• Hajmli modellashtirish Ko`p ishlatiladigan hajmli ob’yektlar bilan ishlash uchun “Tanalar” (Solids-Тела)
  • Cylinder-Цилиндр
  • Extrude-Выдавить
  • Slice-Разрез
  • Tayanch so’zlar va iboralar




    Download 12,65 Mb.
    bet39/83
    Sana03.02.2024
    Hajmi12,65 Mb.
    #151095
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   83
    Bog'liq
    Компютрли лойихалаш УМК 03.11.2018

    Tayanch so’zlar va iboralar
    Uch o`lchamli modellashtirish, Hajmli modellashtirish, “Ko`rinishlar” dialog oynasi

    AutoCAD avtomatik loyihalash tizimi o`zida uch o`lchamli modellashtirish vositalarining keng to`plamini mujassamlashtirgan. Ular yordamida oddiy, murakkab yuzalar va qattiq tanalar bilan ishlash imkonini beradi. Fazo ob’yektlarini shartli ravishda uch guruhga bo`lamiz:


    - karkasli model;
    - yuzalardan iborat model;
    - qattiq tanali model.

    Karkasli model – figura qirralarini ifodalovchi kesma va egri chiziqlarning to`plami. Karkasli modellashtirishda uch o`lchamli qirqimlar, splayn va ko`pchiziqlardan foydalaniladi. Ushbu ish turini uch o`lchamli loyihalashning yuqori darajasi uchun yordamchi sifatida qaralishi kerak.


    Yuzali model – fazodagi ob’yektni aniqlovchi va chegaralovchi yuzalari to`plami. Yuzalarni modellashtirish mahsulotning tashqi qiyofani batafsil ifodalash maqsadida qo`llaniladi. Bu model orqali yaratilgan ob’yektlar faqatgina tashqi yuza tuzilishini ifodalaydi, shu sababli mahsulotning inersiyali-vazn xarakteristikalarini olishda yoki chizmani rasmiylashtirishda zarur tasvirlarni aniqlashda foydalanib bo`lmaydi. Ushbu tur modellashtirish asosan dizayn, murakkab jihoz tuzilishini yaratish va b. ishlarda qo`llaniladi.
    Qattiq tanali modellashtirish mashinasozlik mahsulotlarini uch o`lchamli loyihalashning asosiy ko`rinishi hisoblanadi. Ushbu modellashtirish chog`ida AutoCAD tizimi tomonidan tana qandaydir bir hajmga ega ob’yekt sifatida qaraladi. Hajmli modellashtirish orqali hujjarlarni rasmiylashtirishda ob’yektlarning fazodagi talab etilgan ko`rinishlari, qirqim va kesimlarini olish mumkin. Jiddiy murakkabliklar faqatgina murakkab noto`g`ri formadagi mahsulotlarni modellashtirish paytida paydo bo`ladi. Fazo ob`yetklarni yaratishdan tashqari hajmli ob’yektlarni tasvirlash, vizuallashtirish hamda tahrirlash imkoniyatlari mavjud.
    Hajmli modellashtirish
    Ko`p ishlatiladigan hajmli ob’yektlar bilan ishlash uchun “Tanalar” (Solids-Тела) asboblar panelini ochamiz:

    1. “Yashik” (Box-Параллелепипед) – to`g`ri burchakli yashiksimon hajmli ob’yektlarni hosil qilishda qo`llaniladi;


    2. “Shar” (Sphere-Сфера) – hajmli sharni qurish uchun mo`ljallangan;


    3. “Silindr” (Cylinder-Цилиндр) – hajmli silindr qurishda foydalaniladi;
    4. “Konus” (Cone-Конус) –konussimon hajmli ob’yektlarni qurish uchun mo`ljallangan;

    5. “Prizma” (Wedge-Призма) – joriy koordinatalar tizimi XZ tekisligiga paralel to`g`ri burchakli uchburchak asosli to`g`ri burchakli prizma qurishda foydalaniladi;
    6. “Tor” (Torus-Тор) – torsimon tanalarni hosil qilish uchun mo`ljallangan;
    7. “Cho`zish” (Extrude-Выдавить) – ikki o`lchamli ob’yektni cho`zish orqali hajmli model yaratish;
    8. “Aylantirish” (Revolve-Вращение) – ikki o`lchamli ob’yektni ma’lum bir o`q atrofida aylantirish orqali hajmli ob’yekt yaratish;

    9. “Kesim” (Slice-Разрез) – hajmli tanalarni tekislik bilan kesish va zarur hollarda kesilgan qismini o`chirib tashlash uchun mo`ljallangan;


    1. “Qirqim” (Section-Сечение) – Tekislik yordamida tanani kesish orqali yuzalar hosil qilishda foydalaniladi;


    11.- “O’zaro ta’sir” (Interfere-Взаимодействие) – bir hajmli ob’yekt boshqa bir hajmli ob’yektni kesib o`tish yoki o`tmasligini aniqlash imkonini beradi, agar kesib o`tadigan bo`lsa, kesishish chog`ida ikkala to`plamning umumiy qismi bo`lgan yangi hajmli ob’yekt yaratadi


    Download 12,65 Mb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   83




    Download 12,65 Mb.