|
Toshkent farmasevtika instituti fizika, matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi informatika
|
bet | 30/180 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 7 Mb. | | #138583 |
Bog'liq Tashqi sarlavha (1) Multimediya vositalari. Multimediya – zamonaviy kompyuter texnologiyalari vositasida matn, tasvir, grafik, animatsiya, jadval, audio, video effektlarni o`zida mujassamlashtirgan ma’lumotlarni foydalanuvchilarga yetkazib berish texnologiyasidir.
Hozirgi zamon talabi hisoblangan masofadan o`qitishda multimediya vositalaridan keng foydalaniladi. Talabalarni oliy o`quv yurtlarida multimediyali vositalaridan foydalanib o`qitishning afzalliklari quyidagilardir:
talaba materialni chuqur va mukammal o`rganadi;
ta’limni istalgan vaqtda o`z vaqtiga qarab olishi mumkin. Bunda talabaning vaqti tejaladi;
bunday bilimlar xotirada uzoq vaqt saqlanib qoladi;
talab o`zi xoxlagan oliy o`quv yurtining ta’lim tizimi bilan tashishi mumkin.
Multimediyaning xususiyatlari:
axborotning xilma – xil turlarini, ya’ni an’anaviy turlaridan (matn, jadval, chizmalar va h.k.) tortib to orginal (nutq, musiqa, videofilmlar, televizion kadrlar, animatsion suratlar va h.k.) turlarigacha bitta dasturiy mahsulotda mujassamlashtiradi;
bunday axborotlarni foydalanuvchiga yetkazib berishda turli zamonaviy elektron qurilmalardan (mikrofon, audio va video tizimlar, kompakt – disklar, televidenya, videomagnitofon, videoproektor, elektron musiqa asboblari va h.k.) keng foydalaniladi;
bunday ma’lumotlarni kompyuterda tahrir qilish, qayta ishlash imkonini beradi;
“Inson - kompyuter” muloqati yangi darajada, ya’ni yanada ko`rgazmaliroq va qulayroq ko`rinishda olib boradi.
Multimediyali o`qitish ayniqsa ta’lim berish tizimida qo`llash juda katta ahamiyat kasb etib, uning yordamida o`rganilayotgan soha tinglovchilarga yanada tushinarliroq bo`ladi. Shuning uchun hozirgi vaqtda bizning Respublikamiz ta’lim tizimida ham keng ko`lamda foydalanilmoqda. Bunday o`qitishning masofadan o`qitish uslubi tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda.
Masofadan o`qitish uslubida o`qitish quyidagi texnologiyalarni o`z ichiga oladi.
Audiokonferentsiyalar;
Videokonferentsiyalar;
Ish stolidagi videokonferentsiyalar;
Elektron konferentsiyalar (E-Mail, On-line services);
Ovoz kommunikatsiyalari (Voice mail);
Ikki tomonlama sputnik aloqa;
Virtual borliq;
Virtual ko`rgazma;
Bosma materiallar;
Audiokasetalar;
Videokasetalar;
Bir tomonlama sputnik aloqalar;
Television va radio ko`rsatuvlari va eshittiruvlari;
Disketa va CD ROM, DVD lar.
|
| |