|
6-mavzu: detallarga ishlov berish usullari o‘quv savollar
|
bet | 5/7 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 463,42 Kb. | | #237150 |
Bog'liq 6 МАВЗУ лотинYupqa silliqlash boshqalaridan juda yupqa qatlamni olib tashlash bilan farqlanadi-dastgoh stoli bir marta yurganda yoki zagotovka bir marta aylanganda 0,005 mm gacha qatlam shilinadi. Buyumning harakat tezligi 10-20 m/min bo‘lsa kesish tezligi 30-40m/s. ishlov jarayonida ko‘ndalang harakat tugagach, g‘ildirak ishlov berilayotgan yuzadan 5-10 marta o‘tkaziladi. Silindr, yassi va murakkab yuzalarning aniqligi dastlab 6-8 kvalitet bo‘lsa, yupqa silliqlashdan so‘ng 5-6 kvalitetga yetadi.
Yupqa silliqlash ishlov berilayotgan yuzaning xatosini sezilarli darajada to‘g‘rilaydi. Masalan, dastlabki xato 30-50 mkm bo‘lsa, ishlovdan so‘ng 10 mkm gacha kamayadi; 2,5-5 mkm gacha to‘g‘rilashi mumkin; yuza g‘adir-budurligini GOST 2789-73 bo‘yicha taxminan uch klass pasaytiradi.
Tashqi silindr yuzalarni silliqlashda 24A40SM1-S2 rusumli jilvir g‘ildirak keng qo‘llanadi, chunki uni ish jarayonida mayda donali g‘ildiraklarga qaraganda kam yog‘ bosib ketadi.
Yupqa silliqlash ko‘pgina tashqi yuzalar uchun qo‘llanadi. Teshiklarga yuqori aniqlik bilan ishlov berishda tejamliroq usullar (yupqa qirish, yupqa razvyotkalash, xoninglash va x.k.) qo‘llanadi. Qiruvchi charxtoshni vaqti-vaqti bilan muvozanatlashga katta e’tibor beriladi. Charxtosh aylanib turgan paytda (ishlashdagi tezlikka yaqin) stroboskopik qurilma yordamida statik muvozanatlash yaxshi natijalar beradi.
Charxtoshni tishlashishi bilan uning ishchi yuzasi shakli va mikroprofilli, kesish qobilyati tiklanadi. Tishlashish maxsus qisqichga o‘rnatilgan olmos donasi, olmos qalam, olmos g‘o‘lacha yoki olmos plastina yordamida amalga oshiriladi. Yirik seriyali va yalpi ishlab chiqarish sharoitlarida avtomatlar yordamida amalga oshiriladi. Charxtoshni olmos bilan ko‘ndalang surish bir martasiga 0,05-0,01 mm bo‘ladi.
Yupqa silliqlash jarayoni sovituvchi suyuqlikni ko‘p talab qiladi. Bundan tashqari suyuqlik yaxshi filtrlangan bo‘lishi kerak, aks holda charxtosh zarrasi yoki metall qirindisi ishlov mintaqasiga tushib qolishi mumkin. Yirik guruhli va yalpi ishlab chiqarishda yupqa silliqlash yarimavtomat va avtomat tarzda bajariladi.
Xoninglash-jilvir qayroqchalar bilan teshiklarga toza ishlov berish jarayonidan iborat; teshik shaklini katta aniqlika yetkazadi, yuzasi g‘adir-budurligini sezilar-sezilmas darajaga olib keladi va kam deformatsiyalangan qatlam qoldiradi. Biroq, teshik og‘ib ketgan bo‘lsa, xoninglash uni to‘g‘rilay olmaydi. Bu ishni oldingi ishlovda to‘g‘rilash lozim bo‘ladi.
Xoninglash silindrsimon maxsus kallak (xon) yordamida bajariladi. Uning ichiga radius yo‘nalishi bo‘yicha bir tekis kengaya oladigan qilib qayroqchalar o‘rnatilgan. Kallak qayroqchalari bilan birga teshik ichida borib kelib va ayni paytda, aylanib turadi. Natijada teshik yuzasida ingichka izlar to‘r hosil qiladi. Detal ishlayotgan paytda to‘r ichini moy qoplab olganidan ishqalanishni va yeyilishni kamaytiradi. Avtomobil va traktor dvigatellarining silindrlari, silindrlar blokidagi vkladishlar o‘rnatiladigan teshiklar, stanoklarning orqa babkasidagi pinol teshigi, havoni siqib haydab beruvchi mexanizm (kompressor)larning silindrlari va h.k. xoninglash. Bir tomoni berk teshiklarga ham ishlov berish mumkin, faqat, bunda qayroqchalar harakatini cheklamaslik maqsadida xalqa ariqcha qoldirish kerak.
Xoninglashning hozirgi zamon darajasida diametri 6 mm dan 500 mm va undan kattaroq teshiklarga ishlov berish mumkin. Teshikning uzunligi o‘z diametridan kichkina bo‘lishi ham, 1 m va undan ortiqroq bo‘lishi ham mumkin. Diametri uncha katta bo‘lmagan teshiklarga ishlov berishda silliqlashga qaraganda xoninglash samaraliroq. Xon (kallak)ning qayroqchalari kesish jarayonida yaxshi ishtirok etadi-bir vaqtning o‘zida ishlaydigan qiruvchi donalar soni silliqlovchi g‘ildiraknikiga qaraganda 400 martagacha ko‘p, biroq aylanish tezligi taxminan 60 marta kam. Uzun teshiklarga xon bilan ishlov berish uncha qiyin emas, konsol holda o‘rnatilagn silliqlovchi g‘ildirak esa SMAD tizimining bikrligini ancha kamaytirib yuboradi, natijada unumdorlik va aniqlik pasayadi. Bundan tashqari xonning qayroqchalari ishlov berilayotgan yuzaga katta bosim bermaydi: 0,2-1,5 MPa (2-15kg/sm2); kesish mintaqasidagi harorat 50-1500 S oraliqda bo‘lgani sababli, deformatsiyalangan qatlam sezmas darajada bo‘ladi.
Xonning konstruksiyasi 28 rasmda ko‘rsatilgan. Korpus (1)ning aylanasi bo‘ylab to‘rtta (2) joylashgan. Ularga qayroqchalar (3) yopishtirilgan.
28-расм. Хонингловчи каллак
Tutqichlar - suruvchi detallar (4) ga o‘rnatilgan. Ular markaziy tayoqchaniig ikkita konus yuzasiga tayanib turadi.
Stanokning gidravlik tizimi bilan ulangan shtok (markaziy) tayoqchani suradi. Shunda uning ikkita konusli yuzasi suruvchi detallarni o‘zi bilan birga harakatga keltiradi, natijada qayroqchalar (3) radius bo‘yicha tashqariga turtib chiqadi va yuza xoninglanadi.
Qayroqchalar teshikka kiradigan va undan chiqadigan paytda ishlov berilayotgan yuzaga bekordan-bekor tegib ketmasligi uchun xon korpusida yo‘naltiruvchi to‘rtta planka o‘rnatilgan. Plankalar doirasining diametri D1 ishlov berilayotgan teshik diametridan 0,5 mm kichik. Qayroqchalar tutqichi (2) va suruvchi detal (4)ikkita spiralsimon prujina (8) yordamida konus yuzalar (5)ga doim tegib turadi.
Gidravlik tizimdan kelayotgan kuch qayroqchalarning tashqariga harakatini ta’minlaydi xolos. Gidravlik bosim to‘xtagach, prujina (9) konus yuzalar (5)ni yuqoriga ko‘taradi. Shu paytda boshqa prujinalar (8) qayroqchalarni o‘z holatiga qaytaradi.
Qayroqchalarning uzunligi ishlov berilayotgan teshik uzunligining 0,5-0,75 ulushiga bo‘lishi tavsiya etiladi. Uzunligi diametridan kichik bo‘lgan teshiklarni (xalqa, vtulka va x.k. detallar) xoninglashda qayroqchalar uzunligi teshik uzunligiga teng yoki undan 1,4 marta ortiq bo‘lgani ma’qul. Qayroqchalar sonini bir vaqtda ishlashi kerak bo‘lgan qiruvchi donalar soniga qarab olinadi: 2,3,4,5,6 va h.k. Mayda teshiklar uchun hatto bitta qayroqchali xon tayyorlanadi. Ishlov berilayotgan teshik shaklining o‘q bo‘yicha kesimdagi aniqligi qayroqchalar undan tashqariga chiqa olishi (l) natijasida ta’minlanadi. Uning qiymati qayroqcha uzunligi (1)ning 1/3-1/4 qismicha olinadi. (29-rasm).
Xonni stanok shpindelliga bikr qilib va sharnir yordamida o‘rnatish mumkin. Birinchisi, massasi ko‘p bo‘lmagan, o‘zi barqaror turmaydigan va kichik o‘lchamli detallarni xoninglash uchun qo‘llaniladi. Birinchisida detal stanok shpindellining o‘qiga tik tekislik bo‘yicha surilish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak, ikkinchisida-detal stanok stoliga qo‘zg‘almas qilib o‘rnatiladi. Detal va xonning bunday o‘rnatilishi ishlov aniqligiga yordam beradi.
29-расм.Хоннинг қайроғчалари узунлигини созлаш схемаси
Xoninglash maxsus bir-yoki ko‘p shpindelli, vertikal va gorizotal stanoklarda bajariladi. Ba’zi stanoklarning shpindelliga tebranuvchi qurilma o‘rnatilib, uning amplitudasi 0-12 mm, ikkilangan tebranishi minutiga 350-650 ga teng bo‘ladi. Bu qurilmalar xonga qo‘shimcha tebranma harakatlar beradi, natijada ishlov beriladigan yuza uzunligi kichkina bo‘ladi va xonning borib-kelish tezligi cheklangan paytda ishlov samaradorligini oshiradi. Inersiya kuchlari oshib ketmasligini ko‘zlab ham xon tezligi cheklab qo‘yiladi. Yirik seriyali va yalpi ishlab chiqarishda, stanok yarimavtomat va avtomat tarzda ishlaydi. O‘lchamlar aniqligi faol nazorat asboblari yordamida tekshiriladi. Stanoklar avtomat qatorlarga osongina qo‘shilib ketadi.
Xoninglash amali quyidagi tartibda bajariladi: kallak ishlov beriladigan teshikka kiritiladi; qaytar-ilgarilama va aylanma harakat beriladi; qayroqchalar yoyilib, ishlov beriladigan yuzaga tegadi; qayroqchalarga muttasil gidravlik bosim ta’sir etib turishi natijasida qatlam sidirib, olib tashlanadi. Ba’zi hollarda, ishlov oxirida qayroqchalarga bosim kamaytiriladi, shunda ishlov aniqligi va sifati oshadi.
Xoninglash uchun qo‘yim beriladi. Uning miqdorri ishlovning boshlang‘ich xatosidan, zagotovka materialining fizik-mexanik xossalaridan, ishlovga va ishlanayotgan yuzaning o‘lchamlariga qo‘yilgan talablardan kelib chiqqan holda belgilanadi. Xoninglashdan oldin razvyortkalash, sidirish, toza qirib kengaytirish, yupqa qirib kengaytirish, silliqlash va h.k. amallardan bir nechtasi bajarilishi mumkin., shuning uchun ishlov xatosi har xil bo‘ladi, demak, xoninglash ham turlicha va ma’lum oraliqqa ega bo‘ladi: diametr bo‘yicha 0,08-0,005 mm.
Agar olib tashlanadigan qatlam diametr bo‘yicha 0,04 mm dan katta bo‘lsa va yuza g‘adir-budurligini Ra0,32 mm dan yuqori bo‘lmagan darajada ta’minlash talab etilsa, ishlovni ikki-dastlabki va yakunlovchi amallarda bajarish tavsiya etiladi. Dastlabki amalda qo‘shimcha qatlamning ko‘p (75-80%) qismi yirik donasi qayroqchalar bilan olinadi. Yakunlovchi amalda mayda donali qayroqchalar bilan, diametr bo‘yicha 0,010-0,015 mm qatlam olinadi.
Elektrokorund (E9A) yoki kremniy karbid (K3)ning jilvir donalaridan keramika yoki bakelit bog‘lovchilar yordamida tayyorlangan qayroqchalarni ishlatish tavsiya etiladi. Qayroqchalarning 8-3 va M28-M20 va b. donaliligi tanlanadi.
Kesish sharoitini tanlash kallakning aylanma tezligi quyidagi miqdorrlarda tanlanadi: cho‘yan zagotovkalar uchun 60-750m/min, po‘lat uchun 45-60 m/min, rangli qotishmalar uchun 70-90 m/min. Borib-kelish tezlgi 10-20 m/min oraliqda olinadi.
Xoninglash aniqlash 4-6 kvalitet, g‘adir-budurligi Ra0,16-0,04 mkm. Xoninglash mintaqasiga sovituvchi suyuqlik (kerosin, kerosin va parafin aralashmasi, moylovchi va sovituvchi maxsus suyuqlik) mo‘l beriladi.
Sanoatda olmos qayroqchalar bilan xoninglash keng tarqalgan, elborli qayroqchalardan foydalanish boshlanib keliyapti. Olmosli xoninglash jilvirli qayroqchalar bilan xoninglashga qaraganda qator ustunlikka ega: jilvir qayroqchalarga qaraganda olmos qayroqchalar yeyilishga 150-200 marta ko‘proq chidaydi; oldingi ishlov xatolarini tuzatishda samarali; ishlov tez sur’atlar bilan bajariladi; teshik shaklining aniqligi 10 marta ortadi; g‘adir-budurlik 2-4 klass pasayadi. Bu ustunliklar olmosli xoninglashni kattaroq xatosi bo‘lgan teshiklarga qo‘llash imkonini beradi.
Olmosli xoninglashda qiriladigan ishlov qatlami (qo‘yim) quyidagi miqdorrlarda qabul qilinadi (diametr bo‘yicha): po‘lat zagotovkalarda 0,12-0,005 mm, cho‘yan zagotovkalarda 0,2-0,005 mm.
Ishlovning talablari va sharoitidan kelib chiqib ASR200/160- sintetik olmos donali qayroqchalar qo‘llanadi. Ular yuza g‘adir-budurligini Ra2,5-1,25 mkm miqdorda ta’minlaydi. Donalar ASM 28/20 rusumli qayroqchalar Ra0,16-0,08 mkm g‘adir-budurlikni beradi. Boshqa rusum qayroqchalar ham qo‘llanadi. Olmosli kallakning aylanma tezligi 70-100m/min (yurish uzunligi 150mm va undan ortiq).
Olmosli xoninglash jarayon unumini, yuza sifati va aniqligini oshiradi. Uni avtomatik qatorlarda bajarish ko‘proq samara beradi.
|
| |