|
Ilm-texnika va tibbiyotning rivojlanishida informatikaning ahamiyati
|
bet | 33/180 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 7 Mb. | | #138583 |
Bog'liq Tashqi sarlavha (1)5. Ilm-texnika va tibbiyotning rivojlanishida informatikaning ahamiyati.
Ayni vaqtda beshinchi avlod EHM lari ustida ish olib borilayapti. Ushbu avlod mashinalari oddiy so`zni “tushunadigan”, rasmlarni “ko`ra oladigan”, tovushlarni “eshita oladigan”, sekundiga 1 mlrd. atrofida amal bajara oladigan va katta hajmdagi xotiraga ega bo`lgan holda ixcham bo`lishi kerak.
EHM hisoblashlarni ko`p karra takrorlash, ko`p sonli variantlar orasidan berilgan alomatlar bo`yicha eng yaxshi variantlarni tanlash, amalda cheklanmagan hajimdagi axborotni saqlash va ular orasidan kerakli ma’lumotlarni tez topish xususiyatiga ega. Bularning hammasi katta hajmdagi hisoblash bilan bog`liq bo`lgan murakkab ilmiy – texnik masalalarni hal etish, istalgan ko`lamdagi boshqarishni amalga oshirish, informatsion – izlash sistemalarini yaratish imkonini beradi.
Zamonaviy kompyuterlar bemorlarga tashxis qo`yishga, o`quvchilarni o`qitishda va tegishli konsultatsiya berishda, matnli ma’lumotlarni bir tildan boshqa tilga tarjima qilishga yordam beradi.
Keyingi yillarda mikroprotsessorlar paydo bo`lishi natijasida, ular asosida ko`plab ixcham ShEHMlar yaratilmoqda. Ular barcha sohalarda keng sur’atlar bilan qo`llanilmoqda.
Informatika so`zi nimani anglatadi va u nimani o`rganadi?
Informatikaning asosiy vazifasi nimalardan iborat?
Informatika qanday masalalarni hal qiladi?
Axborot deb nimaga aytiladi?
Axborot qanday xossalarga ega bo`lishi kerak?
Berilganlarning vazifasi nimadan iborat?
Adekvatlik nima va u necha formada ifodalanadi?
Axborotni kodlash deganda nimani tushunasiz?
Foydalanilgan adabiyotlar:
Aripov M., Haydarov A. Informatika asoslari,O`quv qo`llanma,Toshkеnt, “O’qituvchi” 2002 y.
Брябрим В.М. Программное обеспечение персональных ЭВМ, M. “Наука”, 1989 г.
Raxmonqulova S.I. "IBM PC kompyutеrlarida ishlash ", “Sharq”, Toshkеnt, 1996 y.
Фигурнов В.Э. IBM PC для пользователя. M. «Infra-M», 1995 г.
|
| |