Jilvir asboblar yordamida ishlov berish




Download 463,42 Kb.
bet4/7
Sana16.05.2024
Hajmi463,42 Kb.
#237150
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6 МАВЗУ лотин

Jilvir asboblar yordamida ishlov berish.
Quyidagi jarayonlarni ko‘rib chiqamiz: silliqlash, xoninglash, ishqalab moslash, jilolash, superfinish va mikrofinish.
Silliqlash silindr, tekis va murakkab shaklli yuzalarga dastlabki va yakunlovchi ishlov berish usuli sifatida mashinasozlikda keng qo‘llanadi; 5-7 kvalitet aniqlik va Raq1,25-0,08 mkm g‘adir-budurlikni ta’minlaydi; silliqlovchi stanoklar yordamida bajariladi.
Detal silliqlash quyma yoki qizdirib shtamplangan tayyorlangan zagotovkalarda asos (baza) yuzasini hosil qilish uchun qo‘llanadi. Bunday silliqlash bilan sezilarli qo‘yimni (1 mm va undan ko‘proq) olib tashlanadi, shuning uchun yirik donali (80-125), segment charxtoshlar ishlatiladiki, u qalingina qatlamni oladi, g‘adir-budurlikni Ra2,5-1,25mkm ga tushiradi. Bundan tashqari segment charxtosh ishlov beriladigan yuza bilan yaxshi tutashganidan unumdorlik yuqori bo‘ladi.
O‘lchamga moslab silliqlash seriyali va yalpi ishlab chiqarishda, olib tashlanadigan qatlamga va yuzaga qo‘yilgan talablarga qarab, bir yoki ikki amalda bajariladi. Bir amallik ishlovda diametr bo‘yicha 0,2-0,6 mm qatlam (qo‘yim), ikki amalda – 0,6-0,8 mm qatlam olinadi. Yuzaga juda yuqori talablar qo‘yilsa, yupqa silliqlash amali qo‘llanadi, u diametr bo‘yicha 0,04-0,08 mm oladi.
Shunday qilib, silliqlashda dastlabki, yakunlovchi va zarur bo‘lganda, yupqa silliqlash amallari bo‘ladi. Amallar samarali bo‘lishi uchun silliqlovchi charxtoshni to‘g‘ri tanlash kerak. Uning donadorligi ishlov berilayotgan yuzaning sifatiga bo‘ladigan talablar va texnologik jarayonning samaradorligi orqali aniqlanadi. Yirik donali charxtosh bilan silliqlashda charxtoshning ish unumi yuqori, solishtirma sarfi esa kam bo‘ladi, biroq yuza sifati pastroq yuradi.
Silliqlashning turli amallari uchun qo‘llanadigan charxtoshning donadorligi bo‘yicha qo‘llanish chegarasini tahminan aniqlash mumkin. Dastlabki silliqlashda donadorlik 40-80 bo‘lishi kerak, shunda yuza g‘adir-budurligi Ra1,25¼0,63mkm bo‘ladi. Yakunlovchi silliqlashda donadorlik 12-40 (Ra0,63¼0,16mkm) va yupqa silliqlashda donadorlik 6-10 (Ra0,08 mkm) bo‘ladi silliqlovchi charxtoshning boshqa ko‘rsatkichlari ishlov berilayotgan zagotovkaning fizik-mexanik xossalaridan kelib chiqadi.
An’anaviy qiruvchi donalardan yasalgan charxtoshlar bilan bir qatorda metalli va organikali biriktiruvchilarga olmos va elbor zarralari qo‘shib tayyorlangan charxtoshlar ham keng qo‘llanadi. Bu charxtoshlarda qiruvchi donalar charxtoshning doirasi yuzasi bo‘ylab 1,5–2,5 mm qalinlikdagi qatlamda joylashadi. Metall bog‘lovchili charxtoshlarni qattiq qotishmalarga, shishaga, keramika va shu kabi boshqa materiallarga ishlov berishda, organik bog‘lovchili charxtoshlarni– mo‘rt va o‘ta qattiq materiallarni yupqa silliqlashda qo‘llash tavsiya etiladi.

Download 463,42 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 463,42 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jilvir asboblar yordamida ishlov berish

Download 463,42 Kb.