• Avtomatlashtirilgan axborot tizimini tatbiq etishdan nimalar kutish mumkin
  • Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti




    Download 1,79 Mb.
    bet67/109
    Sana18.01.2021
    Hajmi1,79 Mb.
    #13041
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   109
    An’anaviy (qog‘oz) tizim

    Axborot texnologiyalarnga asoslangan tizim

    Shikoyatlar qog‘oz fayllarda saqlanadi

    Shikoyatlar kompyuterning ma’lumotlar bazasida

    Jadvallarni tuzish va tahlil qilish qo‘lda bajariladi

    Jadvallarni tuzish va tahlil

    etish SHKdagi matn muharriri

    orqali amalga oshiriladi


    Har oylik natija tegishli personalga jo‘natiladi

    Har oyda personal E-mail bo‘yicha natijalarni qabul qiladi

    Javoblar qog‘ozdagi ma’lumot-

    larni izlash chog‘ida qidirib

    topiladi


    Javoblar kompyuter ma’lumotlar bazalaridan moslashuvchan qidiruv chog‘ida izlab topiladi

    Arxivlarda uzoq vaqt saqlash

    Kompyuter diskida uzoq vaqt saqlash

    Shunday qilib avtomatlashtirilgan axborot tizimi butun tashkilot jamoa faoliyatining maqsadga yo‘naltirilgan axborot muhiti, korporativ axborot tizimi ham bo‘lishi mumkin. Hozirda zamonaviy ko‘rinishdagi bunday tizim tashkilotlarda murakkab vazifalarni hal qila oladigan, yagona axborot tizimiga integrallashgan, universal va ixtisoslashgan turli mutaxassislar, turli apparat-dasturiy platforma majmuini o‘z ichiga oladi.

    Korporativ axborot tizimi ayrim masalalar va ularni amalga oshirishning tarkibiy qismlarini ko‘rib chiqadi. Ular qatorida quyidagi masalalar bo‘lishi mumkin:



    • har xil va bir-biri bilan bog‘lanmagan dasturlar hamda amaliy tizimlar tomonidan tuzilgan yagona ma’lumotlar bazasi;

    • turli firmalar va texnologiyalar bo‘yicha (moliya, moddiy-texnik hisob, hujjat aylanishi, tahlil va hokazo) yaratilgan ko‘plab amaliy tizimlar.

    Korporativ axborot tizimi quyidagicha bo‘lishi lozim:

    • ma’lum bir tajriba va bilimni to‘plash holida ularni qoida-lashtirilgan tartib va qarorlar algoritmlari ko‘rinishida boyitish;

    • doimiy ravishda rivojlanish va takomillash;

    • tashqi muhitning o‘zgarayotgan shart-sharoitlariga va tashkilot-ning yangi talablariga tezda moslashish;

    • insonning eng zarur talablariga, uning tajribasi, bilimi va psixologiyasiga mos kelish.

    Avtomatlashtirilgan axborot tizimini tatbiq etishdan nimalar kutish mumkin? Mazkur tizim iqtisodni ko‘tara oladimi? Bu savolga birdaniga javob berib bo‘lmaydi. U avtomatlashtirilgan axborot texnologiya­si qo‘llanilgan har bir holat uchun o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi.

    Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini tadbiq etish inson bilimi harakatga aylanadigan joyga axborot texnologiya-larini yetkazib berishni anglatadi. AAT axborot mahsulotlariga kirib borish vaqtini tejaydi. Axborot texnologiyalari bir qator ijobiy xususiyatlarga ega:



    • dastlabki ma’lumotlarni qayta ishlash va hisob – kitoblarni olib borish yuqori ixtisoslikka ega bo‘lmagan va amaliy malakasi bo‘lmagan xodimlarga topshirilmaydi. Yuqori malakali mutaxassis-lar hisob-kitoblar variantini tanlaydi, tahlil qiladi, boshqaruv qarorlarini ishlab chiqadi.

    • SHK bilan ishlash barcha ijrochilarning malaka­si oshishiga, ular-ning kasbiy tayyorgarligi yuqori darajada bo‘lishiga olib keladi.

    • hisob – kitoblarni qayta ishlash va hujjatlarni rasmiylashtirish natijasida tejalgan vaqt hisobiga bir necha variantlarda hisob – kitob qilinadi, shart – sharoitlarning muqobil baholari olinadi. Bu asos­langan qarorlar qabul qilish va tahlil etish uchun juda zarur.

    Kompyuter texnologiyasi hisobiga tejalgan vaqt mutaxassislar sonining qisqarishiga olib keladi, deb xulosa chiqarish to‘g‘ri emas. Chunki hisob-kitobni o‘tkazish asosiy vazifa, ya’ni zarur qarorni qabul qilishning bir qismi sanaladi, xolos. Hisob-kitoblarni amalga oshirish vaqti qisqarganda tahlil va qaror qabul qilish vaqti uzayadi.

    Shu tariqa avtomatlashtirilgan axborot tizimini va texnologiya-larini yaratish mutaxassislar sonining qisqarishiga olib kelmaydi, balki ularning mehnatini sifat jihatidan o‘zgartirish imkonini beradi.



    Axborot texnologiyalarini sullash imkoniyatining samarasi 1.13-jadvalda keltirilgan.

    1.13-j a d v a l.


    Download 1,79 Mb.
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   109




    Download 1,79 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

    Download 1,79 Mb.