Ular shakl jihatdan bir xil bo’lgani uchun algoritmni boshlanishini bildirgan blokning ichiga boshlanishi yoki boshl., algoritmning oxirini bildiruvchi blokning ichiga tamom yoki kiskacha tam. so’zlari yozib qo’yiladi.
Blok - sxemalarda ma’lumotlarni kiritish blokining umumiy ko’rinishi parallelogramm ko’rinishida bo’lishi mumkin.
- kerakli ma’lumotlarni kiritish va chiqarish bloki.
Qaysi o’zgaruvchilarning qiymatlarini kiritish kerak bo’lsa, shu o’zgaruvchilarning nomlari blokning ichiga yozib qo’yiladi. Bu blok bitta kirish va bitta chiqish ko’rsatkichiga ega.
Amallarni bajaruvchi blokning ko’rinishi to’g’ri to’rtburchak shaklida bo’ladi. Bu ko’rinishdagi blok chiziqli blok xam deyiladi. Bajarilishi kerak bo’lgan ish blokning ichiga yozib qo’yiladi. Blokning ichida bir qancha formulalar xam bo’lishi mumkin. Blokdan chiqish uchun blok ichidagi xamma buyruqlarni bajarish lozim. Bu bloklar xam bitta kirish va bitta chiqish ko’rsatkichiga ega.
- hisoblash va ta’minlash bloki.
Shartlarni tekshirish yoki tarmoqlanuvchi blokning ko’rinishi romb shaklida bo’ladi. Bunday bloklar shartli bloklar bo’lib, ulardan tarmoqlanuvchi jarayonlarning algoritmini yozishda foydalaniladi. Tekshirilayotgan shart blok ichiga yozib qo’yiladi va shartning bajarilishiga qarab (ha yoki yo’q) biror ko’rsatkich yo’nalishi bo’yicha yuriladi, ya’ni tarmoqlanadi.
- shartni tekshiruvchi blok.
Bu turdagi bloklar bitta kirish va ikkita chiqish kursatkichiga ega.
Chiqarish blokining umumiy ko’rinishi quyidagi ko’rinishda bo’lishi mumkin. Bu qog’ozning pastidan yirtilgan ko’rinishini eslatadi. Kiymatlari chiqarilishi kerak bo’lgan kattaliklarning ro’yxatlari blokning ichiga yozib qo’yiladi.