Krossvord – ingliz tilidagi “cross-word” so’zidan olingan bo’lib, “so’zlar kesishishi” degan ma’noni bildiradi. Krossvordlar sodda bo’lishi bilan birga, mashhur olimlar, allomalar ismlariga, mavzuga aynan mos keluvchi maxsus atamalarga diqqatini jalb etishning samarali vositasi hamdir.
Quyida “Informatika” fanidan krossvordlardan namunalar keltiriladi.
Oxiri “R” bilan tugaydigan “Informatika” faniga doir so’zlarni toping, krossvordni to’ldiring va har bir tushunchaga ta’rif bering. Ushbu krossvordda dasturlash tillariga oid so’zlar lotin alifbosida yoziladi. Krossvordda or, var, unar, binar, skaner, monitor, strimmer, prosessor kabi so’zlar ishtirok etishi mumkin.
Krosvordlar odatda trapesiya, to’g’rito’rtburchak shakllarda beriladi. Quyida biz talabalarning qiziqishini orttirish maqsadida uning shaklini o’zgartirib gul tasviriga joylashtirdik.
Qattiq disk (vinchester).
Axborotlarni ko’rish qurilmasi (monitor).
Rasmlar va matnlarni kompyuter xotirasiga kiritish uchun hizmat qiladigan qurilma (skaner).
Magnit lentada arxiv ma’lumotlarni saqlash uchun hizmat qiladigan qurilma (strimmer).
Arifmetik yoki mantiqiy amallarni bajarib, butun sistemaning ishini nazorat qiluvchi qurilma (prosessor).
Ta’lim jarayonida o’yinlardan foydalanish talabalarni xursand qilish maqsadida foydalanilmasligi zarur. U albatta didaktik bo’lishi, ya’ni darsda hal qilinadigan aniq o’quv tarbiyaviy vazifalarga bo’ysunishi kerak. Shuning uchun ham, o’yin avvaldan rejalashtiriladi, uning dars tuzilmasidan o’rni yaxshilab o’ylab chiqiladi, uni o’tkazish shakli belgilab olinadi va shu asosda o’yinlar tayyorlanadi. O’yinli texnologiyalar o’qitishning boshqa shakllari va metodlari kabi yuqori samara beradi. Talabaga har qanday fan, hususan, informatika fanining zamonaviy rivojlanish darajasidagi bilimlarni berish o’yinning asosiy maqsad bo’lishi kerak.
|