|
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
|
bet | 63/109 | Sana | 18.01.2021 | Hajmi | 1,79 Mb. | | #13041 |
1.7. j a d v a l
Axborot tizimlaridan foydalanishga nisbatan
yondashuvning o‘zgarishi
Yillar
|
Axborotdan foydalannsh konsepsiyasi
|
Axborot tizimlari turlari
|
Foydalanishdan maqsad
|
1950 – 1960 yillar
|
Hisob-kitob hujjatlarining qog‘oz to‘plami
|
Hisob-kitob hujjatlarini elektromexanik buxgal-teriya mashinalarida qayta ishlashning axborot tizimi
|
Hujjatlarni qayta ishlash tezligining oshishi. Oylik-ni hisob – kitob qilish jarayonining soddalashuvi
|
1960-1970 yillar
|
Asosiy maqsadni qo‘llab-quvvatlash
|
Boshqaruvning axborot tizimi
|
Hisobot tayyorlash jarayonining tezlashuvi
|
1970-1980 yillar
|
Boshqaruv nazorati
|
Qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash tizimi. Boshqaruvning oliy bo’lini uchun tizim
|
Nisbatan oqilona qarorni ishlab chiqish
|
1990-2000 yillar
|
Raqobat afzalli-gini ta’minlovchi axborot- strategik resurs
|
Strategik axborot tizimi. Avtomatlash-tirilgan ofislar
|
Tashkilotlarning yashab qolish va gullab-yashnashini ta’minlash
|
qondirish va kompyuter muhitida shaxsiy interfeys ishini yaratish edi. Shu bilan birga axborot tizimini yaratishga nisbatan yondashuv o‘zgardi. Endi mo‘ljal yakka tartibdagi foydalanuvchi tomonga o‘zgardi. Foydalanuvchi mazkur ishlanmadan manfaatdor, u mutaxassislar bilan aloqani yo‘lga qo‘ydi, mutaxassislarning har ikki guruhi o‘rtasida o‘zaro tushunish yuzaga keldi. Bu bosqichda ma’lumotlarni ham markazlashtirgan holda, ham aksincha holatda ishlash uslubidan foydalanila boshlandi.
4-bosqich (90-yillar boshlaridan) – tashkilotlararo aloqalar va axborot tizimining zamonaviy texnologiyasini yaratishdan iborat. Mazkur bosqich biznesdagi strategik afzalliklarni tahlil qilish tushunchasi bilan bog‘liq va telekommunikatsiya texnologiyasi yutuqlari hamda axborotni qayta taqsimlashga asoslangan edi. Axborot tizimlari o‘z oldiga ma’lumotlarni qayta ishlash samaradorligini oshirishnigina emas, boshqaruvga ham yordam berishni maqsad qilib qo‘ygandi. Tegishli axborot texnologiyalari raqobatchilik kurashiga dosh berishni tashkil qilishga va ustunlikka erishishga yordam berishi lozim. Bu bosqichdagi muammolar juda ko‘p. Ulardan asosiylari quyidagilar:
kompyuter tarmori uchun protokollar, standartlarni belgilash va kelishuvlarni ishlab chiqish;
strategik axborotga kirishni tashkil etish;
axborotni himoya qilish va uning xavfsizligini tashkil qilish.
|
| |