MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARI BO’YICHA QO’MITA (MHXSQ)NING MAQSADI VA UNING TAVSIFI




Download 199.9 Kb.
bet2/3
Sana23.03.2023
Hajmi199.9 Kb.
#46216
1   2   3
Bog'liq
DAROMADLARNI BOSHQARISH BO\'YICHA XALQARO HISOBOT STANDARTLARI
“FIZIKA ” FANIDAN TA’LIM TEXNOLOGIYASI, ozbekiston tarixi fanidan test, 2-Search Engines (1)
MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARI BO’YICHA QO’MITA (MHXSQ)NING MAQSADI VA UNING TAVSIFI

Bugungi kunda, buxgalteriya hisobining xalqaro standarti sifatida ikkita etalon: Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari – MHXS (International Financial Reporting Standards – IFRS) hamda AQShning Buxgalteriya hisobining umumqabul qilingan qoidalari – BHUQ (Generally Accepted Accounting Principles – GAAP) tan olingan. Jahon fond bozorlarida listingdan o„tish uchun taqdim qilinadigan moliyaviy hisobot aynan shu ikki standart talablari asosida tayyorlanadi va taqdim etiladi. Bunda shuni e‟tiborga olish lozimki, AQSh fond bozori listingiga kirish uchun GAAP (BHUQ) talablari, qolgan fond birjalari uchun esa MHXS talablari asosida moliyaviy hisobot taqdim etiladi. To’g’ri, AQShning Buxgalteriya hisobining umumqabul qilingan qoidalarida “standart” so„zi mavjud emas. Lekin yuqoridagi standartlarga berilgan ta‟riflarga muvofiq, GAAPni buxgalteriya hisobining xalqaro standarti sifatida qarashimiz mumkin. Ko„pgina xorijiy olimlar tomonidan ham GAAP xalqaro standart sifatida tan olinadi.


Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti hisoblangan GAAP yaratilishida Ingliz-sakson buxgalteriya hisobi qoidalari katta manba bo’lib xizmat qilgan. Shu bilan birga, uning nazariy asoslarini ishlab chiqishda mamlakatning, nafaqat buxgalteriya hisobi bilan bevosita shug’ullanuvchi olimlari, balki barcha iqtisodiy yo’nalishda faoliyat yurituvchi mashhur olimlar o’z hissalarini qo’shishgan. Lekin GAAPning rivojlanishida qanchalik ko„p omillar o’z izini qoldirmasin, u pozitivizm ta’siri doirasida shakllandi (pozitivizm-fanning rolini faktlar va hodisalarni yozib borishdangina iborat deb cheklab qo’yadi, ularning mohiyatini tushuntirib berishdan bosh tortadi, u asosan amaliyot va tajribaga tayanadi). Ishonch bilan aytish mumkinki, GAAP AQSh iqtisodiyotining ellik yillik amaliy tajribasining mevasidir. Amaldagi GAAP Amerika moliyaviy hisobi standartlari bo’yicha Kengash - FASB tomonidan ishlab chiqilmoqda. Unda 7 nafar ekspert faoliyat yuritadi. Shu bilan birga, GAAPni ishlab chiqish va qabul qilishda Amerika qimmatli qog’ozlar va birjalar bo„yicha Komissiyasi (SEC) katta ta’sir ko’rsatadi. Bundan tashqari, ushbu jarayonlarda Amerika ijtimoiy diplomli buxgalterlar instituti - AICPA, Amerika buxgalterlar assotsiatsiyasi – AAA va Davlat tashkilotlari hisobi uchun standartlar Boshqarmasi - GASB ham faol ishtirok etishadi. GAAP jahonning boshqa mamlakatlari buxgalteriya hisobi standartlariga qanchalik sezilarli ta’sir ko’rsatmasin, u barcha mamlakatlarni qamrab ololmaydi. U, asosan AQSh fond bozori listingiga kiradigan mamlakatlar uchun talab belgilaydi. Tabiiyki, bunday sharoitda, dunyoning boshqa mamlakatlari uchun buxgalteriya hisobining yangi xalqaro standartlari yaratish zarurati tug’iladi. Ana shunday omillar ta’siri ostida, hozirda Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari qo’mitasi (MHXSQ) deb nomlangan Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari qo’mitasiga (BHXSQ) asos solindi. Ushbu qo„mitalar tomonidan Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari (BHXS) va Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) ishlab chiqilgan. O„quvchi to„liq tasavvurga ega bo’lishi uchun, biz BHXSQ va MHXSQning faoliyati to’g’risida batafsilroq ma’lumotlar beramiz.
– 1973-yilning 29-iyunida 10 ta yirik mamlakatning (Avstraliya, Kanada,
Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Meksika, Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Irlandiya va Amerika Qo„shma Shtatlari) buxgalter va auditorlar uyushmasi tomonidan BHXSQga asos solindi.
– 1975-yilda ilk standartlar hisoblangan 1-BHXS (1975-y.) “Hisob siyosati
yoritilishi” va 2-BHXS (1975-y.) “Tovar-moddiy zaxiralarni tarixiy qiymat bo’yicha hisob tizimi doirasida baholanishi va taqdim etilishi”ning yakuniy variantlari chop etilgan.
– 1989-yilda Yevropa buxgalterlar federatsiyasi (EBF) buxgalteriya standartlarining xalqaro uyg„unlashuvini va BHXSQ faoliyatida Yevropa mamlakatlarining yanada faol qatnashishini qo„llab-quvvatlaydi. Yevropa buxgalterlar federatsiyasi Kengashi (IFAS) davlat sektori korxonalari uchun davlat tijorat korxonalari tomonidan moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda BHXSdan foydalanish majburiyatini yuklaydigan ko’rsatmalarni tasdiqlaydi.
– 1994-yilda BHXSQni nazorat qilish va moliyalashtirish masalalari bilan shug’ullanuvchi Maslahat Kengashiga asos solindi.
– 1995-yilda Yevropa Komissiyasi (EK) BHXSQ va QQKXT (Qimmatli qog’ozlar bo’yicha komissiyalarning xalqaro tashkiloti) o’rtasidagi asosiy standartlarni ishlab chiqishni yakunlash to’g’risidagi bitimni qo’llab-quvvatlaydi hamda Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga BHXSni qo„llash majburiyatini yuklaydi.
– 1996-yilda Qimmatli qog’ozlar va AQSh birjalari bo’yicha komissiyasi qimmatli qog’ozlarni xalqaro bozorlarda joylashtirish maqsadida moliyaviy hisobotni tayyorlashga doir standartlarni tezkor ishlab chiqish borasidagi BHXSQning tashabbusini qo„llab-quvvatlaydi.
– 1998-yilda “Katta yettilik” mamlakatlarining Moliya vazirlari va Xalqaro valyuta fondi (XVF) “Xalqaro moliyaviy arxitekturani mustahkamlash” maqsadida BHXSni qo„llab-quvvatlashga chorlaydi.
– 2000-yilda QQKXT o„z a‟zolariga transmilliy kompaniyalar tomonidan qimmatli qog„ozlarni xalqaro fond bozorlariga joylashtirilishida BHXSQ standartlaridan foydalanishga ruxsat berishni tavsiya etadi.
– 2000-yilda BHXSQ a‟zolari bo„lgan tashkilotlar BHXSQni qayta tashkil etish va uning yangi nizomini tasdiqlaydi.
– 2001-yilda MHXSQ tarkibi va qo’mitaning yangi nomi e’lon qilinadi. BHXSQ Fondi tashkil etiladi. 2001-yil 1-aprelda MHXSQ BHXSQdan standartlarni chop etish va qabul qilish mas’uliyatini qabul qilib oladi. MHXSQ amaldagi BHXS va Sharhlash bo’yicha doimiy qo’mitani (ShDQ) tasdiqlaydi.
– 2002-yilda Yevropa Ittifoqi tomonidan Yevropa Fond birjasida muomalada bo’lgan kompaniyalar aktsiyalari uchun 2005-yildan boshlab MHXSni qo’llash majburiyati belgilandi.
– 2002-yilda MHXSQ va Amerika moliyaviy hisobi standartlari bo’yicha
kengash - FASB o’rtasida konvergensiya (birlashtirish) to’g’risida bitim imzolandi.
– 2004-yildan boshlab, MHXSQ majlislari Internet orqali uzatilmoqda.
– 2004-yilda MHXSlarning yakuniy variantlari va ShDQning birinchi loyihasi chop etilgan.
– 2005-yilda MHXS va Amerika moliyaviy hisobi standartlari o’rtasidagi farqlarni tushuntirish bo’yicha belgilangan talablarni bekor qilish to’g’risida SECning Harakat rejasi qabul qilingan.
– 2008-yilda QQKXT moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda MHXSQ tomonidan qabul qilingan standartlarga qat‟iy rioya qilish to„g„risida ko„rsatma berdi.
– 2008-yilda MHXSQ va FASB 2014-yilda ko„pgina mamlakatlar, shu jumladan, AQSh ham MHXSni qabul qilish munosabati bilan konvergensiya bo’yicha qo’shma loyihalarni tezlashtirishga qaror qildi.
– 2008-yilda Amerika ijtimoiy diplomli buxgalterlar instituti – AICPA, o’z
“Axloq kodeksi”da MHXSKni buxgalteriya standartlarini belgilovchi tashkilot sifatida tan oldi.
– 2009-yilda MHXSK davlatlar va davlatlararo tashkilotlar vakillaridan iborat Kuzatuv kengashini ta’sis etdi.
– 2010-yilda Vasiylar ikkinchi marta Nizomni qayta ko’rib chiqdilar. Oldingi BHXSQ Fondi nomi MHXSQ Fondi nomiga o’zgartirildi.

Bundan tashqari, o’tkazilgan islohotlardan so’ng, Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari qo’mitasining tarkibiga MHXS Fondi va MHXS Kengashi (keyingi matnda Kengash) kiritildi. Bundan tashqari, uning tarkibida Standartlar bo„yicha maslahat kengashi (IFRS Advisory Council), Standartlar bo’yicha Sharh berish bo’yicha qo’mita (IFRIC, IFRS) hamda MHXSni joriy etish bo’yicha tezkor xizmat faoliyat yuritadi. Yangi tashkil topgan MHXS qo„mitasining tarkibiy tuzilishi


O’tkazilgan islohotlardan so’ng standartlar Kengash tomonidan ishlab chiqiladi va qabul qilinadi. Bugungi kunga qadar Kengash tomonidan 13 ta yangi standart (International Financial Reporting Standards – IFRS) ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilmoqda.

Bundan tashqari, Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlarini yaratish o’ta muhim va murakkab vazifa hisoblangani sababli quyidagi besh nufuzli xalqaro tashkilot ham uning faoliyatida faol ishtirok etmoqda.


1. Birlashgan Millatlar Tashkiloti (UNO) qoshidagi xalqaro hisob va hisobot standartlari bo„yicha “Hukumatlararo ekspertlar guruhi”.
2. Iqtisodiy hamkorlik rivojlanish tashkiloti (OECD).
3. Yevropa Ittifoqi - European Union (EU).
4. Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi - International Federation of Accountants (IFAC).
5. Qimmatli qog„ozlar va birjalar bo„yicha Komissiya xalqaro tashkiloti (IOSCO).
2012-yildan boshlab Vasiylar jahonning barcha mamlakatlari vakillarini qamrab olish maqsadida Yevropa, Shimoliy Amerika, Osiyo/Okeaniya va boshqa barcha qolgan dunyo regionlariga bo„lingan holda faoliyat yuritishmoqda. Yuqoridagi dalillarga asosan aytishimiz mumkinki, 2001-yildagi Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari qo’mitasida o’tkazilgan islohotlar natijasida BHXSning nomi MHXSga o„zgartirildi. Shunga mos ravishda qo’mitaning nomi ham o’zgargan. Bu esa, ayrim iqtisodchi olimlarimiz tomonidan BHXS va MHXSlarni alohida standartlar sifatida xato talqin qilinishiga sabab bo„lmoqda. BHXS va MHXS yagona standartlar bo’lib, bugungi kunda ular – quyidagilardan iborat:
a) Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari;
b) Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari;
d) MHXSlarni sharxlash bo’yicha qo’mita (MHXSShQ) tomonidan chiqarilgan sharhlar;
e) Sharhlash bo’yicha doimiy qo„mita (ShDQ) tomonidan chiqarilgan sharhlar. Bu yerda yana shuni ta‟kidlash lozimki, Moliyaviy hisobotning konseptual asosi standart hisoblanmaydi. Konseptual asos moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim qilish asoslarini tashkil qiluvchi qoidalarni belgilaydi, ya’ni: - Kengashga yangi standartlarni ishlab chiqish va amaldagi standartlarni qayta ko„rib chiqishda yordam beradi; - buxgalteriya hisobi bo’yicha muqobil yondashuvlarni kamaytirish va ularni uyg’unlashtirish uchun asoslar bilan ta’minlaydi; 12 - auditorlarga moliyaviy hisobotning MHXSga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi to’g’risidagi xulosani shakllantirishda yordam beradi; - moliyaviy hisobot tayyorlovchi xo’jalik subyektlariga MHXSni qo’llashda yordam beradi.


XULOSA

Fikrimizcha, MHXSQda amalga oshirilgan islohotlardan yana bir maqsad, shakl bilan mazmunni moslashtirishdan iborat bo„lgan. Ma’lumki, buxgalteriya hisobi hisob davri bilan bog’liq barcha jarayonlar, ya’ni buxgalteriya hisobiga oid ma’lumotlarni dastlabki tan olish, zarur hollada ularni birlamchi hujjatlarda rasmiylashtirish, ma’lumotlarni hisobvaraqlar va hisob reestrlarida qayd etish va moliyaviy hisobot tayyorlash bosqichlarini qamrab oladi. Albatta, foydalanuvchiga moliyaviy hisobot taqdim etildi. Shu bois, MHXSQ asosan, moliyaviy hisobotga nisbatan talablar belgilaydi. Lekin bundan standartlar birlamchi hujjatlar, hisobvaraqlar va hisob reestrlarini inkor qiladi deb xulosa qilish noto’g’ri. Masalan, transformatsiya usulida milliy hisobotni MHXSga o„girishda hisobvaraqlarda yig’ilgan ma’lumotlardan foydalanishning o’zi ham yuqorida aytilgan fikrni tasdiqlaydi. Birlamchi hujjatlardagi ma’lumotlarsiz, nafaqat moliyaviy hisobot, balki oddiy hisobchilikka asoslangan hisobotlarni ham tuzish mumkin emas. Hozirda MHXS – buxgalteriya hisobining xalqaro etaloni hisoblanadi, Xalqaro kapital bozorining o’zaro bog’liqligini inobatga olgan holda Moliyaviy Barqarorlik Forumi (Financial Stability Forum) tomonidan MHXS global iqtisodiyotning barqaror faoliyat yuritishi uchun zarur 12 ta global standartning biri sifatida tan olindi. Shu sababli, MHXSni qabul qilayotgan mamlakatlar kundan-kunga kopayib, u 150 dan ortiq kasbiy uyushmalarni qamrab oldi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi “2011-2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida”gi PQ1438-sonli qaroriga muvofiq, bank-moliya tizimi buxgalteriya hisobi va hisobotini to’liq MHXSga moslashtirish ishlari olib borilmoqda


Iqtisodiy adabiyotlarda “Buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari” va “Moliyaviy hisobot xalqaro standartlari” kabi atamalar yoki shu nomdagi mavzularda ilmiy maqolalar berilmoqda. Ayrim olimlar ularni aynan bir xil standartlar deb baholasa, ayrimlari esa ularni o’zaro farq qiluvchi turli standartlar, deb talqin qiladilar. Qolaversa, ularning mohiyati to’g’risida ham turlicha fikrlar mavjud.
Standart inglizcha so’z bo’lib, o’zbek tilida me’yor, namuna yoki o’lcham ma’nosini anglatadi. Shuningdek, u o’xshash obyektlarni taqqoslash uchun asos hisoblangan etalon sifatida ham e’tirof etiladi. Standart so’zining huquqiy ma’nosi esa, ma’lum obyektga nisbatan qo’llanuvchi me’yor, qoida va talablar majmuyi mujassamlashgan rasmiy me’yoriy hujjatdir. Yuqoridagi standart so’zining lug’aviy va huquqiy mazmunlaridan kelib chiqib, “Buxgalteriya hisobi standartlari”ga buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi aniq qoidalar to„plami deb ta’rif berishimiz mumkin. “Qoida” so’zi qonun hujjatlarida belgilangan qat‟iy normalar yoki jamoatchilik tomonidan qabul qilingan asosiy tamoyillar bo’lishi mumkin. Standart buxgalteriya hisobi obyektiga yoki moliyaviy hisobot elementiga nisbatan aniq talablar o’rnatishi bilan, u buxgalteriya 13 hisobining umumiy yo’nalishlarini belgilovchi buxgalteriya hisobi modellaridan farq qiladi. Jahon olimlari tomonidan Standartlar, Buxgalteriya hisobining nazariy asoslarini yoritadi, Standartlar to’plami esa buxgalteriya hisobi asoslaridir, deb izoh berish odat tusiga aylangan. Masalan, AQSh olimlari Standartlar moliyaviy hisobotni tuzish qoidalari bo’lib, umumqabul qilingan tamoyillarni aks ettiradi, deb hisoblashsa, Alan Pizzey (Rossiya Federatsiyasi Buxgalteriya hisobini isloh qilish xalqaro markazi) moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim qilish uchun ishlatiladigan norma yoki standartlar Buxgalteriya hisobi standarlaridir, deb xulosa bergan. Ko’rinib turibdiki, olimlar o’rtasida “Buxgalteriya hisobi standarlari”ning mohiyatini yoritish bo’yicha jiddiy ziddiyatlar mavjud emas. Ma’lumki, Buxgalteriya hisobi standarlari milliy va xalqaro standartlarga bo’linadi. Barcha mamlakatlarda buxgalteriya hisobini to’g’ri va aniq yuritish maqsadida buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi tamoyillar va qoidalar, ya’ni milliy standartlar ishlab chiqilgan. Jumladan, bizning respublikada 1996 yildan beri “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi qonun hamda O„zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qabul qilingan 24 ta “Milliy standart”lar amal qilib turibdi. Global integrallashgan iqtisodiyot sharoitida turli mamlakat xo’jalik subyektlari, banklari va boshqa moliyaviy korporastiyalar o’rtasida iqtisodiy aloqalar o'rnatiladi. Bu esa, xalqaro hamkorlikdagi subyektlar bir-biriga zid kelmaydigan bir xil tamoyil va qoidalar asosida moliyaviy hisobotni tayyorlash uchun yagona “biznes tili”ga bo’lgan xalqaro standartlar yaratish talab etiladi.


Download 199.9 Kb.
1   2   3




Download 199.9 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARI BO’YICHA QO’MITA (MHXSQ)NING MAQSADI VA UNING TAVSIFI

Download 199.9 Kb.