6-MAVZU: DETALLARGA ISHLOV BERISH USULLARI
O‘QUV SAVOLLAR
Usullarning umumiy ta’rifi.
Yuzalarga ishlov berish turlari.
Yuzalarga sidirib ishlov berish.
Qora ishlov berish.
Yarim toza ishlov berish.
Toza ishlov berish.
Nozik ishlov berish.
Pardozlash.
Detal yuzalariga qirquvchi va tirnovchi (abraziv) asboblar yordamida ishlov berish.
Detalning berilgan shakli, o‘lchamlari, yuzalarining joylashuvi va g‘adir-budurligi, fizik-mexanik xossalari kabi omillariga erishish uchun zamonaviy mashinasozlikda turli ishlov usullari qo‘llaniladi. Bular-tig‘li va jilvir (abraziv)asboblar bilan kesish, yuza bo‘ylab plastik shakl o‘zgartirish, elektrofizik, elektrokimyoviy, issiqlik va boshqa usullardir. Zagotovkaga ishlov berish qo‘yim turli amallarda oz-ozdan olinadi, u bosqichma-bosqich kamaya borib, pirovardida, ishlov berilayotgan yuzaning o‘lchamlari chizmada ko‘rsatilagan miqdorrga teng bo‘lib qoladida, ishlov ham tugaydi. Shu tartib jihatdan zagotovkaga ishlov berish bir necha xil bo‘ladi:
dag‘al, (chernovoy),
yarim toza,
toza,
nozik (yupqa),
pardoz.
Quyida ushbu xildagi ishlovlarning tavsifi bajarilish tartibida keltiriladi.
Dag‘al ishlov 16-18 kvalitet aniqlikdagi bolg‘alangan va quyilgan yirik zagotovkalar uchun qo‘llaniladi. U dag‘al ishlangan zagotovkadagi shakl xatolarini va fazoviy og‘ishlarni kamaytiradi. Natijada aniqlik 15-16 kvalitetga yaqinlashadi, yuza g‘adir-budurligi Ra >100 mkm bo‘ladi.
Xomaki ishlov dag‘al ishlovdan chiqqan hamda 2-3 guruh aniqlikdagi shtamplangan va 15-kvalitet aniqlikdagi quyma zagotovkalarga beriladi.bu ishlovning aniqligi 12-16 kvalitet, yuza g‘adir-budurligi esa Ra q100-25 mkm oraliqlarida bo‘ladi.
Yarim toza ishlov xomaki ishlov jarayonidan qolgan qo‘yimni olish uchun qo‘llanadi. Zagotovkaning aniqligiga katta talablar qo‘yilgan bo‘lsa, har bir amalga berilgan qo‘yimni kamaytirib, amallar sonini ko‘paytirish, masalan, yarim toza ishlov qo‘shish kerak bo‘ladi. Uning aniqligi 11-12 kvalitet, yuza g‘adir-budurligi Raq50-12,5mkm. Toza ishlov katta aniqlik talab etadigan detallarga qo‘llaniladi va yakunlovchi ishlov bo‘lib qolishi mumkin. U aniq usullar bilan (yuqori aniqlik bilan quyish, aniq shtamplash va shu kabilar) tayyorlangan zagotovkalarga bir marta beriladi; keyingi-nozik ishlov aniqligi 8-11 kvalitet, yuza g‘adir-budurligi Ra12,5-2,5 mkm.
Nozik ishlov zagotovka yuzasi yuqori darajada aniq bo‘lishini ta’minlaydigan ishlov xilidir. Juda oz miqdorrda qolgan quyimni juda ham oz-oz miqdorrda olib tashlaydi, shuning natijasida yuqori darajadagi aniqlik ta’minlanadi. Yuza g‘adir-budurligi Ra 2,5-0,63 mkm.
Pardozlovchi (finish) ishlov zagotovka aniqligiga (o‘lchamiga) deyarli ta’sir etmaydi; ta’sir etganda ham, o‘zidan oldingi ishlovning joizligi chegarasida bo‘ladi; yuza g‘adir-budurligi Ra 0,63- 0,16mkm.
Quyida eng ko‘p qo‘llaniladigan ishlov usullari (asosan, uzil-kesil ishlov) haqida ma’lumot beriladi. Bu usullar detallar zagotovkasi yuzasining aniqligi va sifatini shakllantiradi: tig‘li va jilvir (abraziv) asboblar bilan ishlov, yuza bo‘ylab plastik shakl o‘zgartirish, elektrofizik va elektrokimyoviy ishlov.
Tig‘li va jilvir asboblar bilan ishlovda zagotovka kesiladi, qiriladi va bular-hozirgi zamon mashinasozligida eng ko‘p tarqalgan usullar hisoblanadi. Bu usullarni alohida-alohida o‘rgangan ma’qul, chunki tig‘li asboblar bilan kattaligi HRC45 gacha bo‘lgan, qiruvchi asboblar bilan esa, yana ham kattiqroq metallarga ishlov berish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq. Ba’zi hollarda o‘ta qattiq sintetik materialdan yasalgan tig‘li asboblar bilan qattiqligi HRC 45 dan ortiq bo‘lgan metallarga ishlov berish mumkin.
|