6-mavzu: detallarga ishlov berish usullari o‘quv savollar




Download 463,42 Kb.
bet6/7
Sana16.05.2024
Hajmi463,42 Kb.
#237150
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6 МАВЗУ лотин

Ishqalab moslash aniq ishlov usullaridan biri bo‘lib, 5-kvalitetni ta’minlaydi. Silindr yuzalari 1 mkm gacha, tekis parallel plitalarni maromiga nozik yetkazishda -0,05 mkm aniqlikka erishish mumkin. Yuza g‘adir-budurligi Raq0,1 mkm ga tushadi. Ishqalab moslash pastaga aralashtirilgan jilvirlovchi zarralar (donalar) yordamida bajariladi. Pasta ishqalaydigan asbob yoki moslamaning detal yuzasiga surtiladi. Ishqalab moslashda detal yuzasidan juda oz miqdorrda qatlam tushiriladi, shuning uchun uning yuzi 6-kvalitet aniqlikda tayyorlangan va g‘adir-budurligi Ra1,25-0,32 mkm dan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Ishqalab moslash usuli bilan silindr, konusli, tekis va murakkab bichimli yuzalarga ishlov berish mumkin. Tushiriladigan qatlamning katta-kichikligiga qarab ishqalab moslash bir, ikki, ba’zan uch amalda bajariladi.
Dastlabki ishlovda ikki tomonga berilgan 0,002-0,005 mm qalinlikdagi qatlam, yakunlovchi ishlovda – 0,05 mm kamroq qatlam olib tashlanadi.
Dastlabkisi yirik jilvir donalar bilan, yakunlovchisi-mayda jilvir donalar bilan bajariladi. Ishqalab moslashda ilgari yo‘l qo‘yilgan xatolar to‘g‘rilab yuborilishi mumkin. Jilvir zarralari to‘g‘ri tanlanganda yuza g‘adir-budurligini 2-4 klass pastga tushirish mumkin.
Ishqalab moslash amallari qo‘l bilan yoki stanokda bajarilishi mumkin. Ishqalash tezligi birinchisida 2,6 m/min, ikkinchisida –10-30 m/min va undan yuqori. Yuza sifatiga katta talab qo‘yilsa tezlik kamaytiriladi. Asbobning ishqalanuvchi yuzaga bosimi dastlabki ishlovda 0,2-0,4 MPa (2-4 kg/sm2), yakunlovchida -0,10-0,15 MPa (1,0-1,5 kg/sm2) bo‘ladi.
Ishqalab moslashning turli ko‘rinishlari bor: ishqalagichning yuzasiga botib, yedirilib ketadigan qattiq jilvir donalar bilan, ishqalagichning yuzasiga yedirilib ketmaydigan yumshoq jilvir donalar bilan, kimyoviy faol pastalar bilan.
Qattiq jilvir donalarga elektrokorund, najdak, kremniy karbidi, bo‘r karbidi, olmos changi, shisha chang va shu kabilar kiradi. Bu holda ishqalagich materiali ishlanayotgan yuza materialidan yumshoqroq bo‘lishi kerak. Jilvir donalar ishqalagich bilan zagotovka yuzasi orasiga tushib, harakat paytida ishqalagich yuzasiga yedirilib ketadi va u yerda mahkam o‘rnashib olib, zagotovka yuzasini silliqlaydi. O‘tmaslashib qolgan donalar asbob yuzasidan tushib qoladi, lekin qattiq zarralarning yedirilishi to‘xtamay, davom etaveradi, shundan ishqalagichning kesish qobilyati saqlanib turadi.
Maromiga yetkazishning dastlabki bosqichida 16-10 donali, yakunlovchi bosqichida 8-M14 donali jilvirlar ishlatiladi.
Yumshoq jivir donalarga krokus, vena ohagi, trepel, xrom oksidi va boshqalar kiradi. Bu holda ishqalagich zagotovka materialidan qattiqroq materialdan tayyorlanadi. Ba’zi hollarda qattiq ishqalagichlar qo‘shimcha qilib, xrom bilan qoplanadi, natijada ularning yeyilishi kamayib, ishlov barqaror bo‘ladi.
Kimyoviy faol pasta GOI yordamida ishlov berish ishqalab moslash jarayonini tezlatadi. GOI tarkibiga yumshoq jilvir donalar, kislota (stearin va olein) qo‘shiladi. Kislota zagotovka yuzasidagi mikro notekisliklar qirrasini yumshatadi, jilvir donalar uni tekislab yuboradi, yuzaning asosiy metalli esa, tirnalmaydi. Ishqalab ishlashning bu usuli bilan oz vaqt ichida juda yuqori aniqlikka va juda kam g‘adir-budurlikka erishish mumkin. Usul, o‘z mohiyatiga ko‘ra, kimyoviy-mexanik jarayonga aylanib ketadi.
Ishqalab moslash materialini tayyorlashda yopishtiruvchi modda sifatida mineral moy, parchalangan yog‘, kerosin va shu kabilar qo‘llanadi. Ulardan birini ishlov beriladigan zagotovka materiali va talablarga qarab tanlanadi. Qattiq jilvir donalar bilan ishlov berganda, ishqalagichni cho‘yan, bronza, qizil mis, yumshoq po‘lat, qo‘rg‘oshin, surma kabi materiallardan tayyorlanadi. Yumshoq jilvir donalar bilan ishqalanganda ishqalagich toblangan po‘latdan, shisha va boshqa qattiq materiallardan yasaladi.
Superfinishlash jilvirlab ishlov berishning bir turi bo‘lib, qayroqchalar yordamida bajariladi. Ular ishlov berilayotgan yuzaga kichik 0,05-0,3 MPa (0,5-3,0 kg/sm2) kuch bilan bosiladi va tebranma harakatlar qilib, mikro notekisliklarning cho‘qqissini kesib ketadi va g‘adir-budurlik kamayadi.
Bu jarayonda moylovchi-sotuvchi suyuqlikning ahamiyati katta. Suyuqlik kerosinga 10-20% (veretennoye) yoki turbina moyi qo‘shib tayyorlanadi.
Qayroqcha ishlov beriladigan yuza bilan tutashganda, notekisliklarning eng yuqori cho‘qqisiga tegib qoladi. Qayroqchalar, ma’lum darajada bosim berib aylantirilganda cho‘qqilarni kesib tashlaydi va metall ichiga kirib borgan sari ko‘proq qirralar bilan tutashadi, demak, qayroqchaning detal bilan tutashgan yuzasi ko‘payadi, o‘z navbatida, qayroqchaga bosim kamayadi. Natijada jilvir donalar moylovchi-sovituvchi suyuqlik pardasini yorib o‘ta olmay qoladi-yuzani tirnash to‘xtaydi.
Superfinishlash amali uchun ishlov qatlami berilmaydi va u oldingi ishlovning joizligi chegarasida bajariladi. Shuning uchun ham bu jarayon yuzaning aniqligida o‘zgarish hosil qilmaydi va yakunlovchi ishlov sifatida qo‘llanadi.
Detalning har bir muhim yuzasi uchun o‘ziga tegishli g‘adir-budurlikka ruxsat etilgani sababli, superfinish amalida, berilgan g‘adir-budurlikka erishish uchun, notekisliklarning cho‘qqissini olib tashlash bilan kifoyalanishdan boshqa iloj qolmaydi. Shuning uchun, bu amal bajarilayotganda sharoitga qarab ishlov davomiyligi belgilab qo‘yiladi, vaqt tugagach, stanog avtomatik tarzda to‘xtaydi. Qayroqchalar va ish sharoiti to‘g‘ri tanlansa, yuza g‘adir-budurligini R20,2-0,25 mkm qilish mumkin. Shunda mikroprofillning tayanch yuzasi 15-20% dan 80-90% gacha ortadi, deformatsiyalangan qatlam 2-3 mkm dan ortiq bo‘lmaydi.
Superfinishning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, u zagotovkaga beriladigan hamma ishlovlardan (silliqlash, yupqa kirish va h.k.) keyin bajariladi. Bu ishlov har xil shaklli va turli materiallardan, xatto plastmassadan ishlangan detallarga beriladi. Ishlov bir yoki ikki amalda bajariladi. Zagotovkaning ishlov beriladigan yuzasi g‘adir-budurligi chizmada ko‘rsatilgan darajada 2-3 klass dag‘alroqlbo‘lgan holda superfinish ikki amalda bajariladi.
Po‘lat zagotovkalar uchun EA 9, cho‘yan zagotovkalar uchun K36 va K37 qayroqchalar tavsiya etiladi. Ularning donadorligi 10 dan M14 gacha oraliqda bo‘lishi kerak. Dastlabki (birinchi amal) superfinishlash yirik donali qayroqchalar bilan, yakunlovchisi-mayda donali qayroqchalar (M28-M14)bilan bajariladi.
30-rasmda silindrning sirtini superfinishlash sxemasi berilgan. Sirt bilan qayroqchalar holati ishlov jarayonidagidek ko‘rsatilgan. Zagotovkaning aylanma tezligi (Vay) qayroqchalarning tebranma harakati tezligi (Vteb) ga bog‘liq holda tayinlanadi. Bu bog‘liqlik sikl boshida Vay (2¼4) Vteb nisbatida, sikl oxirida Vay (816) Vteb nisbati bilan ifodalanadi. Tebranma harakat tezligi 5-7 m/min oraliqda qabul qilinadi. Agar qayroqcha uzunligi ( ) ishlov beriladigan yuza uzunligi (L) dan kichik bo‘lsa, zagotovka o‘z o‘qi bo‘ylab, 1-1,5 m/min tezlik (Vo‘q) bilan harakat qilib turishiga zarurat tug‘iladi.




30-rasm Superfinishlash sxemasi

Keyingi yillarda mashinasozlikda olmosli superfinish qo‘llana boshladi. Metalli va organik bog‘lovchilar asosida tayyorlangan olmosli qayroqchalar jarayonni jadallashtiradi. Amalning unumdorligi jilvirli superfinishdagiga qaraganda 1,5-2 marta ortadi. Bu- qayroqchalarning yuzaga bosimi 30-50 % oshishi hisobiga bo‘ladi.



31-расм.Микрофинишлаш учун каллак
Mikrofinishlash yuqori darajada aniq tayyorlangan yuzalarga yakunlovchi ishlov sifatida qo‘llanadi. Ishlov qatlamini tebranuvchi qayroqchalar bilan superfinishlashdagi tartib kabi bajariladi (30-rasm). Biroq yuqori darajadagi aniqligi bilan ajralib turadigan jarayondir, g‘adir-budurlikni juda ham kamaytirish bilan bir qatorda qo‘yimni olib tashlab, ishlov aniqligini oshiradi. Ishlov bir yoki bir necha amalda bajarilishi mumkin. 31-rasmda silindr sirtini mikrofinishlaydigan kallak sixemasi berilgan.
U uchta qayroqcha bilan detalni siqib oladi va ishlov aniqligini mikron darajasigacha yetkazadi. Yuqoridagi tutqich qayroqcha bilan birga gidravlik yuritma ta’sirida radius bo‘yicha suriladi, qolgan ikki tutqich o‘z qayroqchalari bilan harakatni yuqoridagi tutqichdan oladi.
Ular orasida tishli g‘ildirak bilan reyka uzatmasi bor bo‘lib, u kallak korpusi ichiga joylashgan. Jarayonda qayroqchalar ishlov yuzasiga katta bosim bilan yopishganidan va olmosli qayroqchalar qo‘llash mumkin bo‘lganidan oldingi xatolar to‘g‘rilanib ketishi mumkin. Tilenxauz firmasining tavsiyasiga ko‘ra mikrofinish amalini zagotovka yuzasini kesgich yordamida toza qirib tashlangan dan keyin boshlab yuboraverish mumkin.
Mikrofinish ishlovining yuqori darajadagi aniqligi va sifati ba’zi hollarda yig‘uv ishida uchraydigan saralab ishlash o‘rniga to‘la o‘zaro almashuvini qo‘llash imkonini beradi. Bu ishlovni turli shakldagi zagotovkalarga: silindr, tekis, murakkab bichimli va h.k. qo‘llash mumkin. Mikrofinish ishlovi uchun mo‘ljallanadigan stanoklar maxsus bo‘lishi ham mumkin, avtomatlashtirilgan va agregatli ham bo‘lishi mumkin. Mikrofinishni avtomobil zavodlari tirsakli val bo‘yinlariga, satellitlarga va shu kabilarga qo‘llaydi.
Jilolash erkin jilvir zarralar bilan bajariladi va yuzaning g‘adir-budurligini tayinlangan darajaga tushiradi. Ishlov yumshoq namat, bo‘z, fetr, qayish va boshqa materiallardan yasalgan doirachalar bilan beriladi. Doiracha yuziga yaltiratuvchi pasta surkaladi yoki jilvirlovchi suyuqlik oqimi beriladi. Ular ishlov beriladigan yuza bilan o‘zaro ta’sirga kirib, undan ma’lum bir qatlamni oladi. Jilolovchi yumshoq doira ishlov qatlami bir tekis ololmaydi, shuning uchun xam bu ishlov yuzaning geometrik aniqligini ta’minlay olmaydi. Yuza g‘adir-budurligini berilgan darajaga olib kelish uchun zarralari turlicha bo‘lgan jilvirlovchi kukunlar ishlatiladi. Jilolash bir yoki bir necha amalda bajarilishi mumkin, Keyingisida avval yirikroq zarrali jilvir kukun ishlatilib, so‘ng - maydasi qo‘llanadi.
Jilolash amali silliqlash, keskich bilan qirish, randalash, sovuq xolda shtamplash, jo‘valash kabi mexanik ishlovlardan keyin bajarilishi mumkin, yuza g‘adir-budurligini Ra0,032-0,012 mkm. qilish, kimyoviy faol pastalardan foydalanganda detal yuzasini ko‘zgudek qilib yuborish mumkin. Ishqalovchi material sifatida elektrokorund, temir oksidi, jilvir, xrom oksidi, kremniy karbid va boshqalar ishlatiladi. Ular ishlov beriladigan materialga qarab tanlanadi. Jilvir pastaning tarkibi qora metallar uchun (%larda): mum - 25, yog‘ - 4, parafin - 25, kerosin - 4, temir oksidi - 42. Rangli metallar qotishmasi uchun temir oksidi o‘rniga xrom oksidi olinadi.
Jilolash ishlovi zagotovkalarni qo‘l kuchi va mexanik tarzda ushlab turadigan va uzatadigan stanoklarda va avtomat stanoklarda bajariladi. Jilvirli tasmalar bilan ishlov yakunlovchi amal sifatida qo‘llanadi. Bu ishlovni beradigan avtomat stanoklarning turli-tuman konstruksiyalari mavjud. Bu jarayon asosan yaltiratishga kiradi, chunki jilvirli tasma ishlanuvchi yuzaga o‘zining tarangligi sababli yoki rezinka, charm, fetr, namat g‘o‘lachalar yordamida bosib turiladi. Ma’lum miqdordagi qo‘yimni olib tashlash kafolati yo‘q. Bu usul bilan aniq qilib tayyorlangan detallarga ishlov berish qisqa davom etadi va diametr bo‘yicha 0,005 mm.dan ortiq qatlam olinmaydi. Oldingi ishlovdan qolgan o‘lchamni buzmaslik uchun shunday qilinadi. Yuza g‘adir-budurligiga kam talab qo‘yiladigan dag‘al detallarga ishlov berishda bu amal ko‘proq davom etishi va kattaroq qatlam olib tashlanishi mumkin. Aniq yuzalarga ishlov berganda g‘adir-budurlikni bir klassga tushirish (yaxshilashi) mumkin. Tasmadagi jilvir donalarini ta’minlash ishlov talablaridan kelib chiqadi. Qora metallarga jilvir tasmalar bilan 20-40 m/s, rangli metallarga 40-45 m/s tezlik bilan ishlov berish mumkin.
Jilvirli tasmalarni gazmol yoki qog‘oz asosida tayyorlash mumkin. Mas’uliyatli detallar uchun olmosli tasmalar ishlatiladi. Jarayon unumdorligi tasmaning taranglik kuchiga yoki tasmani ishlov berilayotgan yuzaga bosib turadigan rolikning kuchiga, shuningdek, jilvirning donadorligiga va tasma bilan yuzaning nisbiy harakati tezligiga bog‘liq.

Download 463,42 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 463,42 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



6-mavzu: detallarga ishlov berish usullari o‘quv savollar

Download 463,42 Kb.