|
–mavzu: FARMATSEVTIKA SOHASIDA AXBOROTLARNING XAVFSIZLIGI
|
bet | 34/180 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 7 Mb. | | #138583 |
Bog'liq Tashqi sarlavha (1)4.2–mavzu: FARMATSEVTIKA SOHASIDA AXBOROTLARNING XAVFSIZLIGI.
AXBOROTLARNI HIMOYALASH USULLARI. ANTIVIRUS DASTURLARI.
Reja
Axborot xavfsizligini ta’minlash.
Login tushunchasi.
Parol tushunchasi.
Avtorizatsiya tushunchasi.
Ro‘yxatdan o‘tish tartibi.
Login va parolga ega bo‘lish shartlari.
Login va parolni buzish.
Login va parolni o‘g‘irlash.
Resurslardan ruxsatsiz foydalanish va uning oqibatlari.
Kompyuter virusi.
Viruslarning turlari va vazifalari.
Viruslarga qarshi kurashish usullari.
Hujum tushunchasi.
Axborot hujumlari va undan saqlanish qoidalari.
Tayanch iboralar: ахborot, axborot xavfsizligi, axborot hujumi, kompyuter virusi, login, parol, avtorizatsiya, resurs.
1.Axborot xavfsizligini ta’minlash. Axborot xavfsizligini ta’minlash – bu foydalanuvchining axborotlarini himoyalashga quyilgan me’yor va talablarni bajarishidir. Axborot xavfsizligi esa bu axborot foydalanuvchilariga va ko‘plab axborot tizimlariga zarar keltiruvchi tabiiy yoki sun’iy xarakterga ega tasodifiy va uyushtirilgan ta’sirlardan axborotlarni va axborot kommunikatsiya tizim ob’ektlarining himoyalanganligidir.
2. Login tushunchasi. Login – shaxsning, o‘zini axborot kommunikatsiya tizimiga tanishtirish jarayonida qo‘llaniladigan belgilar ketma-ketligi bo‘lib, axborot kommunikatsiya tizimidan foydalanish huquqiga ega bo‘lish uchun foydalaniluvchining maxfiy bo‘lmagan qayd yozuvi hisoblanadi.
3. Parol tushunchasi. Parol – uning egasi haqiqiyligini aniqlash jarayonida tekshiruv axboroti sifatida ishlatiladigan belgilar ketma-ketligi. U kompyuter bilan muloqot boshlashdan oldin, unga klaviatura yoki identifikatsiya kartasi yordamida kiritiladigan harfli, raqamli yoki harfli-raqamli kod shaklidagi mahfiy so‘zdan iborat.
|
| |