|
Toshkent farmasevtika instituti fizika, matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi informatika
|
bet | 111/180 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 7 Mb. | | #138583 |
Bog'liq Tashqi sarlavha (1)Savol va topshiriqlar
Kompyuterda masala yechishning asosiy bosqichlarini ayting.
Algoritmlash asoslari nima?
Algoritm dem nimaga tushuniladi?
Algoritmning qanday xossalari bor?
Algoritmni qanday ifodalash usullari bor?
Chiziqli, tarmoqlanuvchi, takrorlanuvchi va umumlashgan algoritmlar deb nimaga aytiladi?
Foydalanilgan adabiyotlar:
Aripov M., Haydarov A. Informatika asoslari,O`quv qo`llanma,Toshkеnt,“O’qituvchi”.2002y.
Брябрим В.М. Программное обеспечение персональных ЭВМ, M. “Наука”, 1989 г.
Raxmonqulova S.I. "IBM PC kompyutеrlarida ishlash ", “Sharq”, Toshkеnt, 1996 y.
Фигурнов В.Э. IBM PC для пользователя. M. «Infra-M», 1995 г.
4.14–mavzu: FARMATSEVTIK MASALALARINI KOMPYUTERDA YECHISH
BOSQICHLARI.
Reja
1. Masalalarni EHMda yechish bosqichlari.
2. Axborotlarni kodlash, ularning grafik va matn xolatida saqlash.
3. To‘g‘ri va teskari kodlar.
4. Qo‘shimcha kod.
Tayanch iboralar: Axborot ko‘rinishi, kod, kodlash (to‘g‘ri, teskari va qo‘shimcha kodlar), axborotning grafik xolati, axborotning matn xolati, EHMning arifmetik asoslari, sanoq tizimi.
1. Masalalarni EHMda yechish bosqichlari. Matematik model har xil vositalar yordamida berilishi mumkin. Bu vositalar fizik qonuniyatlar hamda funksional analiz elementlarini ishlatib differensial va integral tenglamalar tuzishdan to hisoblash algoritmi va EHM dasturlarini yozishgacha bo‘lgan bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Har xil bosqich yakuniy natijasiga ko‘ra o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatadi va ulardagi yo‘l qo‘yiladigan xatoliklar oldingi bosqichlardagi xatoliklar bilan ham belgilanadi.
Ob’ektning matematik modelini tuzish, uni EHMda bajariladigan hisoblashlar asosida tahlil qilish - hisoblash tajribasi deyiladi. Hisoblash tajribasining umumiy sxemasi 1-rasmda ko‘rsatilgan.
Birinchi bosqichda masalaning aniq qo‘yilishi, berilgan va izlanuvchi miqdorlar, ob’ektning matematik modelini tuzish uchun ishlatish lozim bo‘lgan boshqa xususiyatlari tasvirlanadi.
Ikkinchi bosqichda fizik, mexanik, kimyoviy va boshqa qonuniyatlar asosida matematik model tuziladi. U asosan algebraik, differensial, integral, integro-differensial va boshqa turdagi tenglamalardan iborat bo‘ladi. Ularni tuzishda o‘rganilayotgan jarayonga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning barchasini bir vaqtning o‘zida hisobga olib bo‘lmaydi, chunki, matematik model juda murakkablashib ketadi. Shuning uchun, model tuzishda qaraliyotgan jarayonga eng kuchli ta’sir etuvchi asosiy omillargina hisobga olinadi.
|
| |