Toshkent davlat texnika universiteti termiz filiali




Download 12,65 Mb.
bet42/83
Sana03.02.2024
Hajmi12,65 Mb.
#151095
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   83
Bog'liq
Компютрли лойихалаш УМК 03.11.2018

Tayanch iboralar.
Loyihalash. Konstruksiyalash Optimal loyihalar. Tizimli loyihalar
Fanining maqsadi va mohiyati.
Fanning o’qitilishidan maqsad - loyihalash jarayonlarini: ularning ob'ektlarini, bosqichlarini va strukturasini; loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish metodlarini hamda ALT strukturasi va ta'minoti boo’yicha yo’nalishlar profiliga mos, ta'lim standartlarida talab qilingan bilimlar darajasini ta'minlashdir.
Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni shundan iboratki, texnologik jarayonlar, maxsulot ishlab chiqarish va avtomatlashtirish masalariga asos bo’ladi.
Loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari o’quv fani yangi informatsion-kommunikatsion texnologiyalarni o’zlashtirish, ulardan foydalanish va ularni ishlab chiqarishga tadbiq etish uchun asos yaratadi.
Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalaridan tizimli ravishda foydalaniladi.
Fanni talabalarga nazariy va amaliyo’gatishda quyidagicha yo‗nalishlardabilim beriladi:
- muammoli tasnifdagi mavzular bo’yicha;
- mustaqil ozlashtirilishi murakkab bo’lgan bo’limlar bo’yicha;
- ta'lim oluvchilarda alohida qiziqish o’yg‘otuvchi boэlimlar bo’yicha;
- oldinga siljigan (продвинуть) ma'ruzalarni o‗qish yo‗li bilan;

- mustaqil ta'lim olish va ishlash, kollokviumlar va munozaralar jarayonida o’zlashtiriladigan bilimlar bo’y'icha ishbilarmonlar o’yini o’tkazish yo’li bilan amalga oshirishni nazarda tutadi.


Mustaqil ish jarayonida talaba texnikaviy adabiyotlar va internet materiallari bilan ishlashni uddalashini namoyon qilishi, zarur ma'lumotlarni izlab topishi, jamlashi, ularni tizimlashtirishi va taqlil qilishi, auditoriya mashqulotlari paytida qabul qilgan informasiyasini to’g'ri mushohada qilish qobiliyatini ko’rsatishi zarur.


Fanning o‗qitilishida yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan umumli foydalanish ko‗zda tutiladi. Nazariy ma‘lumotlar amaliyot va ko‗rgazmalilik bilan mustaxkamlangandagina, chuqur bilimga ega bo‗lish mumkin. Shuning uchun dasturda amaliy-laboratoriya ishlariga katta e‘tibor qaratilgan. Talabalarning «Loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari» fanini o‗zlashtirishlari uchun o‗qitishning ilg‗or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi axborot- kommunikasiya va pedagogik texnologiyalarini tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‗qitishda pedagogik texnologiyalardan «Fikrlar xujumi», «Klaster» metodi, «Bumerang», «Skorobey», «Tarozi», «Yelpig‗ich» texnologiyasi va boshqalardan foydalaniladi. Fanni o‗zlashtirishda darslik, o‗quv va uslubiy qo‗llanmalar, elektron ateriallar, tarqatma materiallar, virtual stentlardan foydalaniladi. Nazariy ma‘lumotlar amaliyot va ko‗rgazmalilik bilan mustaxkamlashi kerak. Amaliy va laboratoriya mashg‗ulotlari kompyuter texnologiyalari yordamida o‗tkaziladi.
Shaxsga yo‗naltirilgan ta‘lim. Bu ta‘lim o‗z mohiyatiga ko‗ra ta‘lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to‗laqonli rivojlanishlarini ko‗zda tutadi. Bu esa ta‘limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma‘lum bir ta‘lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog‗liq o‗qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi.
Tizimli yondashuv. Ta‘lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o‗zida mujassam etmog‗i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo‗g‗inlarini o‗zaro bog‗langanligi, yaxlitligi.
Faoliyatga yo‗naltirilgan yondoshuv. SHaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta‘lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o‗quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo‗naltirilgan ta‘limni ifodalaydi.
Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o‗quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o‗z-o‗zini faollashtirishi va o‗z-o‗zini ko‗rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.
Hamkorlikdagi ta‘limni tashkil etish. Demokratik, tenglik, ta‘lim beruvchi va ta‘lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e‘tiborni qaratish zarurligini bildiradi.
Muammoli ta‘lim. Ta‘lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta‘lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni ob‘ektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo‗llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta‘minlanadi.
Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo‗llash -yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o‗quv jarayoniga qo‗llash.
O‗qitishning usullari va texnikasi. Ma‘ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoli ta‘lim, keys-stadi, pinbord, paradoks va loyihalash usullari, amaliy ishlar.
O‗qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorlik va o‗zaro o‗rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh.
O‗qitish vositalari: o‗qitishning an‘anaviy shakllari (darslik, ma‘ruza matni) bilan bir qatorda - kompyuter va axborot texnologiyalari.
Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o‗zaro munosabatlar.
Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits-so‗rov, oraliq va joriy va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o‗qitish diagnostikasi.
Boshqarish usullari va vositalari: o‗quv mashg‗uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta ko‗rinishidagi o‗quv mashg‗ulotlarini rejalashtirish, qo‗yilgan maqsadga erishishda o‗qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg‗ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.

Download 12,65 Mb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   83




Download 12,65 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent davlat texnika universiteti termiz filiali

Download 12,65 Mb.