|
Toshkent fan va texnologiyalar unversiteti talabasi Beribekova Durdona
|
Sana | 25.09.2024 | Hajmi | 2,68 Mb. | | #272484 |
Bog'liq Berdibekova Durdona
Toshkent fan va texnologiyalar unversiteti talabasi Beribekova Durdonaning Umumiy pedagogika fanidan tayyorlagan taqdimoti
Toshkent fan va texnologiyalar unversiteti talabasi Beribekova Durdonaning Umumiy pedagogika fanidan tayyorlagan taqdimoti
Didaktika-pedagogik ta'lim nazariyasi. O'qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida
REJA: 1. Didaktika pedagogikaning tarkibiy qismi sifatida. 2. Didaktikaning asosiy kategoriyaları. 3. Zamonaviy ta'lim paradigmalari. 4. O'qitish jarayoni mohiyati va uning vazifalari. 5. O'qitish jarayoni bosqichlari. 6. O'quvchilarning bilish faoliyati va uning tuzilishi. 7. Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari. - Didaktika (ta'lim nazariyasi, yunoncha "didaktikos" "o'rgatuvchi", "didasko"-"o'rganuvchi") - ta'limning nazariy jihatlari, ta'lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o'quvchi va o'qituvchi faoliyati, ta'limning maqsadi, mazmuni, shakllari, metodlari, vositalari, natijasi, ta'lim jarayonini takomillashtirish yo'llari va hokazo muammolarni tadqiq etadi.
Didaktikaning ob'yekti o'sib kelayotgan avlodga ijtimoiy tajribalarni, milliy va umuminsoniy
madaniyatni tarkib toptirishga yo'naltirilgan faoliyatning asosiy turi hisoblangan ta 'lim berishdir.
Didaktikaning predmeti sifatida o'rgatish (o'qituvchi faoliyati) va o'rganish (o'quvchilarning bilish. faoliyati), ularning o'zaro harakati aks etadi.
Didaktikaning asosiy kategoriyalari : - Didaktikaning asosiy kategoriyalari :
➤O'RGATISH ➤O'RGANISH ➤O'QITISH ➤TA'LIM ➤ BILIM ➤MALAKA ➤MAQSAD (O'QUV, TA'LIMIY) ➤ MAZMUN (O'QITISH, TA'LIM) ➤TASHKIL ETISH Shakl ➤ METOD ➤ VOSITA ➤NATIJALAR. Zamonaviy ta'lim paradigmalari. Paradigma (grekcha, paradeigma) so'zining o'zi keng ma'noda turmush va fikrlashining biror sohasining fundamental asoslarini aniqlab beruvchi o'ziga xos tuzilishga ega nazariya deb izohlanadi. Zamonaviy ta'lim paradigmalari. Paradigma (grekcha, paradeigma) so'zining o'zi keng ma'noda turmush va fikrlashining biror sohasining fundamental asoslarini aniqlab beruvchi o'ziga xos tuzilishga ega nazariya deb izohlanadi. Paradigma - aniq vaqt doirasida ilmiy jamoatchilikka muammolarni aniqlash va ularni hal etish modeli sifatida taqdim etiladigan barcha ilmiv yutuqlarga tegishli tadqiqot vazifalarini hal etish namunasi sifatida qabul qilingan nazariya. - Ta'limning yangi paradigmasining paydo bo'lishi faqat ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar bilan bog'liq
Ta'lim jarayonining funksiyalari:
ta'lim berish;
rivojlantirish;
tarbiyalash
Ta'limning mazmunli tamoyillari:
fuqarolik;
ilmiyligi;
tarbiyalovchi ta'lim;
fundamentalligi va amaliy yo'nalganligi (ta'limning hayot bilan, nazariyaning amaliyot bilan bog'liqligi);
tabiat bilan uyg'unligi;
madaniyat bilan uyg'unligi;
-insonparvarligi.
Ta'limning tashkiliy-metodik tamoyillari. Ta'limni tashkil etish metodikasi ta'lim mazmunini shakllantirish kabi erkin tanlanishi mumkin emas. Bu borada muayyan ijtimoiy, psixologik va pedagogik talablarni inobatga olish zarur. Bunday talablar ta'limning tashkiliv-metodik tamoyillari deb yuritiluvchi tamoyillar mazmunida o'z ifodasini topgan:
ta'limning izchilligi, tizimliligi, ketma-ketligi;
ta'limda onglilik va ijodiy faollik;
ta'limda ko'rgazmalilik;
ta'limning samaradorligi va ishonchliligi (mustahkamligi);
ta'limning tushunarliligi;
guruhli va individual ta'lim birligi;
ta'limning o'quvchilar yoshi va individual xususiyatlariga mos kelishi;
oqilona talabchanlik bilan bola shaxsini hurmat qilishning muvofiqliligi;
pedagogik hamkorlik.
E’tiboringiz uchun rahmat !
|
| |