ma'rifatchilari Golbax va Didro jamiyatdagi dinning o‘rnini “tabiiy insonning” aqli va ahloqi egallashi kerak, degan g‘oyani ilgari surishgan. Faqat ayrim ma'rifatchilar tomonidan din jamiyatning normativ tizimini ushlab turuvchi sotsial institut sifatida juda muhim, degan fikrlarni bildirgan.
    Yuqorida keltirilgan barcha qarama-qarshi fikrlarning sababi yangi davr yevropasining hayotida din tinchlik va barqarorlik garovidan ko‘ra, baxs va sotsial konfliktlarning sababi bo‘lib qolganligida edi. Shuning uchun jamiyatda din uchun shunday joyni ajratish kerak ediki, u sotsial tartibga tahlil solmasligi, aksincha, uni o‘rnatishga ko‘maklashishi zarur bo‘lgan. Buning uchun jamiyatda dinga nisbatan diniy qarashlarrni shakllantirish lozim edi.
    Lokkningn fikricha, mazkur maqsadga faqat dinni davlatdan ajratish, ya'ni “xususiylashtrish” orqali amalga oshirish mumkin. Shu orqali din har bir shaxsning o‘z shaxsiy ishi va tanloviga aylanishi kerak bo‘lgna. Davlat o‘z navbatida fuqarolarning mulkini va mulkiy munosabatlarini himoya qilgan holda ularninrg e'tiqodi masalasiga aralashmaydi. Cherkov – bevosita insonning tanlovi va xohishiga ko‘ra birlashadigan tashkiloti bo‘lib, yaratguvchiga umumiy ishonch hissi asosida insonlarni birlashtiradi.
    J.J.Russo esa mazkur muammoning boshqacha yechimini ishlab chiqqan. U o‘zining “Ijtimoiy hamkorlik to‘g‘risida”144
    (1762) nomli asarida dinni jamiyatni birlashtiruvchi omil sifatida talqin qilgan. U shunday yozadi: “Har bir fuqaro o‘z burchlarini yaxshi ko‘rishi uchun davlat dindan foydalanadi va unga ehtiyoj sezadi”. Ammo Russo tarixiy jihatdan jamiyatda qaror topgan dinlarni nazarda tutmagan. U ma'lum “fuqarolik dini”ning yaratilishini nazarda tutgan. Uning nazarida fuqarolik dini o‘zining ijtimoiylik xususiyatidan kelib chiqib, fuqarolik burchlarining amalga oshishini ta'minlashi kerak bo‘lgan. Mazkur fuqarolik dinining dogmatlariga triada deizi xos bo‘lgan, ya'ni yaratguvchining mavjudligiga ishonch, abadiy hayot va ezgulikka ishonch, ijtimoiy hamkorlik va qonunlarning muqaddasligiga ishonch.
    Jamiyatda dinga bo‘lgan munosabatning o‘zgarishi, olimlarr tomonidan yangi dinning yaratilishi borasidagi fikrlar va dinning jdamiyatdagi o‘rnini shakllantirish talablari mavjud bo‘lgan diniy talablar, an'analarni qayta ko‘rib chiqish, din fenomenini o‘rganish va ilmiy asoslash ehtiyojini tug‘dirdi. Mazkur ehtiyoj asosida sotsiologiyada yangi yo‘nalish shakllanib o‘z rivojini boshladi.
    “Ma'rifatli inson” obrazi bogan sari yevropa ilmiy olamida ustunlikka ega bo‘la bordi. Unga ko‘rsa, inson o‘z aqli, ongiga va ilmga tayangan holda o‘z hayotini ratsional to‘g‘ri va adolatli asoslarga tayangan holda qurishi mumkin. Shu o‘rinda ongli ratsional insonning din va yaratguvchiga ishonchi masalasi o‘rtaga chiqdi. Natijada dinga nisbatan an'ana va urf-odatlardan xoli bo‘lgan ratsional qarash shakllana boshladi. Yangi davrda yevropa jamiyatida qator sotsial o‘zgarishlar dindagi talab va qoidalarni yangidan ko‘rib chiqish va sotsial muhimlik nuqtai nazaridan baholash imkonini berdi.
    I.Kant (1724-1804) yangi davrning faylasuf olimlarridan biri bo‘lib, dinni turli dogma va diniy-teologik nuqtai nazardan emas, balki din falsafasi va ratsionallik nuqtai nazaridan o‘rgangan. Uning fikricha, inson ongi cherkov doktrinalari va muqaddas yozma manbalariga qaraganda ishonchliroq va kuchliroq argumentlarni keltirib bera oladi. Ma'naviy yuksak inson o‘z aqliga tayangan holda yashashi kerak. Shu kabi dinni falsafiy talqin qiluvchi nazariyalar dinni rad etishni emas, balki uning ratsional mohiyatini ajratib olishni o‘zining asosiy maqsadi qilib olgan. Ratsional din ratsional davlat va huquqiy tartib bilan birgalikda insonning tolerant bo‘lishi, jamiyat bilan uyg‘unlikda yashashi, dindagi dogmatizm va fanatizmni yengib o‘tishi kerak bo‘lgan. Shuning asosida “ahloqiy din” tushunchasi shakllandi.
    G‘arbiy yevropa mamlakatlarining mazkur davrdagi rivojlanishi, ya'ni sotsial dinamikasi ijtimoiy institutlarning differensiatsiyasi jarayoni bilan birgalik kechdi. Undan tashqari jamiyatdda segmentatsiya va plyuralizmning o‘sishi kuzatildi. Natijada dinning iqtisod, oila, ta'lim, siyosat kabi sohalar bilan aloqasi masalalari dolzarblik kasb eta boshladi.
    XVIII asr fransuz inqilobi va XIX asrning 30-40yillarida sinflar o‘rtasidagi antoganizmning paydo bo‘lishi dinning sotsial vazifalari, jamiyatdagi o‘rni, jamiyat barqarorligini ta'minlashdagi roli kabi masalalarni o‘rganishga da'vat etdi. Dinning fan bilan muknosabtlari ham atroflicha o‘rganila boshladi. Chunki fan jamiyat rivojlanishining asosiy omillaridan biri edi. Fan va din o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar X1Xasrning o‘rtalarida o‘zining eng baland nuqtasiga yetdi. Bunda Darvinning evolyusion nazariyasi asos bo‘ldi.
    Radikal tanqidchilar sanalgan Feyerbax va Marks dinning taraqqiyot yo‘lidagi to‘siq, tormoz sifatida baholagan. Dinning tarafdorlari esa uni jamiyatning kuchini qaytadan tiklovchi omil sifatida baholashgan.

    Download 0,98 Mb.
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   108




    Download 0,98 Mb.