|
Tig‘li asboblar bilan ishlov berish
|
bet | 2/7 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 463,42 Kb. | | #237150 |
Bog'liq 6 МАВЗУ лотинTig‘li asboblar bilan ishlov berish.
Bu asboblar bilan ishlov berishni keng tarqalgan toza va nozik (yupqa) ishlov xillarida: keskich yordamida yupqa qirish, yupqa frezalash, razvyortka yordamida yupqa kengaytirish, yupqa sidirish (protyagivaniye), shevinglash misollarida ko‘rib chiqamiz.
Nozik (yupqa) qirish (kengaytirish va toraytirish) ishlovi berilayotgan zagotovka yuzasini bilinar-bilinmas g‘adir-budurlikka olib kelib, yuqori darajadagi aniqlikni ta’minlaydi. Yupqa kengaytirish va toraytirish katta kesish tezligida bajarilib, juda ingichka qirindini yuzadan olib tashlaydi. Yupqa qirish tezligi zagotovka materialiga qarab 100-1000 m/min oraliqda bo‘ladi. Tezlik cho‘yan zagotovka uchun 100-150 m/min, uchun 150-250 m/min, rangli metall qotishmalari uchun-1000 m/min va undan yuqori. Keskichning surilishi xomaki o‘tish (kesish) uchun 0,15 mm/ayl, yakunlovchi o‘tish (kesish) uchun 0,01 mm/ayl. Shularga mos holda kesish chuqurligi 0,2-0,3 va 0,05-0,01 mm chegaralarda olinadi.
Qirindi juda ingichka bo‘lganidan kesish kuchi kam bo‘ladi, zagotovka ham qattiq qizib ketmaydi. Shuning uchun yuzada deformatsiyalangan qatlam hosil bo‘lmaydi, zagotovkani dastgohga o‘rnatib qo‘yishda katta kuch talab qilinmaydi. SMAD tizimi ham kesish kuchlariga qattiq qarshilik ko‘rsatmasligi natijasida detal ishlovi aniq chiqadi. Ko‘rsatilgan xususiyatlariga ko‘ra nozik (yupqa) qirish 6-8 kvalitet aniqlikni ta’minlaydi, rangli metallar va ularning qotishmalaridan tayyorlangan zagotovkalarga ishlov berganda 5-6 kvalitetga erishadi. Yuza g‘adir-budurligi qora metall zagotovkalarda Ra2,5-0,63mkm, rangli metall qotishmalarida Ra0,32-0,16 mkm.
Yupqa qirqib kengaytirish deb, teshiklarga ishlov berishni aytiladi. Masalan, dumalash va sirpanish podshipniklari teshigi, uzatmalar qutisi va orqa ko‘prikdagi teshiklar, shatun teshigi, dvigatellar va kompressorlar silindri va shu kabi teshiklar qirib kengaytiriladi.
Yupqa qirib toraytirish birmuncha kamroq tarqalgan; silindrsimon yuzalarga shunday ishlov beriladi. Masalan, turli o‘qlar, dvigatel porshenlari va shu kabilar.
Yupqa (nozik) qirish xoninglash, superfinish, jilolash kabi ishlovlardan oldin yuqori tezlikda (10-15 ming ayl/min) ishlaydigan, yuqori aniqlik va birlikka (shpindelning radius bo‘yicha urishi 0,005 mm dan kam) ega bo‘lgan dastgohlarda bajariladi. Nozik qirish bir yoki ko‘p shpindelli, shpindellarning joylashuvi bir, -ikki va uch tomonlama stanoklarda bajariladi. Stonokning barcha gidravlik usulda surilishi, keskichlarning o‘zi qattiq qotishma, olmos, elbor va boshqa–yeyilishga chidamli materiallardan tayyorlangan bo‘lishi kerak.
Yupqa frezalash zagotovkalarning ochiq, tekis yuzasiga ishlov berishda, ko‘ndalang yuzasi bilan qiradigan frezalar yordamida bajariladi. Freza taxminan 0,0001 qiyalik bilan o‘rnatiladiki, bundan maqsad-kesishda ishtirok etmayotgan tishlar ishlov berilgan yuzaga tegmasin. Yupqa frezalashda yuzadan 0,2-0,5 mm qalinlikdagi qatlam olib tashlanadi. Frezalash aniqligi; 1m uzunlikda tekislik 0,02-0,04 mm oraliqda og‘adi, yuza g‘adir-budurligi Ra2,5-0,63mkm oraliqda bo‘ladi.
|
| |