|
Matnlarni qayta ishlash axborot tizimi
|
bet | 59/109 | Sana | 18.01.2021 | Hajmi | 1,79 Mb. | | #13041 |
Matnlarni qayta ishlash axborot tizimi (MQAT) bevosita foydalanuvchiga matnlarni (xat, maqola, referat, buyruq va hokazo) tahrir qilish, saqlash va ko‘paytirishga mo‘ljallangan.
Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi (MQIT) EHMdagi hisob-kitoblarning formallashgan algoritmlari bo‘yicha ma’lumotlarni hisoblashga mo‘ljallangan. Mazkur tizim ijodiy jarayonlarni emas, eski jarayonlarni (hisob, hisobot, muhandislik-texnik hisob-kitoblari va hokazo) avtomatlashtirishga yo‘naltirilgan.
Maslaxat beruvchi axborot tizimi (MBAT) avtomatlashtirilgan rejimda EHMda ma’lum bir holatlarda tashkiliy yoki texnik mazmundagi qarorlarning ayrim variantlarini tuzib beradi. Bu tavsiyalar qaror qabul qiluvchi shaxs ixtiyoriga beriladi. Maslaxat beruvchi (kengashuvchi) axborot tizimi asosiga real haqiqatga, ya’ni ob’ektdagi yoki boshqaruv tizimidagi jarayonga o‘xshash turli xil matematik modellar joylashtiriladi.
Qarorlar qabul qilish tizimi (QQQT) shunisi bilan ajralib turadiki, EHMda ishlab chikilgan qaror varianti bajarish uchun qabul qilinadi. Ayni paytda ishlab chiqarish tizimi (texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashtirilgai tizimi dispetcher boshqaruvi tizimi) EHM qabul kilgan qarorlar ijrosini tegishli ijro mexanizmlari orqali avtomatik ravishda amalga oshiradi.
|
| |