Bilimlar bazasi – bu ayrim predmet sohalari murakkab vazifalar yechimini topish uchun tahlil va xulosalarni yuzaga keltiruvchi model, qoida, omillar (ma’lumotlar) majmuidir.
1.24-r a s m. Bilim bazasining asosiy xususiyatlari
Axborot ta’minotining alohida yaxlit strukturasi ko‘rinishida yaqqol ko‘zga tashlangan va tashkil etilgan predmet sohasi haqidagi bilim boshqa bilim turlaridan, masalan, umumiy bilimdan ajralib turadi. Bilimlar bazasi asosiy ekspert tizimi sanaladi. Bilimlar fikrlash va vazifalarni hal etish usuliga imkon beruvchi aniq, ko‘rinishda ifodalanadi va qaror qabul qilishni soddalashtirishga ko‘maklashadi. Ekspert tizimining asosligini ta’minlovchi bilimlar bazasi tashkilotning bo‘linmalaridagi mutaxassislar bilimini, tajribasini o‘zida mujassamlashtiradi va institutsional bilimlarni (ixtisoslashganlar majmuini, yangilanayotgan strategiyalar, qarorlar uslublari) ifodalaydi.
Bilim va qoidalarni turli aspektlarda ko‘rib chiqish mumkin:
chuqur va yuzaki;
sifat va miqdoriy;
taxminiy(noaniq) va aniq;
muayyan va umumiy;
tavsifiy va ko‘rsatma (yo‘l-yo‘riq) beruvchi.
Foydalanuvchilar bilim bazasini samarali boshqaruv qaror-larini olish uchun qo‘llashlari mumkin.
Ma’lumotlar bazalarining faoliyati va strukturasi. 1.25-rasm-da ma’lumotlar bazasi strukturasi va uning faoliyati tasvirlangan.
Ekspert – bu muayyan predmet sohasida samarali yechim topa oluvchi mutaxassis.
Bilimlarni uzlashtirish bloki ma’lumotlar bazasining to‘planishini, bilim va ma’lumotlar modifikatsiyam bosqichini aks ettiradi. Bilimlar bazasining fikrlash darajasidagi yuqori sifatli tajribadan foydalanish imkoniyatini aks ettiradi.
|