• Sidirish (protyagivaniye)
  • Razvyortka yordamida kengaytirish




    Download 463,42 Kb.
    bet3/7
    Sana16.05.2024
    Hajmi463,42 Kb.
    #237150
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    6 МАВЗУ лотин

    Razvyortka yordamida kengaytirish ham teshiklarga ishlov berishda qo‘llanadi.
    Razvyortka – tayoqsimon asbob bo‘lib, muayyan bir o‘lcham uchun bitta tayyorlanadi. Uning butun uzunasi bo‘ylab bitta, aylanasi bo‘ylab bir necha keskich qirralar chiqarilgan bo‘lib, xomaki ishlangan teshikka bir uchi bilan kiritiladi va aylantiriladi, Ayni paytda, teshik o‘qi bo‘ylab ichkariga kiritiladi. Shu zaylda teshik razvyortkaning diametri qadar kengayadi. Razvyortkalar har bir o‘lcham uchun bittadan tayyorlanganidan tashqari, nozik va dag‘al ishlov uchun mo‘ljallanganlari ham bor. Yupqa kengaytirish uchun mo‘ljallangani oddiy razvyortkalarga qaraganda yuqori darajada aniqligi va yuza g‘adir-budurligini ancha kamaytirish bilan farq qiladi. Biroq, teshikning o‘qi og‘ib ketgan bo‘lsa, razvyortka tuzata olmaydi, chunki u boshlang‘ich teshik bo‘ylab harakat qiladi va simmetrik ravishda qirib boraveradi. Yupqa razvyortkalash 5-7 kvalitet aniqlikni ta’minlaydi, yuza g‘adir-budurligi Raq1,25-0,63mkm bo‘ladi. Bu usul nisbatan qimmat va ishlab chiqarishda qiyinchilik tug‘diradi. Yupqa qirish uchun razvyortka tayyorlaganda diametr joizligini 5-kvalitet aniqlikdagi joizlikning 0,6 ulushigacha qabul qilinadi. Yupqa qo‘yimni qiradigan razvyortkaning tig‘larini juda avaylash kerak, aks holda undan keyin g‘adir-budurlik oshib ketadi, aniqlik pasayadi.
    Dag‘al razvyortkalash teshik parmalab ochilganidan va zenkerlangandan keyin yoki dag‘al va yupqa kesib kengaytirgandan keyin bajariladi. Yupqa va dag‘al razvyortkalash aniqligi 8-9 kvalitet, g‘adir-budurligi Ra2,5 mkm; toza razvyortkalash aniqligi 6-7 kvalitet, g‘adir-budurligi Ra1,25mkm; yupqa razvyortkalash aniqligi 5- kvalitet, g‘adir-budurligi Ra0,63mkm.
    Sidirish (protyagivaniye) zagotovkaning ichki va tashqi yuzalariga nozik ishlov berish usullaridan hisoblanadi. Ko‘ndalang kesimi turlicha (doira, kvadrat, ko‘pburchakli, tishli-shlisali, shuningdek, turli ariqcha va chuqurchalar) teshiklarni sidirish-ichki sidirishga kiradi. Tekisliklarni, murakkab bichimli yuzalarni sidirish - tashaqi sidirish deyiladi.
    Tekis silindr teshiklarni sidirish 6-9 kvalitet aniqlikni va Ra2,5¼0,63mkm g‘adir-budurlikni ta’minlaydi. Teshiklarni toza sidirishda asbobning keskichlari diametri 0,02-0,04 mm ga ortib boradi. Bir to‘pi 100ta bo‘lgan zagotovkalarning teshigiga ishlov berishda odatdagi ishlov: parmalash, zenkerlash va razvyortkalash o‘rniga sidirib ishlov berish iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlaydi. Tashqi yuzalarni sidirish 11- kvalitet aniqlik beradi. Sidirish gorizontal va vertikal, hammabop va maxsus avtomatlar va yarim avtomatlarda bajariladi.
    Teshikni silliqlash sidirishga o‘xshagan ishlov turi, lekin u nisbatan kaltaroq asbob yordamida bajariladi. U ishlov beriladigan teshik ichidan press yordamida itarib o‘tkaziladi. Bu usul yakuniy ishlov bo‘la oladi, 6-kvalitet aniqlik va Ra1,25-0,63mkm g‘adir-budurlik beradi.

    Download 463,42 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 463,42 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Razvyortka yordamida kengaytirish

    Download 463,42 Kb.