Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti xalqaro turizm fakulteti sifatni boshqarish fanidan




Download 199.9 Kb.
bet1/3
Sana23.03.2023
Hajmi199.9 Kb.
#46216
  1   2   3
Bog'liq
DAROMADLARNI BOSHQARISH BO\'YICHA XALQARO HISOBOT STANDARTLARI
“FIZIKA ” FANIDAN TA’LIM TEXNOLOGIYASI, ozbekiston tarixi fanidan test, 2-Search Engines (1)



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
XALQARO TURIZM FAKULTETI
SIFATNI BOSHQARISH FANIDAN
1 – MUSTAQIL ISHI





Bajardi: Nurmatova Munira
Guruh: TL-81
TOSHKENT-2023


MAVZU: DAROMADLARNI BOSHQARISH BO'YICHA XALQARO HISOBOT STANDARTLARI
Nurmatova Munira Taxirovna
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti
3-kurs TL-81
Email: muniran28@icloud.com
Phone: +998338888038


KIRISH
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o„sishning yuqori sur’atlarini saqlab qolish, jumladan, milliy valyuta va ichki bozordagi narx
darajasining barqaror bo„lishini ta‟minlash - eng muhim ustivor vazifamizdir”
Shuningdek, xo’jalik subyektlarini yanada rivojlantirish masalalari 2017-2021- yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor yo„nalishlarda ham alohida belgilab berilgan. Mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investistiyalarni to’g’ridan-to’g’ri jalb etilishi, erkin iqtisodiy zonalarning tashkil etilishi va faoliyat yuritishi buxgalteriya hisobini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida tashkil qilishni zarurat qilib qo’ymoqda. Hozirgi vaqtda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari xo’jalik subyektlar tomonidan tashqi foydalanuvchilar ehtiyojlarini qondirishga yo’naltirilgan buxgalteriya axborotini tayyorlashda tobora keng foydalanilmoqda. Bu holat axborotni sifatini oshirish, kapital qiymatini pasaytirish, kapital bozoriga kirishni osonlashtirish kabi bir qator sabablar bilan izohlanadi. Ma’lumki, moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlarini bilmasdan turib ushbu standartlarga o’tib bo’lmaydi. Respublika iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlari va sohalarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida 4200 dan ko’proq qo’shma korxonalar tashkil qilingan. Bu korxonalardan 850 dan ortig’i Rossiya Federatsiyasiga, 396 tasi Buyuk Britaniya, 242 tasi AQSh, 159 tasi Qozog’iston, 114 tasi Germaniya va boshqa mamlakatlar investistiyalar ishtirokidagi korxonalar hissasiga to’g’ri keladi. Shuningdek, erkin iqtisodiy zonalar xajmi ham ortib bormoqda. Tabiiyki, bunday sharoitda buxgalteriya hisobini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) asosida tashkil etish va yuritishni talab qiladi. Zamonaviy buxgalter va har bir rahbar xodim tomonidan bank yoki kompaniyani rivojlanishi va moliyaviy barqarorligini ta’minlashida duch kelinayotgan iqtisodiy muammolarni hal qilishda o’z buxgalterlariga ishonch hosil qilgani holda, ularni yuqori malakasi va ish tajribalari xalqaro amaliyot, ya‟ni moliyaviy hisobotning halqaro standartlari (MHXS)ga tayanib eng yaqin yordamchi deb qarashi zarur. Bu esa respublikamiz iqtisodiyoti yanada rivojlanishining muhim omillaridan biriga aylanadi.
Shuningdek, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining ko’lami, tarmoq xususiyatlari va yo’nalishlarini inobatga olgan holda namunaviy tashkiliy-tuzilmani joriy qilish, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining ochiqligini oshirish, ular tomonidan xalqaro standartlar asosida audit va moliyaviy hisobot axborotini nashr qilish. Alohida ta’kidlab o’tish joizki, 2015-2018-yillarda barcha aksiyadorlik jamiyatlari yillik moliyaviy hisobotni nashr etishi va Xalqaro audit standartlari hamda Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga muvofiq tashqi audit o’tkazishni ma’lumot uchun qabul qilish, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi aksiyadorlik jamiyatlarining yillik moliyaviy hisobotini xalqaro standartlarga muvofiq nashr etish jadvalini tasdiqlash” vazifalari belgilab berildi.
O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BHMS)ning talablari ko’plab pozitsiyalari bo’yicha MHXS talablariga juda yaqinlashtirilgan bo’lsa-da, lekin boshqa, ba’zan esa asosiy pozitsiyalar bo’yicha farqlar hamon saqlanib qolmoqda. Eng muhimi shuki, faoliyat yuritayotgan xo’jalik yurtituvchi subyektlarning katta qismida mavjud bo’lgan asosiy vositalar, zaxiralar, nomoddiy aktivlar kabi obyektlarni hisobga olishga nisbatan yondashuvlardagi farqlar saqlanib turibdi. O’z navbatida, transformatsiya tartibotlarini o’tkazish chog’ida aksariyat amaliyotchi buxgalterlar aynan ushbu aktivlarni qayta hisoblashiga to’g’ri keladi

Download 199.9 Kb.
  1   2   3




Download 199.9 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti xalqaro turizm fakulteti sifatni boshqarish fanidan

Download 199.9 Kb.