|
Toshkent farmasevtika instituti fizika, matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi informatika
|
bet | 27/180 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 7 Mb. | | #138583 |
Bog'liq Tashqi sarlavha (1)«Charxpalak» texnologiyasi
Texnologiyaning xarakteristikasi. Ushbu texnologiya talabalarni o‘tilgan mavzularni yodga olishga, mantiqan fikrlab, berilgan savollarga mustaqil ravishda to‘g‘ri javob berishga va o‘z-o‘zini baholashga o‘rgatishga hamda qisqa vaqt ichida o‘qituvchi tomonidan barcha talabalarnining egallagan bilimlarini baholashga qaratilgan.
Texnologiyaning maqsadi: mashg‘ulotda talabalarni dars jarayonida mantiqiy fikrlash, o‘z fikrlarini mustaqil ravishda erkin bayon eta olish, o‘zlarini baholash, yakka va guruhlarda ishlashga, boshqalar fikriga hurmat bilan qarashga, ko‘p fikrlardan keraklisini tanlab olishga o‘rgatish.
Texnologiyaning qo‘llanishi: o‘quv mashg‘ulotlarining barcha turlarida dars boshlanishi yoki dars oxirida, yoki o‘quv predmetining biron bir bo‘limi tugallanganda o‘tilgan mavzularni talabalar tomonidan o‘zlashtirilganlik darajasini baholash, takrorlash, mustahkamlash yoki oralik va yakuniy nazorat o‘tkazish uchun mo‘ljallangan. Ushbu texnologiyani mashg‘ulot jarayonida yoki uning bir qismida yakka, kichik guruh va jamoa shaklida tashkil etish mumkin.
Mashg‘ulotda foydalaniladigan vositalar: tarqatma materiallar, rangli qalam (yoki flomaster)lar.
Izoh: reja bo‘yicha belgilangan mavzu asosida hamda o‘qituvchining qo‘ygan maqsadi (tekshirish, mustahkamlash, baholash) ga mos tayyorlangan tarqatma materiallar (agar yakka tartibda o‘tkazish mo‘ljallangan bo‘lsa guruh talabalari soniga, agar kichik guruhlarda o‘tkazish belgilangan bo‘lsa, u holda guruhlar soniga qarab tarqatma materiallar tayyorlanadi).
Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi:
• talabalarni (sharoitga qarab) guruhlarga ajratish;
• talabamashg‘ulotni o‘tkazishga qo‘yilgan talablar va qoidalar bilan tanishtirish;
• tarqatma materiallarni guruh a’zolariga tarqatish.
• guruh a’zolari tomonidan yakka holda mustaqil ravishda tarqatma materiallardagi vazifalar bajariladi;
• har bir guruh a’zosi o‘zi ishlagan tarqatma materialining o‘ng burchagiga guruh raqamini yozadi, chap burchagiga esa o‘zining biron bir belgisini chizib qo‘yadi;
• vazifa bajarilgan tarqatma materiallar boshqa guruhlarga «charxpalak aylanmasi» yo‘nalishida almashtiriladi;
• yangi guruh a’zolari tomonidan berilgan materiallar o‘rganiladi, unga o‘z o‘zgartirishlarini kiritiladi;
• jamoalar tomonidan o‘rganilgan va o‘zgartirishlar kiritilgan materiallar yana yuqorida eslatilgan yo‘nalish bo‘yicha guruhlararo almashtiriladi (ushbu jarayon guruhlar soniga qarab davom ettiriladi);
• materiallarni oxirgi almashishdan so‘ng har bir guruh va har bir guruh a’zosi o‘zlari ilk bor to‘ldirgan materiallarini (guruh raqami va o‘zlari qo‘ygan belgilari asosida) tanlab oladilar;
• har bir guruh a’zosining o‘zlari belgilagan javoblariga boshqa guruh a’zolarining tuzatishlarini taqqoslaydilar va tahlil qiladilar;
• o‘qituvchining tarqatma materialda berilgan vazifalarni o‘qishi va jamoa bilan birgalikda to‘g‘ri javoblarni belgilaydi;
• har bir talaba to‘g‘ri javob bilan belgilangan farqlarini aniqlaydilar, kerakli ballni to‘playdilar va o‘z-o‘z baholaydilar.
Izoh: tarqatma materialda talabalar belgilagan to‘g‘ri javoblar bilan o‘qituvchi hamkorligida aniqlangan to‘g‘ri javoblarning 0,55 foizdan yuqori bo‘lsa, talaba ushbu o‘quv materialini o‘zlashtirgan, undan kam bo‘lsa o‘zlashtira olmaganligini bildiradi. Masalan, vazifalar soni 30 ta bo‘lib, belgilangan javoblarning 17-20 tasi to‘g‘ri belgilangan bo‘lsa, talaba ushbu vazifani bajargan va o‘quv materialni o‘zlashtira olgan, agar undan kam bo‘lsa o‘zlashtira olmagan hisoblanadi. Shu bilan birga, javoblarning 21-24 tasi to‘g‘ri belgilangan bo‘lsa talabaning materiallarni o‘zlashtirgan darajasi «yaxshi» bahoda, 25-30 tasi to‘g‘ri bo‘lsa «a’lo» bahoga o‘zlashtirgan deb hisoblanadi.
• talabalar o‘z baholari yoki ballarini belgilab olishgach o‘qituvchi vazifa bajarilgan qog‘ozlarni yig‘ib oladi va baho (ballar)ni jurnaliga ko‘chirib qo‘yadi.
«Charxpalak» texnologiyasidan foydalangan holda mashg‘ulot o‘tkazish talabalarga quyidagicha vazifa berish mumkin. Vazifa uchun bo‘lgan tarqatma materialni ilovada keltiramiz.
Vazifa. Shaxsiy kompyuterlarning tuzilishi haqidagi ma’lumotlarni ilovada keltirilgan jadvalga kiriting.
Ilova (misol tariqasida)
|
| |