21
5 - TAJRIBA ISHI
QIRINDINI NAMLIKDAN QURITISH
Ishdan maqsad: talabalarda qirindini qayta ishlashga
tayyorlash jarayoni bo„lgan quritish jarayonini olib borish ko„nikmasini
hosil qilish.
Qisqach nazariy ma‟lumotlar
Moysizlantirish
jarayonidan
chiqgan
qirindi,
kimyoviy
reagentlardan tozalash maqsadida, toza suv bilan yuviladi. Nam holidagi
qirindini metallurgik agregatga (pechga) to„g„ridan to„g„ri yuklash
texnika xavfsizligi talabiga ko„ra maqsadga muvofiq emas. Quritishning
yana bir sababi bu qirindilarni korroziyadan saqlashdir.
Shu naqtai nazardan qirindi quritilishi shart. Qirindilarni yuvish
va quritish ishlab chiqarishda mahsus liniyalarda amalga oshiriladi.
Qirindilarni termik yog„dan tozalash va quritish liniyasi quyidagi
texnologik bo„limlarni o„z ichiga oladi:
1) soshiluvgan va maydalangan qirindilarni qabul qilish tuguni
(oziqlantirgishli qabul qilish bunkeri);
2) quritishdan oldin tashqi o „lshamlari standartga to„g„ri
kelmaydigan mahsulotlarni va yot jismlarni ajratish ushun qirindilarni
oldindan elash tuguni;
3) barabansimon quritgishdan, vozgonlarni oxirigacha yoqib
tashlash kameralaridan, hamda gaz va chang tutqichlardan tashkil
topgan yog„dan tozalash va quritish tuguni;
4) metall kuyindilarini, tuproqga aralashgan ciqindilarni, metallik
changlarni elash va nazorachi elash tuguni;
5) elektromagnit separatsiya tuguni.