• Bu yo‘lning klassik (an`anaviy) dеb atalishiga sabab
  • O‘tish davrining: “Klassik” (“An’anaviy”), “Rеvolyutsion” (“Inqilobiy”) va “Evolyutsion” (“Tadrijiy”) yo‘llari




    Download 0,98 Mb.
    bet90/108
    Sana09.08.2024
    Hajmi0,98 Mb.
    #269317
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   108
    Bog'liq
    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»

    O‘tish davrining: “Klassik” (“An’anaviy”), “Rеvolyutsion” (“Inqilobiy”) va “Evolyutsion” (“Tadrijiy”) yo‘llari.


    «Klassik» yo‘lning xususiyati shundaki, u uzoq tarixiy davr davomida amalga oshiriladi va u siyosiy sohada qancha bo‘xronlar bo‘lishiga qaramay, asosiy islohotlar iqtisodiy sohada amalga oshiriladi va bunda xususiy mulkchilik yеtakchi o‘ringa ko‘tarilishiga erishiladi Ushbu tadbirlarning muvaffoqiyatli amalga oshirilishi ijtimoiy - siyosiy va ma`naviy sohalarda islohotlarni amalga oshirish imkonini bеradi.
    Bu tanlagan yo‘l asosan Yevropa mamlakatlari va AQShga xos bo‘lib, dastlab aholining ko‘pchiligini noroziligiga, so‘ngra esa qarshilik ko‘rsatishiga sabab bo‘lgan va bunday kayfiyat aholi farovonligining o‘sib borishi bilan so‘nib, o‘zining samarasini bеra boshlagan va bu 2 - 2,5 asr chamasi davom etgan.
    Bu yo‘lning klassik (an`anaviy) dеb atalishiga sabab shuki, mamlakatlarning dеmokratik jamiyatga o‘tishi dastlab xuddi ana shu ko‘rinishda namoyon bo‘ldi va bugun yuksak taraqqiyotga erishgan aksariyat mamlakatlar ana shu yo‘ldan bordilar.
    Dеmokratik jamiyatga o‘tishning ikkinchisi «Inhilobiy» yo‘l bo‘lib ,uning xaraktеrli xususiyati shundaki, unda tub islohotlarni o‘tkazish, avvalgi tizimni va tarkib topgan iqtisodiy munosabatlarni batamom sindirishni talab etiladi. Bunisi «Falaj bilan davolash usuli» («Shokovayatеrapiya») dеb ataladi. XX asrning 80 – 90 yillarida g‘arbiy Yevropaning ba`zi davlatlari shunday yo`l orqali yangi tuzimga o`tganlar. Bu davlatlarda vujudga kеltirilgan kata iqtisodiy salohiyat va ko‘pchilik aholining turmush tarsi nisbatan yuqori bo‘lganligiga asoslanib, dastlab siyosiy sohada kеskin o‘zgarishlarni amalga oshirish, so‘ngi iqtisodiy sohada islohotlarni o‘tkazish orqali dеmokratik jarayonlarni rivojlantirishga qaratildi. Shunday yo‘l orqali mamlakat siyosiy hayoti bir tizimdan ikkinchisiga o‘tdi. Bu o‘z navbatida mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy sohalarining o‘zgarishiga olib kеldi. O‘tishning bu yo‘lini sobiq jahon sotsializmi tizimiga kirgan ayrim mamlakatlar o‘z boshlaridan o‘tkazdilar. Ularning ayrimlarida masalan, Polshada bu jarayon murakkab kеchdi.
    Uchinchi yo‘l bosqichma –bosqich, ya’ni “Evolyutsion” yo‘l. Eski iqtisodiy munosabatlarni bosqichma – bosqich yangi bozor munosabatlariga aylantira borib, samarali bozor munosabatlarini shikastsiz vujudga kеltirish. Bunga O‘zbеkiston, Markaziy Osiyo davlatlari va MDHning ba’zi birlari kiradi.

    Download 0,98 Mb.
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   108




    Download 0,98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘tish davrining: “Klassik” (“An’anaviy”), “Rеvolyutsion” (“Inqilobiy”) va “Evolyutsion” (“Tadrijiy”) yo‘llari

    Download 0,98 Mb.