• Adabiyotlar: F.P. Gurin, V.D. Klepikov, V.V. Reyn. Avtomobilsozlik texnologiyasi. I - II kitob. Toshkent, 2001.
  • F.P.Gurin, M.F.Gurin, «Texnologiya avtomobilestroyeniya», 1986, 246 str.
  • Plastik deformatsiya usuli bilan ishlov berish




    Download 463,42 Kb.
    bet7/7
    Sana16.05.2024
    Hajmi463,42 Kb.
    #237150
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    6 МАВЗУ лотин

    Plastik deformatsiya usuli bilan ishlov berish.
    Bunday ishlov zagotovkadan qirindi olmay bajariladi va berilgan aniqlik bilan, berilgan g‘adir-budurlikka erishishga qaratiladi. Uning asosiy va keng qo‘llanadigan usullari: kalibrlash, tekislash va yoyish, olmosli tekislash, markazdan qochma-zarb berish asboblari yordamida parchinlab zichlash.
    Kalibrlash bilan zagotovkaning turli shakldagi teshiklariga ishlov beriladi. Asbob sifatida kalibrlovchi moslamalar, zo‘ldirlar ishlatiladi. Zo‘ldir press yordamida, belgilangan taranglik bilan teshikdan o‘tkaziladi. Teshik uzunligi katta bo‘lsa, sidiruvchi stanoklar va sidiruvchi kalibrlar yordamida ishlov beriladi. Jarayonning asosiy ko‘rsatkichi kalibrlovchi asbobning ishlov beriladigan teshik diametridan xiyol kattaligi natijasida yuzaga keladigan taranglikdir.
    Kalibrlash katta yoki kichik taranglikda bajariladi. Kichik taranglikda plastik deformatsiya chuqurligi kamroq bo‘ladi, yuzaning g‘adir-budurligi kamayadi, shakl xatosi va teshik o‘lchamlarining og‘ishi 30-35 foiz pasayadi. Bunday kalibrlashni qalin devorli zagotovkalarga ishlov berishda qo‘llash maqsadga muvofiq. Devor qalinligini teshik radiusiga nisbati 0,5 dan ortiq bo‘lishi kerak. katta taranglik bilan kalibrlanganda plastik deformatsiya mintaqasi zagotovka devorining butun qalinligi bo‘yicha tarqab ketishi mumkin. Bunday taranglik bilan, devori qalinligining teshik radiusiga nisbati 0,2 dan ortiq bo‘lmagan silindr va vtulkalar kalibrlanadi. Bu holda teshik diametri, detalning tashqi diametri va uzunligi kattalashib ketadi, ya’ni kalibrlash aniqligi pasayadi. Taranglik miqdorri teshik diametri va detal materialining fizik-mexanik xususiyatlariga qarab belgilanadi. Teshik diametri 10-120 mm chegaralarda bo‘lganida taranglik taxminan quyidagicha bo‘ladi: po‘lat zagotovkalar uchun 0,03-0,088 mm, cho‘yan uchun 0,05-0,20 mm, rangli metallar va ularning qotishmasi uchun 0,03-0,35 mm.
    Kalibrlovchi asboblar-kalibrlar-ko‘pincha VK8 yoki VK15M qotishmalaridan tayyorlanadi.
    Po‘lat va rangli metallar qotishmasidan tayyorlangan zagotovkalarni kalibrlashda sovituvchi suyuqlik mo‘l beriladi va ishlov tezligi quyidagicha bo‘ladi: po‘lat uchun 5-10 m/min, rangli qotishmalar uchun 2-60 m/min, cho‘yan uchun 5-12 m/min. moylovchi sovituvchi so‘yuqlik sifatida kerosin, maxsus moddalardan biri ishlov berilayotgan materialga qarab tanlanadi.
    Kalibrlash aniqligi ko‘p jihatdan zagotovkaning qattiqligiga bog‘liq. Yupqa devorli zagotovkalar 8-6 kvalitet, qalin devorliligi 6-5 kvalitet aniqlik bilan ishlanishi mumkin. Ko‘p hollarda kalibrlovchi asbobning diametrini tajriba yo‘li bilan, amalni bajarish sharoitini hisobga olgan holda o‘lchamiga yetkazib tayyorlanadi. Taranglik oshganda kalibrlash aniqligi kamayadi.
    Kalibrlashdan keyingi yuza g‘adir-budurligi bir qancha omillarga bog‘liq: zagotovkaning qattiqligi va materiali, asbobning fizik-mexanik xususiyatlari, moylovchi-sovituvchi suyuqlik, asbob va zagotovkaning nisbiy harakati. Gʻadir-budurlikni 2-4 klassga pasaytirish mumkin. Masalan, qalin devorli po‘lat zagotovkaning keskich yoki razvyortka bilan kengaytirilgan teshigi kalibrlanganda g‘adir-budurlik Ra2,5-1,25 dan Ra1,25-0,16 mkm ga o‘zgaradi.
    Kalibrlash amali asbobning bir yoki bir necha marta o‘tishi hisobiga bajariladi. Biroq, teshik yuzasi qayta-qayta deformatsiyalanaversa, materialning yuza qatlamida zo‘riqish paydo bo‘lib, material uqalanib ketishi mumkin.
    Tekislash va yoyish-yuzaning notekisliklarini plastik deformatsiyalash bo‘lib, juda qattiq roliklar va zo‘ldirlar o‘rnatilgan maxsus asboblar yordamida bajariladi. Silindr detalning tashqi sirti tekislanganda, uning o‘lchami kamayadi, ichki sirti (teshik) tekislanganda o‘lchami kengayadi. Tekislashda yuzada plastik deformatsiya hosil bo‘lib, g‘adir-budurlik kamayadi, uning fizik-mexanik xossalari o‘zgaradi, chunonchi, mikro qattiqlik oshadi, siquvchi qoldiq kuchlanish paydo bo‘ladi, ya’ni yuza qatlam zichlanadi. Ishlovning bu turi yuzaning sifatini ancha oshiradi, biroq undan keyin detalga termik ishlov berib bo‘lmaydi, aks holda yuza ilgarigi holatiga kelib qoladi.
    Tekislash jarayoni mikro notekislikning cho‘qqilari miqyosida o‘tadi, shuning uchun ishlov aniqligi bor-yo‘g‘i 5-10% ortadi. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, tekislash amalini 6-10 kvalitet aniqlikda tayyorlangan yuzalarga qo‘llash samarali bo‘ladi.
    Tekislashda yuza g‘adir-budurligi o‘rta hisobda 1-2 klass pasayadi. Masalan, boshlanishda g‘adir-budurlik Ra2,5-1,25 mkm bo‘lsa, tekislashdan so‘ng Ra1,25-0,35 mkm bo‘lishi mumkin. Tekislash tezligi sharoitga qarab 30-150 m/min oraliqda qabul qilinadi. Asbobning yuzaga bosimini o‘lchamlariga va materialning fizik-mexanik xususiyatlariga qarab, bir necha kg dan bir necha tonnagacha olinadi. Asbobning surilishi uning konstruksiyasi va yuza g‘adir-budurligiga qo‘yilgan talablarga qarab aniqlanadi. Masalan, roliklar bilan ishlov berilganda, surilish rolik enining 0,3 ulushiga teng olinadi. Asbobning tarangligi, boshlang‘ich va yakuniy g‘adir-budurlikka qarab, 0,03-0,30 mm oraliqda bo‘ladi. Sovituvchi-moylovchi suyuqlik o‘rnida mashina moyi, mashina moyi va kerosining 50% li aralashmasi, boshqalar ishlatiladi.
    Tekislash amalini asbob bitta o‘tganda bajargan ma’qul, aks holda yuza haddan ortiq zichlanib ketadi. Amal hammabop va maxsus stanoklarda bajariladi.
    Olmosli tekislash ishlovida asbob detal yuzasida ma’lum bosim bilan sirpanib o‘tadi, shunda mikronotekisliklar eziladi, yuzaning qandaydir qatlami zichlanadi. Bunday ishlov berilgan yuzalarning yeyilishga va toliqishga bardoshi yuqori bo‘ladi. Shuning uchun undan suyuqlik o‘tkazmaydigan zichlagichning ishqalanuvchi juftini tayyorlashda foydalaniladi, ularga an’anaviy termik ishlov berishga hojat qolmaydi.


    32-rasm. olmos bilan silliqlash uchun tutqich

    Olmosli asbobda (32-rasm) olmos kristali (4) bo‘lib, uning qirrasi 0,6-4,0 mm oraliqdagi radius bilan silliqlangan; maxsus tutqich (1) bilan qotirilgan. Tutqichda prujinali qurilma (2) bor, u olmosni detal yuzasiga bosib turadi. Tekislash jarayonida olmosli asbobdagi og‘ishlar indikator (3) da ko‘rinib turadi. Olmosli tekislash ishlov aniqligiga sust ta’sir etadi, yuza g‘adir-budurligini 2-3 klass pasaytirib Ra ning qiymatini 0,16-0,025 mkm ga yetkazadi.

    Yuza sifatiga ta’sir etuvchi omillar tekislash kuchi va olmosning surilishidir. Yuzaning mikro qattiqligi 50-60% ga ortadi.


    Olmosli tekislash tezligini zagotovka materialiga bog‘liq holda tanlanadi. Rangli metallar qotishmasi va yumshoq po‘latlar uchun tezlik 10-80 m/min, toblangan po‘latlar uchun 200-250m/min oraliqda olinadi.
    Olmosli tekislash qora va rangli metallardan tayyorlangan va silliqlash, yupqa kirish va boshqa ishlovlardan chiqib, berilgan aniqlikka yetkazilgan zagotovkalarga beriladi; maxsus va hammabop stanoklarda bajariladi.
    Markazdan qochma zarb berish asbobi yordamida parchinlash yuza g‘adir-budurligini 1-2 klass pasaytiradi va qattiqligini 30-80 % oshiradi, yuza sirtida 400-800 MPa (40-80 kg/sm2) miqdorlarda siquvchi kuchlanish hosil qiladi.




    33-rasm. yuzani zo‘ldirchalar bilan zichlash.



    Jarayon quyidagicha kechadi: lappak (33-rasm) ning gardishidagi chuqurchalarga roliklar yoki zo‘ldir erkin holda joylashtirilgan bo‘ladi. Lappak tez aylanganda markazdan qochirma kuch ta’sirida go‘lacha yoki zo‘ldir chuqurchadan otilib chiqib, ishlov berilayotgan yuzaga uriladi va orqaga qaytadi. Bu jarayon juda tez va ko‘plab g‘o‘lacha yoki zo‘ldir tomonidan sodir bo‘lganidan ishlov yuzasining ma’lum qatlamini deformatsiyalaydi. Bu jarayonda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan omil asbob tarangligi (h) dir.

    Uning qiymati katta bo‘lsa, zichlanish samarasi oshadi, lekin yuzaning g‘adir-budurligi ham ortib ketishi mumkin.
    Bu ishlovni har qanday shaklli va har qanday metall va qotishmalardan yasalgan detallarga berish mumkin. Undan oldingi ishlov silliqlash, keskich bilan qirish va shu kabilar bo‘lishi mumkin, ular g‘adir-budurlikni Ra5,0-0,63 mkm qilib ta’minlashi kerak.
    Markazdan qochma zarb berish asbob yordamida parchinlash tezligini zagotovka materiali va uning fizik-mexanik xususiyatlariga bog‘liq holda tanlanadi. Diskning aylanma tezligi 8-40 m/s; zagotovkaniki 0,5-1,5 m/s; asbob tarangligi 0,01-0,025 mm, surilishi 0,02-0,20 mm/ayl oraliqlarida belgilanadi. Moylovchi- sotuvchi suyuqlik sifatida kerosin va mashina moyining aralashmasi ishlatiladi.


    Adabiyotlar:

    1. F.P. Gurin, V.D. Klepikov, V.V. Reyn. Avtomobilsozlik texnologiyasi. I-II kitob. Toshkent, 2001.

    2. T.Abdusattorov, O.V.Lebedev, V.Sh.Axmedov. «Transport mashinasozligi texnologiyasi», ToshTYMI, Toshkent, 2003.

    3. F.P.Gurin, M.F.Gurin, «Texnologiya avtomobilestroyeniya», 1986, 246 str.

    4. S.M.Qodirov, O.V.Lebedev, A.M.Xakimov, pod obщyey redaksiyey K.M.Siddiknazarova, «Vosstanovleniye detaley avtomobilya», Toshkent, O‘qituvchi, 1995, 272 str.

    Download 463,42 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 463,42 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Plastik deformatsiya usuli bilan ishlov berish

    Download 463,42 Kb.