|
Fazoda ob’yektlarni tasvirlanishi
| bet | 40/83 | Sana | 03.02.2024 | Hajmi | 12,65 Mb. | | #151095 |
Bog'liq Компютрли лойихалаш УМК 03.11.2018Fazoda ob’yektlarni tasvirlanishi
“Ko`rinishlar” (Vports-Окно просмотра) buyrug`i yoki piktogramasi orqali ekranni har biri chizmaning alohida proyeksiyadagi tasvirini aks ettirgan bir necha ko`rinishlarga bo`lish imkonini beradi.
Command: VPORTS
Buyruq tanlangach, ekranda “Ko`rinishlar” (Viewports-Окно просмотра) dialog oynasi hosil bo`ladi:
“Ko`rinishlar” dialog oynasi
Oyna ikki sahifadan iborat.
“Yangi ko`rinishlar” (New Viewports - Новое окно просмотра) – yangi ekran ko`rinishlarini hosil qilish imkonini beradi.
“Standart ko`rinishlar” sahifasida (Named Viewports-Стандартные видовые экраны) orqali standart ekran ko`rinishlaridan birini tanlash imkoni mavjud.
Savollar
1. Fazo ob’yektlarini shartli ravishda nechta guruhga bo`lamiz:
2. Hajmli modellashtirish deganda nimani tushunasiz
3. “Ko`rinishlar” dialog oynasi nimalardan iborat
9-Mavzu: AutoCAD muhitida uch o’lchamli modellashtirish
Reja:
-
Uch o’lchamli modellashtirish va uning nazariy asoslari.
-
Karkas modellami yasash. Geometrik ob’ekt modellarini va geometrik tasviriarini yaratish usullari.
3.Sirtlami yasash. Qattiq jismli murakkab modellami yasash.
Tayanch so’zlar va iboralar
Hajmli ob’yektlarni tahrirlash, yuzalarni o`cherish, yuzalarni aylantirish,
“Hajmli ob’yektlarni tahrirlash” (Solids Editing - Редактирование тел) asboblar panelidan foydalanish mumkin:
Asboblar panelidagi buyruqlarning vazifalari quyida keltirilgan:
1. “Birlashtirish (Union-Объединение) –qo`shish orqali yasama hajmli ob’yektlarni hosil qilish;
a) birlashmagan b) birlashtirilgan c) ayirilgan d) kesishgan
2. “Ayirish” (Subtract-Вычитание) – ayirish orqali yasama hajmli ob’yektlarni hosil qilish;
3. “Kesishish” (Intersect-Пересечение) – ikki yoki undan ortiq kesishgan ob’yektlarning kesishmagan qismlarini olib tashlash orqali yasama hajmli ob’yekt hosil qilish;
4. “Yuzalarni uzaytirish” (Extrude Faces-Выдавить грани) – hajmli ob’yektlarning belgilangan hududlarini (yuzalarini) berilgan masofaga yoki trayektoriya bo`ylab uzaytirish:
5. “Yuzalarni surish” (Move Faces - Перенести грани) – belgilangan tana yuzalarini ko`rsatilgan masofaga surish:
6. “Yuzani ko`chirish” (Offset Faces - Сместить грани) – tana yuzasini talab etilgan masofa yoki ko`rsatilgan nuqtagacha bab-barovar ko`chirish;
7. “Yuzalarni o`chirish” (Delete Faces - Удалить грани) – ko`rsatilgan tana yuzalarini faskalari bilan birgalikda o`chirish;
8. “Yuzalarni aylantirish” (Rotate Faces - Повернуть грани) – berilgan o`q atrofida bir yoki bir necha yuzalarni ma’lum burchakka burish:
9. “Yuzani konuslashtirish” (Taper Faces - Свести грани на конус) – belgilangan yuzaga ko`rsatilgan burchak ostida konus hosil qilish;
10. “Yuzalardan nusxa olish” (Copy Faces - Копировать грани) – tana ob’yektlari yuzalaridan nusxa olish;
11. “Yuza rangini o`zgartirish” (Color Faces - Изменить цвет грани) – tana ob’yektlari alohida yuzalariga rang berish;
12. “Qirralardan nusxa olish” (Copy Edges - Копировать ребра) – yoy, aylan, ellips, kesma yoki splaynlardan iborat uch o`lchamli ob’yekt qirrlaridan nusxa olish;
13. “Qirra ranglarini o`zgartirish” (Color Edges - Изменить цвет ребер) - tana ob’yektlari alohida qirralariga rang berish;
14. “Tamg`a” (Imprint - Клеймить) – tana yuzalarida tamg`a yaratish;
15. “Tozalash” (Clean - Упростить) – hajmli ob’yektlarning ortiqcha qirralarini o`chirish;
16. “Ajratish” (Separate - Разделить) – fazoda bir necha berk hajmli tanalardan iborat ob’yetklarni alohida-alohida ob’yektlarga ajratish;
17. “Qobiq” (Shell-Оболочка) – berilgan qalinlikda yupqa devorli bir tomoni ochiq qobiq yaratish;
18. “Tekshirish” (Check-Проверить) – uch o`lchamli hajmli ob’yekt ACIS-tana ob’yekti sifatida saqlash mumkinligi yo yo`qligini tekshiradi.
|
| |